290
Ish haqini tabaqalashtirish shaxsiy daromad taqsimotida tengsizlikni
keltirib chiqaradi. Buning asosida,
qobiliyat, ta‘lim va professonal
tajribadagi farqlar yotadi. Tengsizlikning
muhim omili qimmatli
qog‗ozlar (aksiyalar va obligatsiyalar) va ko‗chmas mulkka egalik
qilishning notekis taqsimlanishi hisoblanadi.
Shuningdek, omad,
qimmatli axborotlarga ega bo‗lish, risk, shaxsiy aloqalar va boshqalar
ham ma‘lum darajada muhim rol o‗ynaydi. Bu omillar turli ta‘sir qiladi,
tengsizlikni ba‘zan yumshatadi, ba‘zan esa oshiradi. Uning chuqurligini
aniqlash uchun Lorens egri chizig‗idan foydalaniladi.
11.6-rasm. Lorens egri chizig„i (daromadlarning aholi soniga
taqsimoti)
333
Aholi (yoki oilalar) foizini gorizontal o‗qqa,
daromad foizini esa
vertikal o‗qqa qo‗yaylik. Odatda aholi besh kvintellarga (qismlarga)
bo‗linadi, ularning har biriga 20 foiz aholi kiradi. Aholi guruhlari eng
kambag‗aldan eng boygacha bo‗lgan o‗qda joylashgan.
Agar barcha
333
Павлов о. и. павлова о. ю. функция лоренца и математическое определение среднего класса.
―экономика и бизнес―, m.: 2016. 1-12
с.
291
aholi guruhlari teng daromadga ega bo‗lsa, aholining 20 foizi 20 foiz
daromadga, 40 foiz aholining 40 foiz daromadga ega va h.k.. Mutlaq
tenglik grafik bissektrisasi 0E bilan, mutlaq tengsizlik esa 0G chizig‗i
bilan ifodalanadi. Lorens egri chizig‗i
daromadning haqiqiy
taqsimlanishini aks ettiradi.
Haqiqatda, aholining eng kambag‗al qatlami odatda 5-6 foiz, boy
qatlami esa 40-45 foiz daromad ega bo‗ladi. Shuning uchun Lorens egri
chizig‗i daromadning mutlaq tenglik va mutlaq tengsizlikni aks
ettiruvchi chiziqlar orasida yotadi. Daromad taqsimoti qanchalik notekis
bo‗lsa, Lorens egri chizig‗i shunchalik yondoshligi bilan xarakterlandi, u
G-nuqtaga shunchalik yaqin o‗tadi.
Aksincha, differensiallash darajasi
qancha past bo‗lsa, Lorens egri chizig‗i bissektrisasi
OYE ga shuncha
yaqin bo‗ladi
334
.
Agar daromadning haqiqiy (real) taqsimoti mutlaqo teng bo‗lsa,
Lorens egri va bissektrisa bir-biriga to‗g‗ri keladi va bo‗shliq yo‗qoladi.
Lorens egri chizig‗ining tahlili progressiv soliqlar tengsizlikni
kamaytiradi, degan xulosaga kelish imkonini beradi.
Soliqlardan keyingi daromad taqsimotini
soliqlardan oldingi
taqsimotiga nisbatan bir xillashtiradi. Bundan shunday xulosa qilish
mumkinki, progressiv soliqqa tortish to‗lovchilarning ko‗proq tengligini
ta‘minlagani uchun adolatliroq bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: