263
hamda puxta taxmin qilingan ta‘siri to‗g‗risidagi da‘vosini bekor
qilishga urinib ko‗rdi. Fridman davlat rolini undan boshqa hech qim
bajara olmaydigan faoliyat, ya‘ni muomaladagi pullarni tartibga solish
bilan cheklashni taklif qildi
288
.
Davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishda monetaristlar keyns
nazariyasidagidek soliqlarga muhim o‗rin bermadi. Soliqlarga boshqa
mexanizmlar bilan bir qatorda pul muomalasiga ta‘sir ko‗rsatuvchi
dastaklardan biri sifatida qaraldi. Monetaristlar davlat tomonidan har yili
inflyasiyaning qo‗shimcha ravishda o‗sishini
keltirib chiqaradigan
xarajatlarini oshirish orqali jamiyat boyligini yaratish, ishlab chiqarish
hajmlari va bandlik hamda narxlarning tartibga solinishiga qarshi
chiqadilar. Biroq, monetarizm vakillari zayomlar yordamida ortiqcha pul
massasini muomaladan olib qo‗yish imkoni bo‗lmasa, soliqlar
yordamida bu vazifani bajarish zarur deb hisoblaydilar
289
.
M.Fridman soliqlarning yuqori stavkalariga qarshi chiqdi. Uning
fikricha, davlatning puxta o‗ylanmagan
soliq siyosati ishlab
chiqaruvchilar bilan iste‘molchilar va yollanma ishchilar o‗rtasidagi
munosabatlarga putur yetkazishi mumkin, tadbirkorlarning ixtiyorida
qoladigan foydasini kamaytirib, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
jarayonlari
uchun
investitsiyalar
yo‗naltirish
imkoniyatlarini
kamaytiradi. Shu munosabat bilan Fridman korxonaga nisbatan soliq
stavkalarini pasaytirish orqali ishlab chiqarishga
sarflanishi mumkin
bo‗lgan jamg‗armalarni oshirish imkoniyatini yaratish zarur deb
hisoblaydi
290
.
Fridmenning fikricha, bozor o‗zini o‗zi boshqarishga qodir,
iqtisodiyot ishlab chiqarish va ish bilan bandlik darjasini o‗zi o‗rnatadi.
Pul massasi baholarning o‗sishi va kon‘yukturaning o‗zgarishi
288
Toshmatov Sh., G‗iyosov А., Giyasov S. Soliq nazariyasi va tarixi. O‗quv qo‗llanma. – T.: Iqtisod-
moliya, 2021. – 267 b.
289
Брайан Сноудон, Ховард Вэйн. Современная макроэкономика и ее эволюция с монетаристской
точки зрения: интервью с профессором Милтоном Фридманом. стр. 557. Перевод Юрия Валевича.
http://www.research.by/webroot/delivery/files/ecowest/2002n4r01.pdf
290
Бартенев С. А. История экономических учений: учеб. для студ. вузов,обуч. по экон. спец. и
напр. / Всерос. акад. внешней торговли. - 2-е изд., перераб. и доп. - М. :Магистр : ИНФРА-М, 2013.
264
sababchisidir. Asosiy muammo – inflyasiya, shuning uchun barqaror pul
siyosati zarur. Byudjet kamomadi – inflyasiya sababchisi, deb
hisoblaydi
291
.
Umuman olganda neoklassik nazariyalarning asosiy g‗oyasi
inflyasiyani kamaytirish va korporatsiyalar
hamda aholining bozorda
iste‘mol talabini shakllantiradigan qismiga katta miqdorda soliq
imtiyozlarini berishdan iborat. Biroq, neoklassik yo‗nalish usullarining
ommabopligi va ulardan amaliy foydalanilishiga qaramay, iqtisodiyotni
tartibga solishning keynscha metodlari to‗liq almashtirilmadi.
Amerikalik iqtisodchi Jon Kennet
Gelbreyt (
John Kenneth Galbraith;
1908-2006
) o‗zining ―Iqtisodiy
nazariya
va jamiyat maqsadlari‖ (
Economics and
the Public Purpose
; 1973
)
292
asarida
daromadlarning adolatli taqsimlanishi va
soliqlarning qat‘iy progressiv tuzilmasi
uchun kurashdi. Chunki, soliqlarning
bunday
tuzilmasi
jamiyatning
o‗z
foydasidan emas, balki adolatdan manfaatdorligini aks ettiradi
293
.
Gelbreytning fikriga ko‗ra, daromadlardagi yuqori tafovutlarni
qisqartirishga xizmat qiladigan soliqlar barqarorlashtiruvchi eng
samarali
vositadir
294
. Bunda soliq tizimi takomillashgan bo‗lishi zarur,
soliqdan qochish yo‗llari qancha kam bo‗lsa, u shuncha adolat va
barqarorlashtirishga to‗laqonli xizmat qiladi.
291
Toshmatov Sh., G‗iyosov А., Giyasov S. Soliq nazariyasi va tarixi. O‗quv qo‗llanma. – T.: Iqtisod-
moliya, 2021. – 267 b.
292
Ushbu asar rus tilida ―Ekonomicheskie teorii i seli obщestva‖ nomlanib tarjima qilingan. Taʼkidlash
joizki, ingliz tilida Economics soʼzi iqtisodiy nazariya, iqtisodiyot bilan shugʼullanadigan fan maʼnosida
keng qoʼllanilsa, Economy soʼzi koʼproq iqtisodiyot tarmogʼi, xoʼjalik yuritish maʼnosida kengroq
qoʼllaniladi.
Dostları ilə paylaş: