C h e t e L m u s I q a t a r I x I


yil aprelda List Peterburgda chiqish qildi, 1843 yil mayda



Yüklə 12,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/76
tarix25.12.2023
ölçüsü12,14 Kb.
#196553
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   76
Chet el musiqa tarixi (R.Qodirov va b.)

1842 yil aprelda List Peterburgda chiqish qildi, 1843 yil mayda
esa 
Peterburg va Moskvada. 1847 yil List Ukrainada (Kiev, Odessa). 
Moldaviyada, Qora dengizdan Turkiyaga o4tib, Kostantinopolda konsert 
berdi, keyin esa Ukrainaga qaytdi, bu yerdagi Yelizavetgrad shahrida 
pianist-virtuozning sayohatlari davri yakuniga yetdi. 1839 yil Mari 
d’Agu bilan ajrashgach, List polyak pomeshchigining qizi 
Karolina 
Vitgenshteyn bilan uchrashadi. 1848 yilning boshida List Karolina 
Vitgenshteyn bilan birgalikda Germaniga, Veymar shahriga kelib 
joylashadi.
Veym ar davri. 
Kichik nemis shaharchasi Veymar bir vaqtlar gullab- 
yashnagan madaniy markaz bo'lgan va List Veymarga san’at poytaxti 
sharafini qaytarishni orzu qilgan. List Veymar opera teatri dirijyori etib
www.ziyouz.com kutubxonasi


tayinlandi. Opera teatriga o‘n yillik rahbarligi davrida List turli 
bastakorlar operalarning ko‘plab sahnalashtirish ishlarini amalga oshirdi: 
Glyukning 
«Orfey», 
«Alsesta», 
«Armida», 
Meyerbeming 
«Gugenotlar»i, Betxovenning «Fidelio»si, Motsartning «Don Juan» va 
«Sehrli nay»i, Rossinining «Vilgelm Tell» va «Otello»si, Vebeming 
«Freyshyuts» va «Evrianta»si. Veymarda List o‘z zamondoshlari 
operasi ni targ‘ib etar edi: 1852 yili u Berliozning «Benvenutto Chellini»,
1855 yili esa Shumanning «Genovevu» operalarini qo‘ydi. Vagneming 
uchta «Tangeyzer» (1849), «Loengrin» (1850), «Uchar gollandiyalik» 
(1853) operalari qo‘yildi.
List Fransiyada Berliozning romantik uslubi tushunilmagan bir 
paytda bu bastakor musiqasi kunlarini uyushtiradi. List tomonidan 
Berliozning asarlari ijro etildi («Fantastik simfoniya», «Garold 
Italiyada», «Romeo va Julyetta», «Faustni qoralash», «Rim kamavali»).
1856 yilda Mosart tavalludining 100 yilligi munosabati bilan List 
Venada dirijyorlik qildi.
Listning adabiy faoliyati yangi musiqani bosma so‘z bilan faol 
targ‘ib qilishida 
namoyon 
bo‘ldi. 
Uning 
Berliozning «Garold 
ltaliyada»si, 
Vagnerning 
«Tangeyzer», 
«Uchar 
gollandiyalik», 
«Loengrin» operalariga bag'ishlangan maqolalari katta tadqiqot bo‘lib, 
ularda sanab o‘tilgan bastakorlar ijodi va ulaming asarlari tahlili 
berilgan. Veymarda Listning ikkita kitobi yozilgan: Shopen (1849) va 
vengr loiilari musiqasi haqida(1854).

Yüklə 12,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin