8.
Javoblarning qaysi birida U.Petti tomonidan davlat maqsad-
li xarajatlarining tarkibi to„g„ri ko„rsatilgan javobni tanlang?
a) harbiy, boshqaruv,cherkov, ta‘lim, nogiron va yetim bolalarni
boqish
xarajatlari,
yo‗llar,
ko‗priklar,
portlar
va
boshqa
umumfoydalanishdagi inshootlarni saqlash xarajatlari
b) xom-ashyolarga, materiallarni sotib olishga yo‗naltirilgan
xarajat-lar
s) renta, foyda va ish haqini qoplash tarzidagi xarajatlar
d) katta qarzdorlikni to‗lashga yo‗naltirilgan xarajatlar
9. Quyida keltirilgan javoblarning qaysi birida A.Smitning
almashinuv nazariyasiga asoslangan holdagi ta‟rifi berilgan?
a) soliq ko‗rsatilgan xizmatlar uchun davlatga to‗lanadigan adolatli
haq deb e‘tirof etadi
b) soliqlar dunyo kabi ko‗hnadir
s) ―qaroqchilikning ruxsat etilgan shakli‖
d) soliqlarni joriy etilishi xalq vakillari roziligi asosida amalga
oshirilishi lozim
10. Adam Smitning soliqqa tortishning nazariy asoslarini tu-
shuntirib o„tilgan asari qanday nomlanadi?
a) ―Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‗g‗risida tadqiqot‖
nomli asarida
b) ―Siyosiy iqtisodiyot asoslari‖ nomli asarida
s) ―Bandlik, foiz va pullarning umumiy nazariyasi‖ nomli asarida
d) ―Iqtisodiy nazariya va jamiyat maqsadlari‖ nomli asarida
295
12-BOB. SOLIQQA OID DASTLABKI XUSUSIY
NAZARIYALAR
§ 12.1. Bevosita va bilvosita soliqlar nisbati nazariyasi
Davlatchilik paydo bo‗lgan ilk davrlarda soliqlardan faqatgina
davlat daromadlarini shakllantirishning muhim va doimiy manbai
sifatida foydalanilgan bo‗lsa, hozirga kelib soliqlar iqtisodiyotni tartibga
solishning asosiy unsuri (vositasi, dastagi) bo‗lib xizmat qilmoqda.
Soliqlarning davlat g‗aznasiga yoki soliq to‗lovchilarga yoxud
jamiyatdagi jarayonlarga ta‘sirini aniqlash, shuningdek eng maqbul
soliqqa tortish tizimini yaratishga qaratilgan ta‘limotlarning rivojlanishi
soliqlarning xususiy nazariyalarining paydo bo‗lishiga muhim turtki
bergan
335
.
Xususiy nazariyalar orasida bevosita va bilvosita soliqqa tortishning
nisbat
munosablari
nazariyasi
yaratilgan
dastlabki
xususiy
nazariyalardan biri hisoblanadi. Ushbu nazariyaning yaratilishi ko‗p
jihatdan bilvosita soliqlarning paydo bo‗lishi bilan bog‗liq jarayon
hisoblanadi.
Dastlab soliqlar faqat to‗g‗ri soliqlar shaklda undirilgan, ya‘ni
yerdan, mulkdan yoki hosildan soliqlar olingan. Bu holat jamiyatda soliq
yukini adolatli taqsimlanishiga to‗sqinlik qilar edi, chunki davlat soliq
tushumlari orqali o‗z xarajatlarini qoplar ekan, bu xarajatlar
mamlakatning xavfsizligini ta‘minlashga, qolevarsa butun jamiyatni
taraqqiy ettirishga sarflansa-da, jamiyatning barcha a‘zolari soliqni
birday to‗lamas edi. Bunda mulk, yer va shundan kelib chiqqan holda,
hosilga ega bo‗lmaganlar soliq to‗lamas edi. Soliq yuki aholining
bunday qatlami zimmasiga qisman bo‗lsa-da o‗tkazish maqsadida
daslabki davrlarda ko‗mirga, tuzga, shamga bilvosita iste‘mol soliqlar
335
Toshmatov Sh., G‗iyosov А., Giyasov S. Soliq nazariyasi va tarixi. O‗quv qo‗llanma. – T.: Iqtisod-
Moliya, 2021. – 267 b.
296
joriy etilgan. Keyingi davrlarda bilvosita soliqlar shu qadar rivojlandiki,
ko‗pgina davlatlarning asosiy daromad manbaiga aylanib qoldi.
Yevropa taraqqiyotining ilk davrlarida to‗g‗ri va bilvosita soliq
solishni belgilash jamiyatning siyosiy ravnaqiga bog‗liq edi. Lekin
shunga qaramay ilk o‗rta asrlardagi yirik shaharlarda soliq tizimi asosan
to‗g‗ri soliq solishga tayandi. Bilvosita soliqlar og‗ir va xalq ahvoliga
salbiy ta‘sir ko‗rsatadi deb hisoblanardi, chunki ular tovar qiymatini
oshirardi. Shu tariqa bilvosita soliqlarga nisbatan dastlabki davrlarda
salbiy nazariy qarashlar shakllandi, ularni xalq ahvolini yomonlashtiradi,
narxlarni oshirishi orqali kam daromadli oilalar uchun zaruriy tovarlarni
xarid qilish qobiliyatini cheklaydi, deb qaraldi.
O‗rta asrlar oxirida paydo bo‗lgan
keyingi qarashlarda, aksincha, bilvosita soliq
solish zaruriyatini soliqqa tortishning tenglik
tamoyilini
ta‘minlanishidagi
ahamiyati
nuqtai nazaridan asoslashga urinishlar paydo
bo‗ldi. Turli xil yo‗llar bilan boy tabaqali
zadogonlar to‗g‗ri soliqlardan imtiyozlarga
ega
bo‗lgan
sharoitda
bilvosita
soliqqa tortish samarali usul sifatida
e‘tirof etildi. Shu sababli bilvosita soliq
solish
g‗oyasi tarafdorlari ularning
xarajatlari uchun soliq belgilash orqali
imtiyozli sinflarni soliqdan qochish
imkoniyatlarini chegaralashga urindilar
va bilvosita soliqqa tortish tenglikni
o‗rnatish vositasi sifatida qaraldi.
Fiziokratlar F.Kene va A.Tyurgolar XVIII asr o‗rtalarida
soliqlarning to‗g‗ri (bevosita) va egri (bilvosita) ga bo‗linishini nazariy
297
jihatdan asoslab berdilar. To‗g‗ri soliqlarga (bevosita) ular to‗g‗ridan-
to‗g‗ri ishlab chiqaruvchi sinflarga: yerga ishlov beruvchilar va yer
yegalariga solinadigan soliqlarni, bilvosita (bilvosita) soliqlarga esa -
boshqa barcha soliqlarni ajratishgan
336
.
XVIII asr oxirida A. Smit
to‗g‗ri soliqqa tortish faqat qishloq
xo‗jaligidan olinadigan daromad
solig‗i
bilan
cheklanib
bo‗lmasligini, ishchilarning ish
haqi
va
kapital
egasining
tadbirkorlik
foydasi
uchun
soliqlarni ham o‗z ichiga olishini
aniqladi. U xarajatlar bilan bog‗liq
va oxir-oqibat tovarlar va xizmatlar iste‘molchilari uchun taklif qilingan
barcha soliqlarni bilvosita deb hisoblashni taklif qildi. A. Smit bilvosita
soliqlarning davlat byudjetini shakllantirish uchun ahamiyatini tushunib,
ularga salbiy munosabatda bo‗ldi, chunki tovarlar narxini oshirish orqali
ular iste‘molni kamaytiradi, bu esa ishlab chiqarishni qisqartirishga olib
keladi
337
, deb hisoblangan.
Shuningdek, A.Smit bilvosita soliqqa tortishda ehtiyotkorlik bilan
yondashish tarafdori bo‗lgan, bunda birinchi zaruriy tovarlarni bilvosita
soliqqa tortilishi kambag‗al aholini turmush tarziga salbiy ta‘sir etishi va
bilvosita soliqqa aksariyat hollarda faqat qimmatbaho tovarlarni tortishni
yoqlab chiqqan. ―... zaruriy mollarga soliqning joriy etilishi,
ishchilarning ish haqiga to‗g‗ri soliq singari ta‘sir ko‗rsatadi. Bunda
ishchi tomonidan ushbu soliqning to‗lanishi uzoq muddatga ish haqidan
to‗lab boriladigan bo‗nak sifatida qaralmaslik kerak. Oxir oqibatda
ushbu bo‗naklarni tadbirkor ish haqini oshirish tariqasida o‗z hisobidan
336
Коровкин, В. В. Основы теории налогообложения: учеб, пособие / В. В. Коровкин. - М.:
Экономистъ, 2006. - 575 с.
337
Налоги и налогообложение: учеб, пособие для студентов вузов / под рсд. Д. Г. Черника.- 2-е
изд., псрсраб. и доп. -М. : ЮНИТИ-ДАНА, 2010. - 368 с. 2 Смит, А. Исследование о природе и
причинах богатства народов. Книги 4-5 / А. Смит. - M.: Директ-Медиа, 2014. -617 с.
298
qoplash berish kerak bo‗ladi. ... Men tomonimdan zeb-ziynat mollari
deb atalgan tovarlarga soliq solinsa, hatto ushbu tovarlarni kambag‗allar
iste‘mol qilinganda ham, boshqacha holat yuz beradi. Bu soliqlarni joriy
etilishi natijasida narxlarning oshishi ishchilarning ish haqini oshirish
zaruriyatini keltirib chiqarmaydi
338
‖, ular ixtiyoriylik g‗oyasi orqali uni
asoslab berdi. Bu g‗oya bilvosita soliqlar to‗g‗ri soliqlarga nisbatan
yengilroq degan fikrdan kelib chiqdi, shu sababli soliq solinadigan
tovarni kambag‗allar tomonidan xarid qilmay turib, ulardan oson qutilib
qolish mumkin
339
. Biroq, XIX asr oxirida bu masala bo‗yicha bahs-
munozara qilgan iqtisodchilar to‗g‗ri soliq solishning muvozanatini
saqlash maqsadiga, bilvosita soliqlar daromadlarni samarali olishga
mo‗ljallangan deb hisoblab, bilvosita va to‗g‗ri soliqlar o‗rtasida
muvozanatni saqlash zarurati to‗g‗risida xulosaga keldi. Ba‘zi
mutaxassilar ―to‗g‗ri va bilvosita soliqlar oqilona uyg‗unligi‖
to‗g‗risidagi g‗oyaga soliq tizimi tamoyillaridan biri sifatida qaraydi.
Dostları ilə paylaş: |