Chinor fayzi baland


§ 5.2. Amir Temurning soliqqa oid qarashlari va soliq siyosatini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

§ 5.2. Amir Temurning soliqqa oid qarashlari va soliq siyosatini 
belgilashda “Temur tuzuklari”ning o„rni 
Amir Temur turmush tajribalari asosida ishlab chiqqan va uning 
hukmi bilan qonun darajasiga ko‗tarilgan qoidalardan iborat to‗plam 
tarixiy asarlarda turli tildagi tarjimalarga mos holda ―Temur tuzuklari‖, 
―Tuzuki Temuriy‖, ―Temurning aytganlari‖, ―Voqeoti Temuriy‖, ―Amir 
Temurning boshidan kechirganlari‖, ―Ulojeniye Temura‖ deb yuritilgan. 
―Tuzuk‖ so‗zi asli eski o‗zbek tilida ―qonun-qoidalar to‗plami‖ yoki 
―nizom‖ kabi huquqshunoslikka oid ma‘noni anglatgan. 
―Tuzuklar‖ Temur saltanati, uning davlat tuzumi, boshqarilishi, sud 
qurilishiga oid juda muhim qoidalar va ma‘lumotlarni o‗zida aks 
ettirgan, XIV asrning ikkinchi yarmida ijtimoiy-siyosiy voqealarni 
o‗rganishga oid tarixiy hujjatdir. Yuridik tilda aytganda, bu hujjat 
ma‘muriy-siyosiy va harbiy Kodeksdir. 
U ikki qismdan iborat bo‗lib, birinchi qismi tarjimai hol xarakteriga 
ega. Bunda 150 yil davom etgan mo‗g‗ul-chig‗atoy sulolasining 
istibdodidan qutulish, O‗rta Osiyodagi markazlashgan davlatni tuzish 
bilan bog‗liq ijtimoiy-siyosiy voqealar bayon etiladi. 
Ikkinchi qismida esa ulkan davlatning valiahd va amirzodalar 
tomonidan qay tarzda boshqarilishi, yirik mansabdorlarni tayinlash, 
harbiy qurilish, sud yuritish, armiyani tuzish, sarflash ta‘minoti 
masalalarini o‗z ichiga oladi. ―Saltanat qurish, davlat tutish ishlarini bir 
necha tuzukka bog‗ladim va saltanatda boshqarish haqida qo‗llanma 
yozib qoldirdim‖, deb yoziladi tuzuklarda. 


113 
Temur 
soliq 
siyosatining 
asosiy 
qoidasi 
―Tuzuklar‖da 
sohibqironning o‗z farzandlariga qoldirgan siyosiy vasiyatida keltirilgan: 
―Soliqlarni yig‗ishda xalqni soliqlar bilan ezib qo‗yishdan yoki 
viloyatlarni xonavayron qilishdan ehtiyot bo‗lish zarur. Zero, xalqning 
xonavayron bo‗lishi davlat xazinasining qashshoqlashishiga olib keladi, 
xazinaning nochorligi oqibatida esa harbiy kuchlar parokanda bo‗lib, bu 
esa o‗z navbatida hokimiyatni zaiflashtiradi‖. Temurning fikriga ko‗ra, 
qonunni ishlab chiqishda, avvalo, xalqning manfaatlarini hisobga olish
uning to‗lov qobiliyatidan kelib chiqish zarur. Har bir alohida xo‗jalikda 
boy-badavlatlik darajasi soliqqa tortishga asos qilib olinishi kerak. 
―Temur tuzuklari‖da har qanday jamiyat uchun iqtisodiyot 
ustuvorligi ifodalanib, quyidagi xulosa berilgan: ―Davlatu-saltanat uch 
narsa bilan: mulk, xazina va lashkar bilan bardamdir. Oqil vazir 
bularning har uchalasini yaxshi ahvolda saranjom tutadi‖. Bu xulosa 
ko‗proq xazinaga taaluqlidir. 
―Temur tuzuklari‖da ―xarob bo‗lib yotgan yerlarning egasi bo‗lsa-
yu, lekin obod qilishga qurbi yetmasa, unga turli asboblar va kerakli 
narsalar bersinlar, toki o‗z yerini obod qilib olsin‖ deyiladi. Unda yana 
shunday deyiladi: ―Kimki, biron sahroni obod qilsa, yo biron bog‗ 
ko‗tarsa, yoki biron-bir xarob bo‗lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi 
yili undan hech narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyat o‗z roziligi bilan 
berganini olsinlar, uchinchi yili esa (oliq-soliq) qonun-qoidasiga 
muvofiq xiroj yig‗ilsin‖. Ko‗rinib turibdiki, Temur davlatida 
fuqarolardan soliq undirib olishdan oldin, ularga albatta zarur shart-
sharoitlar yaratib berish lozim bo‗lgan. 
Hozirgi zamon tili bilan aytganda, davlat ixtiyoridagi xazina – ikki 
shakldagi jamg‗armadan tarkib topgan. Birinchisi asosiy xazina bo‗lib, 
bunda uzoq yillar davomida avloddan-avlodga meros bo‗lib kelgan 
boylik va durdonalar saqlanar edi. Ikkinchi jamg‗arma joriy xarajatlar 
uchun mo‗ljallangan, buning uchun mablag‗ yetishmaganda birinchi 
(asosiy) xazinadan ―qarz‖ olinar edi. Yillar davomida xazinaning holati 


114 
o‗zgarib turgan, ba‘zan taqchillik sezilib, uni to‗ldirish uchun 
qo‗shimcha soliq va yig‗imlar ham joriy etib turilgan. 
Amir Temurning xazinani boshqarishdagi tartiboti shundan iborat 
bo‗lganki, u xazinadagi birinchi jamg‗armani saqlab qolgan holda 
ikkinchi jamg‗armaning shakllanishi va sarflanishi ustidan nazoratni 
kuchaytiradi. Har ikkala jamg‗armadagi mablag‗lar harakati yozib 
boriladigan bo‗ldi. Bundan tashqari, ikkinchi jamg‗arma xarajatlariga 
mablag‗lar berish vazirlar zimmasiga yuklatildi. Har bir vazir o‗ziga 
topshirilgan daromad va xarajatlar ustidan nazorat olib boradigan bo‗ldi. 
Eng muhimi markaziy xazina bilan uluslar o‗rtasidagi moliyaviy 
munosabatlarga aniqlik kiritildi. Mahalliy ehtiyojlar belgilangan tartibda 
mablag‗ bilan ta‘minlanadigan bo‗ldi. Amir Temur aksariyat hollarda 
xazinaning joriy xarajatlar manbai hisoblangan ikkinchi bo‗limiga 
alohida e‘tibor bergan. Bu hol Amir Temurning soliqlar demokratik 
xususiyatini chuqur anglaganligidan guvohlik beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin