11.1-rasm. Mahsulotga bo„lgan talab noelastik va elastik holatida
soliq yukining o„zgarishi tahlili
306
Ramsey nazariyasiga asosan optimal soliqqa tortishda tovarlarga
nisbatan soliq joriy qilinishi har bir tovarning hajmini bir xil miqdorda
qisqarishini ta‘minlashi lozim. Ushbu holatda optimal soliq solish
maqsadida X-tovarga nisbatan soliq miqdorinini oshirish va Y-tovarga
nisbat soliq miqdorini kamaytirish lozim bo‗ladi.
Ramsey nazariyasi bo‗yicha soliq stavkalarining tovarlarga
bo‗lgan talabning elastikligi darajasiga teskari mutanosibligini bir
misol orqali ifoda etishga harakat qilamiz
307
. Masalan, A va V tovar
bo‗yicha soliq joriy qilinishini oladigan bo‗lsak.
305
Toshmatov Sh., G‗iyosov А., Giyasov S. Soliq nazariyasi va tarixi. O‗quv qo‗llanma. – T.: Iqtisod-
Moliya, 2021. – 267 b.
306
Суровцев В.А. С 90 Ф.П. Рамсей и программа логицизма. Томск: Изд-во Том. ун-та, 2012. – 258
с.
307
Toshmatov Sh., G‗iyosov А., Giyasov S. Soliq nazariyasi va tarixi. O‗quv qo‗llanma. – T.: Iqtisod-
Moliya, 2021. – 267 b.
278
tA/tB=eDB/eDA
Bu yerda: t-soliq stavkasi, eD- talb elastikligi darajasi
Quyidagi tenglikni keltirib chiqaramiz
tA*eDA=tB*eDB
tA va tB tovarlar narxining soliq joriy qilingunga qadar amaldagi
narxning o‗zgarishining foizli ko‗rsatkichi bo‗lganligi sababli:
eDA=(dQA/QA)/tA, eDB=(dQB/QB)/tB
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagi formulani keltirib
chiqaramiz:
tA*dQA /QA* tA = tB*dQB/QB*tB =>
dQA/QA = dQB/QB
Demak, optimal soliq solishda ishlab chiqarishning hajmi
mutanosib ravishda teng qisqaradi va bu Ramsey nazariyasi deb
ataladi.
Korletta-Xeyg qoidasi – optimal soliq solishda tovarlarga bo‗lgan
talabning elastiklik darajasiga qarab soliq stavkalarining joriy
qilinganda, o‗zaro o‗rnini bosuvchi tovarlar o‗zaro o‗rnini to‗ldiruvchi
tovarlarga nisbatan kamroq miqdorda soliqqa tortiladi. Ya‘ni bir tovar
narxining o‗sishi (soliq miqdori hisobiga) ikkinchi bir o‗zaro o‗rnini
bosuvchi tovarning iste‘molini oshishiga olib keladi. Shuningdek
o‗zaro o‗rnini to‗ldiruvchi tovarlar iste‘molini kamaytiradi
308
.
―Ikkinchisi eng yaxshi‖ – qoidasi iqtisodiyotda har qanday qaror
qabul qilishda (shu jumladan soliqqa tortish tizimida ham) ushbu
qarorning ijobiy (yaratiladigan sharoit) va salbiy (mavjud sharoitni
buzilishi) ta‘sirlari o‗rganilishi hamda ijobiy va salbiy oqibatlarni
sarhisob qilgan holda to‗g‗ri qarorni qabul qilish lozim bo‗ladi. Ya‘ni
qabul qilinayotgan qarorning ijobiy jihatidan ko‗ra salbiy oqibatlari
308
Corlett W.J., Hague D.C. Complementary and the Excess Burden of Taxation // Review of Economic
Studies. 1953. № 21. P. 21—30.
279
darajasi yuqori bo‗lgan hollarda ushbu qarorni qabul qilinmaganligi
ma‘qul deb topiladi
309
.
Misol uchun davlat tomonidan tovarlar narxining belgilanishi
iqtisodiy optimumga erishishda umumbelgilangan qoidalarning
buzilishiga, ya‘ni ishlab chiqaruvchilarning foydasini cheklanishiga
olib kelsa, yana bir tomondan davlat tovarlar narxini shakllanishiga
aralashmaganda, monopol ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‗zlari
xohlagan narxlarning belgilanishi oldinga holatga nisbatan ko‗proq
salbiy ta‘sir qiladi
310
.
Tovarlarga bo‗lgan talab elastikligi darajasidan kelib chiqqan
holda soliq stavkalarining alohida-alohida belgilanishi soliqlarning
egiluvchanlik tamoyilini bajarilishini ta‘minlaydi.
Lekin oddiylik, adolatlik va iqtisodiy betaraflik tamoyillarining
buzilishiga olib keladi.
Aholining
birlamchi
iste‘mol tovarlariga nisbatan soliq
stavkalarining yuqori bo‗lishiga va aksincha xasham tovarlari uchun
soliq stavkalarining pasaytirilishiga olib keladi.
Soliq to‗lovchilarda soliqlarni hisoblab chiqarishda qiyinchilikni
keltirib chiqaradi. Misol uchun bir nechta turdagi tovarlarni ishlab
chiqaruvchi korxonalar tomonidan har bir tovar turi bo‗yicha alohida
soliq stavkalarinng qo‗llanishi soliqlarni hisoblashda chalkalshliklar va
xatoliklarni keltirib chiqaradi.
Ramsey nazariyasidan voz kechish olinadigan daromadlarga salbiy
ta‘sir qiladi va ortiqcha soliq yukini keltirib chiqaradi (ishlab
chiqaruvchilar jihatdan)
311
.
309
Якобсон Л.И. Государственный сектор экономики: Экономическая теория и политика. М.: ГУ
ВШЭ, 2000. - 371 с.
310
Toshmatov Sh., G‗iyosov А., Giyasov S. Soliq nazariyasi va tarixi. O‗quv qo‗llanma. – T.: Iqtisod-
Moliya, 2021. – 267 b.
311
Potter M. Ramsey‘s Transcendental Argument // Ramsey‘s Legacy. – Clarendon Press, Oxford
University Press, 2005. – P. 71–82.
280
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarlarining talab elastikligidan kelib
chiqqan holda soliq stavkalarining qo‗llanilganda o‗zaro o‗rnini
bosuvchi tovarlar, o‗zaro o‗rnini to‗ldiruvchi tovarlarga nisbat kamroq
miqdorda soliqqa tortiladi va o‗z navbatida tovarlarning talabiga ta‘sir
o‗tkazadi
312
.
Tovarga bo‗lgan talabning o‗zgarishi natijasida soliqlar yuqoriroq
stavkada belgilangan tovar turlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning
faoliyatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatiladi
313
.
Soliq yukini optimallashtirish deganda - talab va taklifning
elastikligidan kelib chiqadigan ortiqcha soliq yukini qisqartirish
masalasini hal qilish tushuniladi. Optimal soliq stavkasi talab
kompensatsiya
qilingan
talab
elastikligi
darajasiga
teskari
proporsianal
314
.
Shuningdek, ma‘lum bir tovarlarga nisbatan soliq joriy qilinishi
ushbu tovarlarga bo‗lgan talabni qisqartirish bilan bir qatorda o‗zaro
o‗rnini bosuvchi tovarlarga bo‗lgan talabning ortishiga hamda o‗zaro
bog‗liq tovarlarga bo‗lgan talabning kamayishiga olib keladi.
Birlamchi kundalik ehtiyoj tovarlari uchun talab elastikligi juda
past (noelastik). Aholi turmushi uchun birlamchi kundalik ehtiyoj
tovarlari iste‘moli muhim. Shuning uchun kam daromadga ega bo‗lgan
aholi qatlami o‗z daromadlarini asosiy qismini birlamchi kundalik
ehtiyoj tovarlariga sarflaydi. Birlamchi kundalik ehtiyoj tovarlariga
nisbatan bilvosita soliqlarning joriy qilinishi yoki kundalik ehtiyoj
tovarlarini ishlab chiqaruvchilarga nisbatan bevosita soliqlarning joriy
qilinishi, talab elastikligi past (noelastik) bo‗lganligi sababli ushbu
312
Экономика общественного сектора: учебник для академического бакалавриата/под ред. Л.И.
Якобсона, М.Г. Колосницыной. - 3-е изд., перераб. и доп. - М.: Издательство Юрайт, 2016. - 558 с.
- Серия: Бакалавр. Академический курс.
313
Sahlin N.-E. ‗HE IS NO GOOD FOR MY WORK‘: On the Philosophical Relations between Ramsey
and Wittgenstein // Knowledge and Inquiry: Essays on Jaakko Hintikka‘s Epistemology and Philosophy
of Science. – Rodopi, Amsterdam, 1997. – P. 61–84.
314
Sullivan P.M. Wittgenstein on ―The Foundations of Mathematics‖ of Ramsey. – Theoria. – 1995. Vol.
LXI, p.2. – P. 105–42.
281
tovarlar narxining o‗sishiga va bevosita soliqlarning soliq yukini ham
ma‘lum darajada iste‘molchilar zimmasiga o‗tkazilishiga sabab
bo‗ladi
315
.
Shu sabab davlat tomonidan soliqlarni rejalashtirish, soliq yukini
optimallashtirish hamda ishlab chiqaruvchilar va iste‘molchilar
o‗rtasida mutanosib taqsimlanishini ta‘minlashda talab va taklif
elastikligini inobatga olish maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Ramsey narxlari va qoidasi. Tovarlarga soliq solishning shunday
strukturasi optimal hisoblanadiki, bunda qoplanadigan (kompensatsiya)
talab soliqqa qadar muvozanat holatga nisbatan uning har biriga bir hil
mutanosiblikda kamayadi (agar u Pareto optimal bo‗lsa)316.
Ramsey qoidasi davlat tomonidan belgilanadigan optimal narxlar
strukturasiga ham tegishlidir. Misol uchun X va U – monopolar
tomonidan ishlab chiqarilgan ikki tovarning miqdori va davlat ushbu
tovarlar narxini nazoratga olmoqchi. Tabiiy monopol sharoitlarda davlat
tarmoqni milliylashtirishi mumkin yoki monopol mahsulotlar narxlarini
tartibga solishi mumkin. Ikkila holatda ishlab chiqarish hajmiga erishi
mumkin, bunda talab narxlari eng yuqori chiqimlarga teng bo‗ladi.
Biroq, eng yuqori chiqimlar o‗rta me‘yordan past bo‗lgan taqdirda,
tabiiy monopoliya zarar keltiruvchi bo‗ladi. Agar davlat narxni shunday
belgilashni ko‗zda tutsa, unda u ishlab chiqarishni soliqlar hisobidan
subsidiyalashga majbur bo‗ladi. Bunda, sotib oluvchilarning narxlari
o‗rta chiqimlarni qoplashi kerak bo‗lgan sotuvchilarga nisbatan past
bo‗ladi. Shunday ekan, narxlarning optimal ahamiyati shunday bo‗lishi
kerakki, ikkila tovarga qoplanadigan (kompensatsiya) talab soliqqa
qadar narxlarga nisbatan bir hil mutanosiblikda qisqarishi kerak. Bunday
315
Экономика общественного сектора: учебник для студентов вузов, обучающихся по
направлению ―Экономика‖ и экономическим специальностям. Институт экономики РАН, МГУ
имени М.В. Ломоносова/под ред. П.В. Савченко и др. — М.: ИНФРА-М, 2010.
316
Psillos S. Ramsey‘s Ramsey-sentences // Cambridge and Vienna: Frank Ramsey and The Vienna
Circle. – Springer, 2006. – P. 67–90.
282
shart-sharoitlarga javob beradigan narxlar Ramsey narxlari deb
nomlanadi
317
.
Bunday qoidani soliq solishga va narxlarni tartibga solishga
qo‗llanilishi - bozor jarayoniga davlat aralashuvining turli shakllari
yahlitligi va o‗zaro bog‗liqligiga odatiy misol bo‗la oladi.
Dostları ilə paylaş: |