alohida e’tibor qaratiladi. O’tkazilgan inventarizatsiya natijalarini to’g’ri rasmiylashtirilishi o’rganiladi.
2. Asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlarni analitik va sintetik hisobining nazorati Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni sinflashtirilishi orqali ularni zarurligi va samarali ishlatilishi to’laqonli ta’minlanadi.
Tekshiruvchi asosiy vositalar analitik hisobini to’g’ri tashkil qilinganligini va uni sintetik hisobga mosligini birinchi navbatda aniqlab olishi zarur. Ma’lumki, har bir inventar ob’ekt moddiy javobgar shaxslarga biriktirilishi va buxgalteriya hisobida bu ob’ektlar bo’yicha inventar kartochkalarni ochilishi hamda ro’yhatga olinishi belgilab qo’yilgan.
Har bir moddiy javobgar shaxs bilan moddiy javobgarlik to’g’risida shartnoma rasmiylashtirilgan bo’lishi kerak.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobini tekshiruvdan o’tkazish davomida ularning qaysi
manbalardan kirim qilinganligi va nima sababdan hisobdan chiqarilayotganligi alohida o’rganishni talab etadi. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni tashkilot ichida
yo’nalishini to’g’ri rasmiylashtirilishi, moddiy javobgar
shaxslar o’zgarganda natijalarni hisobda aks ettirilishini o’z
vaqtida amalga oshirilganligi ham tekshirishdan o’tkazilishi zarur.
Asosiy vositalarni qayta baholashda qayta baholashni amalga oshirish usullarini qo’llanilishi tahlil qilinadi. . Asosiy vositalarga eskirish hisoblashni tekshirish eskirish hisoblash vedomostiga asosiy vositalarni to’g’ri va aniq kiritilganligini aniqlashdan boshlanadi.
Budjet tashkilotlarida ishchi schyotlar rejasini tasdiqlanayotganda “Asosiy vositalarning eskirishi” schyotining tegishli subschyotlarini tashkilotga kirim qilingan asosiy vositalar manbalari bo’yicha eskirish hisoblanishini alohida shakllantirib olishi mumkinligini inobatga olib subschyotlarning to’g’ri ochilganligini aniqlab olish kerak.