Inventarizatsiya natijasida asosiy vositalar bo’yicha kamomad yoki yo’qotishning
aniqlanishi va undirilishi “ Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish
tartibi to’g’risisda”gi nizom(Moliya vazirligi ,Davlat soliq qo’mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligining 2019 yil 10 mardagi 37, 2020-26, 20/1 – sonli qarori bilan tasdiqlangan)ga asosan tartibga solinadi.
O’zbekison Respublikasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinishi ko’rsatilgan. Bir oylik o’rtacha ish xaqidan oshmaydigan etkazilgan zarar summasini aybdor xodimdan undirish ish beruvchining farmoyishiga muovfiq amalga oshiriladi. Fayrmoyish etkazilgan zarar aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechikmasdan chiqarilishi mumkin. Bunda, zarar xajmi inventarizatsiya o’tkazish davrida maskur joyda amal qilayotgan bozor baholari bo’yicha hisoblanadi.
Asosiy vositalar saqlanishi va ishlatish holatini nazoratdan o’tkazish jarayonida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlarini ham tekshiruvdan o’tkazish talab etiladi.
Buning uchun joriy va kapital ta’mirlash ishlari holatini ularning buxgalteriya hisobida to’g’ri aks ettirilishini
hamda kapital ta’mirlash jarayonida asosiy vositalar qiymatini oshishi bilan bog’liq holatlarni alohida sinchkovlik bilan tekshirish zarur.