Bundan tashqari, tekshirish jarayonida asosiy vositalarning dastlabki qiymatini to’g’ri aks ettirilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Buning uchun quyidagi xarajatlarni to’g’ri xujjatlashtirilganligi va asosli ekanligi aniqlanadi:
yetkazib beruvchilarga hamda shartnoma bo’yicha qurilish montaj ishlarini bajarganligi uchun pudratchilarga to’lanidan summalar;
asosiy vositalarni sotib olish yoki qurish munosabati bilan qonunchilikda belgilangan tartibda to’langan soliqlar va boshqa mujburiy to’lovlar summalari, shu jumlanadan, bojxona bojlari va yig’imlarini xaqqoniyligini aniqlash;
asosiy vositalarni sotib olish bilan bog’liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to’langan summalarning asoslanganligi;
asosiy vositalar ob’ektni sotgan vositachilarga to’langan xaqlarning asoslanganligi;
asosiy vositalarni o’rnatish, montaj qilish sozlash va ishga tushirishga oid va boshqa xarajatlarning asoslanganligi.
Nomoddiy aktivlarni tekshirish materiallari bo’lib quyidagi manbalar hisoblanadi:
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi asosliligini va o’z vaqtida amalga oshirilganligini aniqlash uchun hisobdan chiqarish to’g’risidagi dalolatnomalarni ramiylashtirilishi va to’g’ri tuzilganligi tekshiruvdan o’tkaziladi.
nomoddiy aktivlarni sotish,
beg’araz berish bo’yicha tuzilgan shartnomalarning asosliligi
dalolatnomalarning to’g’riligi alohida tekshiriladi.
nomoddiy aktivlar kirimi hisobdan chiqarilishiga oid
buxgalteriya xujjatlari (qaydnoma, dalolatnoma va boshqalar)