Buyrug‘i buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-§. Hujjat aylanishini tashkil etish tartibi



Yüklə 102,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix13.05.2022
ölçüsü102,61 Kb.
#57773
1   2   3   4   5   6   7   8
1297-сон 14.01.2004. Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjat aylanishi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

4-§. Hujjat aylanishini tashkil etish tartibi

51. Korxonaning buxgalteriya hisobida hujjatlarning harakati (ularni tuzish yoki boshqa korxonalardan olish,

hisobga qabul qilish, ishlov berish, arxivga topshirish — hujjat aylanishi) grafik bilan tartibga solinadi.

52. Korxona rahbari yoki u tomonidan qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar hujjat

aylanishi grafigini tuzish bo‘yicha ishni tashkil etadilar. Hujjat aylanishi grafigi korxona rahbarining buyrug‘i bilan

tasdiqlanadi.



Keyingi

 tahrirga qarang.

53.  Grafik  korxonada  oqilona  hujjat  aylanishini  ta’minlashi  zarur,  ya’ni  har  bir  boshlang‘ich  hujjatning

harakati bo‘yicha ijro etuvchilarning maqbul sonini nazarda tutishi, hujjatning bo‘linmada eng kam muddatda

bo‘lishini belgilashi lozim.

Hujjat  aylanishi  grafigi  korxonada  barcha  hisob  ishining  yaxshilanishiga,  buxgalteriya  hisobining  nazorat

qilish funksiyasining kuchayishiga yordam berishi kerak.

54.  Hujjat  aylanishi  grafigi  korxonaning  har  bir  bo‘linmasi,  shuningdek  barcha  ijro  etuvchilar  tomonidan

ularning  o‘zaro  bog‘liqligini  va  ishlarni  bajarish  muddatlarini  ko‘rsatgan  holda  hujjatlarni  tuzish,  tekshirish  va

ularga ishlov berish bo‘yicha bajariladigan ishlarning sxemasi yoki ro‘yxati ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.

Mazkur  Nizomning  3-sonli 

ilovasida 

ishlar  ro‘yxati  ko‘rinishidagi  namunaviy  hujjatlar  aylanishi  grafigi

keltirilgan.

55.  Korxona  xodimlari  o‘zlarining  faoliyat  sohasiga  taalluqli  bo‘lgan  hujjatlarni  hujjatlar  aylanishi  grafigi

bo‘yicha  tuzadi  va  taqdim  etadi.  Buning  uchun  xar  bir  ijrochiga  grafikdan  ko‘chirma  beriladi.  Ko‘chirmada

ijrochining  faoliyat  sohasiga  tegishli  hujjatlar,  ularni  taqdim  etish  muddatlari  va  ushbu  hujjatlar  taqdim

etiladigan korxona bo‘linmalari ko‘rsatiladi.

56. Hujjatlar aylanishi grafigiga rioya qilish bo‘yicha javobgarlik, shuningdek hujjatlarni o‘z vaqtida va sifatli

tuzish, buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirish uchun ularni o‘z vaqtida taqdim etish, hujjatlardagi mavjud

ma’lumotlarning  ishonchliligi  bo‘yicha  javobgarlik  ushbu  hujjatlarni  tuzgan  va  imzolagan  shaxslar  zimmasiga

yuklanadi.

57.  Korxona  bo‘yicha  ijrochilarning  hujjat  aylanishi  grafigiga  rioya  qilishini  nazorat  qilish  korxona  rahbari

yoki u tomonidan qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Keyingi

 tahrirga qarang.

Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjat

aylanishi to‘g‘risidagi 

Nizomga


  

1-ILOVA



Yüklə 102,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin