Chinor fayzi baland


§ 10.4. Neoklassik nazariya: monetarizm va taklif iqtisodiyoti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

§ 10.4. Neoklassik nazariya: monetarizm va taklif iqtisodiyoti 
Neoklassik nazariya erkin va 
tabiiy raqobatga, iqtisodiy, xususan, 
ishlab 
chiqarish 
jarayonlarining 
barqarorligini ta‘minlashga ustuvorlik 
berishga asoslanadi. Alfred Marshall 
(
Alfred Marshall; 1842-1924
) bu 
nazariya 
asoschilaridan 
biri 
hisoblanadi. 
Ushbu nazariyaning keynschilik 
nazariyasidan asosiy farqi davlat 
tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishga boshqacha yondashuvdan 
iborat. Agar keynschilik maktabi vakillari dinamik muvozanat barqaror 
281
Toshmatov Sh., G‗iyosov А., Giyasov S. Soliq nazariyasi va tarixi. O‗quv qo‗llanma. – T.: Iqtisod-
Moliya, 2021. – 267 b. 


260 
emas va shu sababli iqtisodiy jarayonlarga davlatning to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
aralashuvi zarur deb hisoblagan bo‗lsa, neoklassik nazariyaga ko‗ra 
erkin raqobat muhitini yaratuvchi qonunlarga xalaqit beruvchi 
to‗siqlarni bartaraf etishga qaratilgan davlat aralashuvi zarur va bunday 
davlatning iqtisodiyotga aralashuvi iqtisodiy muvozanatni ta‘minlovchi 
tabiiy qonunlar harakatini cheklab qo‗ymasligi lozim. 
Neoklassik 
modelining 
asoschilaridan 
bo‗lgan A.Marshall 
davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi rolini bilvosita vazifa deb 
qarab, davlat xarajatlari muntazam ortib borishi tufayli unga iqtisodiy 
barqarorlikka putur yetkazuvchi omil sifatida qaraydi
282

Neoklassiklar Markaziy bankning monetar siyosatiga ustuvorlik 
berib, davlatning fiskal siyosatini yetarli baholamagan holda to‗liq 
bandlik va milliy boylikning barqaror o‗sishini ta‘minlovchi 
daromadlarni samarali qayta taqsimlash mexanizmini yaratish mumkin, 
deb hisoblaydilar. 
Neoklassik nazariya, o‗z navbatida, ikki yo‗nalishda keng 
rivojlandi: taklif iqtisodiyoti va monetarizm. 
Taklif iqtisodiyoti fundamental nazariya bo‗lib, konservativ 
iqtisodchilarning eng faol guruhiga taalluqli. U AQSH iqtisodiy 
romantizmi, pragmatizm va siyosiy demagogiya aralashmasidan kelib 
chiqqan. Mazkur nazariya AQSH ma‘muriyatining iqtisodiy siyosatini 
belgilashda muhim rol o‗ynaydi. 
J.Kemp, J.Russelotorg, U.Rot kabi siyosatchilar, J.Vanniski, 
J.Gilder, I.Kristol kabi jurnalistlar, A.Laffer, R.Mandel kabi nazariyachi 
professorlardan iborat amaliy arboblar ushbu nazariyaga asos soldi. 
Uning empirik tadqiqotlari esa M.Feldstayn va M.Boskin kabi 
professorlar tomonidan taqdim etildi
283

Taklif iqtisodiyoti nazariyasi vakillari iqtisodiy liberalizm g‗oyalari 
tarafdorlari hisoblanadi. Nazariyaning asosiy konsepsiyasi davlat 
282
Маршалл А. Основы экономической науки. Principles of Economics : пер. с англ. / А. Маршалл ; 
авт. предисл. Дж. М. Кейнс. - М. : Эксмо, 2007. - 831 с. 
283
История экономических учений: Курс лекций. – Мн. : Академия управления при Президенте 
Республики Беларусь, 2004.– 280 с. 


261 
moliyasi va kapitalni jamg‗arish kabi makroiqtisodiy muammolarni 
tahlil qilishda makroiqtisodiy tamoyillaridan keng foydalanishga 
qaratilgan. Bunda asosiy g‗oya rag‗batlantiruvchi soliq siyosatini 
qo‗llash orqali iqtisodiy faollikni oshirish, samarali iqtisodiy siyosat 
yuritish orqali ustuvor yo‗nalishdagi ishlab chiqarish jarayonlarini 
(taklifni) qo‗llab-quvvatlashga asoslanadi. Taklif iqtisodiyoti nazariyasi 
vakillari iqtisodiyotga davlat aralashuvining ―zararli‖ jihatlarini bartaraf 
etishni, 
davlat 
tomonidan 
tartibga 
solinadigan 
faoliyatni 
minimallashtirishni, shuningdek, tadbirkorlikning bozor asoslarini 
mustahkamlash va erkin raqobat muhitini yaratilishini talab qiladi
284

Taklif iqtisodiyoti nazariyasi vakillari jamiyatning iqtisodiy taraqqiy 
etishini xususiy mulkchilikni himoya qilish va narx siyosatini 
erkinlashtirish, bozor iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirish bo‗yicha 
chora-tadbirlar tizimini takomillashtirish, tadbirkorlar manfaatlarini 
qo‗llab-quvvatlashga 
qaratilgan 
iqtisodiy 
munosabatlarni 
takomillashtirish lozimligini ilgari suradilar. Biroq, mazkur nazariya 
tarafdorlari davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini to‗liq inkor etmaydilar, 
faqat davlatning rolini isloh etishni taklif qiladilar. Taklif iqtisodiyoti 
nazariyasi 
vakillari 
davlatning 
asosiy 
vazifasi jamiyatning barcha a‘zolariga ―teng 
imkoniyatlar‖ yaratish va amerikaliklarning 
turmush tarzini yaxshilash hamda orzu-havas 
va intilishlarini ro‗yobga chiqarish uchun 
shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat deb 
hisoblaydilar. Bunda boylikni oshirishga 
zamin yaratish, mulkchilikka cheksiz egalik 
qilish huquqini berish, tadbirkorlarning 
iqtisodiy faolligini oshirish jamiyat gullab-
284
Кулишова Р. С. Экономическая теория: учебно-метод. комплекс / Р. С. Кулишова. — М. : 
Юридический институт, 2011. — 68 с. 


262 
yashnashi uchun zarur shartlar sifatida e‘tirof etiladi
285

Taklif iqtisodiyoti nazariyasi namoyondalari soliqlarning past 
darajali stavkalari omonatlar o‗sishi va investitsiya faoliyati 
kengayishini ta‘minlovchi shartlardan biri degan fikrni ilgari surdilar. 
Pasaytirilgan soliq stavkalarining rag‗batlantiruvchi ta‘sirini nazariy 
isbotlash uchun ular amerikalik iqtisodchi
 
Artur Lafferning (

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin