023/1-“Mashina va jihozlarning eskirishi (Budjet mablag’lari hisobidan)”,
023/2 “Mashina va jihozlarning eskirishi (Riojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan)” va boshqalar. Asosiy vositalarni qayta baholash natijasida asosiy vositaning eskirish summasining oshishi
28/.Moliyaviy natijalar schyotining debetida to’g’ri aks ettirilganligi aniqlab olinadi va aksincha, eskirish summasining kamayishi bu schyotning kreditiga olib borilishi zarur.
Balansdan chiqarilayotgan asosiy vositaga hisoblanagan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi budjet tashkilotlarida 02-schyotning debeti va 201-schtyoning kreditida aks ettiriladi. Bunda, tuzilgan dalolatnomaning asoslanganligi aniqlanadi.
3. Asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlar saqlanish holatining nazorati
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar ustidan nazoratni tashkil qilishda ularning saqlanish holati hamda ishlatilishiga alohida e’tibor qaratish zarur.
Bunday nazorat ulardan samarali foydalanishni ta’minlab beradi. Tekshirish jarayonida quyidagilar aniqlab olinishi kerak: - inventar kartochkalar, inventar kitoblari yoki ro’yxatlarining mavjudligi; - texnik pasportlar va boshqa texnik xujatlarning mavjudligi vaholati; -xo’jalik sub’ekti tomonidan ijaraga, saqlashga va vaqtincha foydalanishga topshirilgan yoki qabul qilingan asosiy vositalarga xujjatlarning mavjudligi.
Xujjatlar bo’lmaganda ularni olinishini yoki rasmiylashtirilishini
ta’minlash zarur. Buxgalteriya hisobi yoki texnik xujjatlar va registrda farqlar va noaniqliklar borligi aniqlanganda ularga tegishli tuzatishlar va aniqliklar kiritilishi kerak.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning saqlanish holati asosan inventarizatsiya o’tkazish orqali tekshiriladi.
O’zbekiston Respublikasida inventarizatsiya O’zbekiston Respublikasi "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi