§ 12.2. Yagona soliq nazariyasining xususiyatlari
Soliqqa tortishda adolatlilik g‗oyasi birinchi navbatda yagona soliq
nazariyasida aniq ifodalangan. Sof moliya faniga hurmat bilan qarash
kerak, chunki uning shakllanishi boshida soliqqa tortishda ijtimoiy
adolat masalasini ko‗targan. Yagona soliq nazariyasining amaliy jihati
soliq tizimidagi o‗zgarishlar bilan bog‗liq bo‗lgan.
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotchilar yagona soliq nazariyasi bilan bir
necha marta qurollandi. Ushbu nazariya ko‗p jihatdan soliq masalalariga
ijtimoiy-siyosiy tus berish jihatdan ko‗rib chiqilganligini qayd etish
zarur. Yagona soliq o‗rnatish g‗oyasi turli davrlarda mashhur bo‗lgan.
XVIII asrda Angliyada hatto qurilish uchun yagona soliq shiori ostida
faoliyat olib borgan partiya ham bo‗lgan
343
.
342
Янжул И.И. Основные начала финансовой науки: Учение о государственных доходах. –М:
―Статут‖ (в серии ―Золотые страницы финансового права России‖), 2002, том 3. – С. 401-404.
343
Toshmatov Sh., G‗iyosov А., Giyasov S. Soliq nazariyasi va tarixi. O‗quv qo‗llanma. – T.: Iqtisod-
Moliya, 2021. – 267 b.
302
Ushbu nazariyaning turli tarafdorlari barcha ofatlarga qarshi vosita
sifatida yagona soliqni ilgari surgan. Ushbu soliq o‗rnatilgach,
qashshoqlik bartaraf etilishi, ish haqi oshishi, ortiqcha ishlab chiqarishga
yo‗l qo‗yilmasligi, sanoatning barcha sohalarida talabga mos ravishda
ishlab chiqarishning kengayishi yuz berishi keltirib o‗tilgan.
Yagona soliq – soliq solishning bitta aniq obyektiga, daromad
manbalaridan biriga solinadigan yagona, ixchamlashtirilgan soliqdir.
Shu sababli yagona soliq ko‗pgina alohida soliqlar undirilishiga nisbatan
nazariy jihatdan maqsadga muvofiq, oddiy va oqilona hisoblandi.
Yagona soliq obyekti sifatida turli nazariyachilar tomonidan yer, sarf-
xarajatlar, mulk, daromad, kapital taklif etildi
344
.
Vensan Gurne – fiziokratlar maktabining asoschilaridan biri
hisoblanadi. U sanoat va tijorat mehnati unumdor emas degan ta‘limotga
qarshi bo‗lgan. Biroq, u olamdan erta ketganligi sababli bu qarash
fiziokratiya doktrinasini yakuniy shakllanishida sezilarli ahamiyat kasb
etmagan. Gurne hamfikri va qarashlari davomchisi bo‗lgan Fransua
Kene esa - fiziokratlarning lideri sifatida gavdalanib, siyosiy
iqtisodiyotda sof mahsulot va mehnat unumdorligi kabi kategoriyalarni
shakllanishida hissasi ulkan bo‗lgan.
Faqatgina yer sof mahsulot beranligi sababli, soliqlarning barcha
yuki unga tushadi. Hukumat qarori bilan qanday tarzda soliq solinmasin,
hosilsiz qatlam soliqni o‗z cho‗ntagidan to‗lay olmaydi: sof mahsulot
yo‗qmi, soliqni ham nimadandir to‗lashni imkoni yo‗q. Hosilsiz qatlam
soliqlarni ishlab chiqaruvchiga o‗tkazadi. Biroq, ishlab chiqaruvchilar
ham o‗z mehnatlaridan tashqari hech qanday ortiqcha narsasi yo‗q. Bu
jihatdan ―Sermahsul‖ dehqon va hosilsiz xunarmand – bular barchasi
yagonadir. Vaholanki, sof mahsulotni yer egalari oladi. Bu yer egalari –
ijarachilar tomonidan ularga beradigan yer rentasi hisoblanadi. Bu
shunday qatlamki, ularning boyliklari o‗z mehnatlaridan emas, balki
yerlarga egaligidan kelib chiqadi va ushbu qatlamga barcha soliqlarning
344
Майбурд Е.М. Введение в историю экономической мысли. От пророков до профессоров. - М.:
Дело, Вита-Пресс, 1996. – 441-б.
303
yuki tushadi. Shu sababdan soliqlarni undirish sodda va arzon bo‗lishi
uchun ularning barcha turlarini bitta yer solig‗i bilan almashtirish kerak.
Fiziokratlarning ta‘limot rukni shunday bo‗lgan: 1) iqtisodiy
liberalizm; 2) yerga qo‗yiladigan mutloq mehnat unumdorligi; 3) yagona
yer solig‗i – bular fiziokratiyaning ―uch kiti‖ hisoblanadi. Bu
ko‗rsatilgan doiraga faqat uch siymo sig‗maydi: Gurne, Kene va Tyurgo.
Bular iqtisodiyot nuqtai nazaridan birinchilardan bo‗lib, aholining katta
ijtimoiy guruhlari yoki qatlamlari haqida ta‘kidlashgan. Ular qatlamlarni
ikki toifaga ajratishgan: jamiyat boyliklarini yaratishda ishtirok
etuvchilar va yaratilgan jamiyat boyliklarini taqsimlashda ishtirok
etuvchilar. Yerga qo‗yilayotgan mutloq mehnat unumdorligi bo‗yicha
aholini 3 asosiy qatlamga ajratishgan: unumdor (sermahsul), hosilsiz va
yer egalari
345
.
Yer ijarasi solig‗i yagona soliqning ilk
soliqlaridan
biri
hisoblanadi.
Jumladan,
fiziokratlar – jamiyatni rivojlantirish qishloq
xo‗jaligi tizimi tarafdorlari sanoat daromadga
sof ustama haq qo‗shmaydi deb hisoblashgan.
Barcha boylik yerda joylashgan va yerdan
paydo bo‗ladi. Shu sababli daromadlarning
yagona manbasi sifatida yer ijarasiga yagona
soliqni belgilash zarur va yer egalarigina bunday soliqni to‗lashlari
kerak degan fikrni ilgari surishgan. O‗z fikrlarini asoslash uchun yagona
soliqqa tortish obyekti bo‗lgan ―erlar umummiyligi‖ g‗oyasi taklif etildi.
Yer Yaratgan tomonidan yaratilgan tuhfadir, u barchaga tegishli bo‗lishi
kerak. Bundan tashqari, barcha boyliklarning paydo bo‗lish va yaratilish
asosi yer deb qaraldi.
Haqiqatda esa yer ayrim toifa zodagonlarga tegishli bo‗lgani bois,
ular boylikning yagona manbaining egalari sifatida yagona soliq
to‗lashlari kerak. XIX asrda ―yagona yer solig‗i‖ni ilgari surgan
345
Майбурд Е.М. ―Введение в историю экономической мысли‖. – М.: ВИТА-ПРЕСС, 1996. – 594-
бет.
304
amerikalik iqtisodchi Genri Jorj (ingl. George Henry, 1839-1897)
soliqqa tortishning mazkur tartibini umumiy boylikni va ijtimoiy
tenglikni ta‘minlash vositasi sifatida baholadi
346
.
Yagona soliq nazariyasi muayyan soliqqa tortish obyektiga nisbatan
yagona, yakka soliqning joriy etilishini yoqlovchi nazariya hisoblanadi.
Soliq solish obyekti quyidagilar bo‗lishi mumkin: yer, mol-mulk,
daromad, kapital, xarajat.
Yagona soliq nazariyasi tarafdorlari sanoatda sof qo‗shimcha
daromad ishlab chiqarilmaydi (yaratilmaydi), shuning uchun sof
daromad yaratiladigan joydagina soliq (yagona) undirilishi kerak, deb
hisoblaydilar.
Yagona soliq nazariyasi soliqlar oxir -
oqibat bir manba-daromaddan to‗lanadi, degan
to‗g‗ri fikrga asoslanadi. Ammo agar shunday
bo‗lsa, unda yagona soliq nazariy jihatdan juda
ko‗p soliqlardan ko‗ra ko‗proq maqsadga
muvofiq, sodda va qisqaroq ko‗rinadi. Yagona
soliq g‗oyasi o‗rta asrlarda paydo bo‗lib,
jamiyatning imtiyozli tabaqalariga soliq yukini
ko‗tarishga jalb etish maqsadida yagona aksiz
solig‗i nazariyasi yaratildi
347
.
Fiziokratlar aslida soliqqa tortishning yagona manbai bo‗lgan
yerdan olingan sof daromad haqidagi ta‘limotiga asoslanib, yer rentasini
soliqqa tortishning yagona obyekti bo‗lishini
talab qildilar. Ushbu yagona va to‗g‗ridan-
to‗g‗ri soliq kadastr asosida aniqlanishi va
yerning unumdorligi bilan mos bo‗lishi kerak.
F.Kenening so‗zlariga ko‗ra, bu soliq yer
346
Barker С.А., George, Henry, International Encyclopedia of the Social Sciences, vol.6, ed. D.L. Sills
(Macmillan Free Press, 1968); R.V. Anderson (ed.), Critics of Henry George (Fairleigh Dickinson
University Press, 1979).
347
Кулишер И.М. Очерки финансовой науки. П. Наука и школа. 1919, с. 147.
305
daromadining 2/7 qismiga yetishi kerak. Boshqa barcha soliqlar yuki
og‗ir bo‗lgan, ular oxir-oqibat yerdan sof daromad yo‗naltiriladi va
shuning uchun bekor qilinishi kerak
348
.
Fransiyada XIX asrning 50-yillarida Jirardin va Menye daromad
solig‗iga qarshi bo‗lgan va sug‗urta uchun mukofot bo‗lgan kapitalga
yagona soliqning davlat tomonidan to‗lanadigan imtiyozlar uchun
imkoniyati, zarurligi va maqsadga muvofiqligi haqida va‘z qildilar. Yer,
buloqlar, uylar va boshqa binolar, avtomobillar, kemalar, hatto ishlab
chiqarish maqsadlariga xizmat qiladigan hayvonlar qiymati, ularning
sotish narxi bilan belgilanadi. Shu tarzda olingan soliq qiymati juda
yuqori (200-300 milliard frank) ediki, uning 1-2 foizi Fransiyada barcha
davlat xarajatlarini qoplash uchun yetarli bo‗ladi
349
.
Kapitalga yagona soliqning ustunligi faqat nazariyada ahamiyatga
ega edi. Amalda esa bu soliq ham daromaddan to‗lanadi, chunki
daromadsiz
mol-mulk
mantiqqa
to‗g‗ri
kelmaydi.
Yagona
soliq
g‗oyasining
nomuvofiqligini isbotlagan P.Prudon yagona
soliq
joriy
etilishini
nomaqbul,
deb
hisoblagan. Uning fikricha, barcha soliqlar
adolatsiz
bo‗lgan. Yagona soliq fiskal
adolatsizliklar
yig‗indisi, mukammal
adolatsiz soliq bo‗lardi. Stavkaning balandligi
eng yaxshi soliqlarni buzadi. Yagona soliq bilan
soliqqa tortishning notekisligi ortadi. Bir
soliqning
kamchiliklari
boshqa
soliqning
afzalliklari bilan qoplab bo‗lmaydi. Soliqdan
kichik daromadlarni ozod qilish yoki juda past
348
Майбурд Е.М. ―Введение в историю экономической мысли‖. – М.: ВИТА-ПРЕСС, 1996. – 594-
бет.
349
Кулишер И.М. Очерки финансовой науки. П.: Наука и школа, 1919, С – 149
306
stavkani belgilash mumkin emas, chunki boylik va boylar kam. Yagona
soliqni tashkil etishning oddiyligi aslida bajarilmaydi. Uning obyektini
aniqlash qiyin bo‗ladi
350
.
Italiyalik moliyachi F.Nitti yagona soliq g‗oyasini amalga oshirib
bo‗lmaydi, deb hisoblardi, chunki uning joriy qilinishi adolat g‗oyasiga
mos keladigan bir xillik va umumiylik (universallik) prinsipini amalga
oshirishga imkon bermaydi
351
.
Kolumbiya universiteti professori E.Seligman to‗g‗ri soliq solishni
rivojlantirish tahlilidan shunday xulosaga keladiki, yaqin kelajakda
yagona daromad solig‗i barcha to‗g‗ri
soliqlarni siqib chiqaradi
352
.
A.Isayev
moliyaviy
qonunchilikka
intilish kerak bo‗lgan yagona daromad solig‗i
g‗oyasini tanqid qiladi. U bu nazariyani
amaliyotga
tatbiq
etish
imkoniyatini
ko‗rmaydi. Uning asosiy dalili shundaki,
―yagona daromad solig‗ini qo‗llash uchun
moliyaviy boshqaruv organlari zarur bo‗lib,
ular ko‗plab fuqarolarning soliq yukini kamaytirish istagiga qarshi
chiqib, to‗lovchilar olgan daromadlarni aniqlaydi. ―Daromadni aniqlash,
bu jarayon texnologiyasi bo‗yicha katta xarajatlarni talab qiladi. Bundan
tashqari, turli manbalardan teng daromadlar, ularni aniqlashning bir va
bir nechta usullarini qo‗llash zaruratini keltirib chiqarar edi. Isayev
xulosa qiladiki, yagona daromad solig‗i faqat fiksiya (mavjud
bo‗lmagan, xayoliy, yolg‗on narsa, uydurma) bo‗lishi mumkin, u tabiiy
ravishda bir qator daromad solig‗i, - yer, uy-joy, tijorat va hokazolarga
bo‗linadi‖
353
.
350
Макконнелл К., Брю С. Экономикс: Принципы, проблемы и политика: В 2 т. М.: Т, 1993. С –
178.
351
Барулин СВ., Солнышкова Ю.Н.. Налогообложение природопользования: Учеб. пособие / СВ.
Барулин, Ю.Н. Солнышкова. - М.: Экономисть, 2008 - 285 с.
352
Гидирим В. А. Основы международного корпоративного налогообложения. Издательство
―Человек слова‖, оформление, М.: 2016. 524 с.
353
Исаев А.А. Очерк теории и политики налогов. – М.: ЮрИнфоР-Пресс, 2004. – С.270.
307
XX asr soliqqa tortish amaliyoti yagona soliq nazariyalarining
nomuvofiqligi va amalsizligini yana bir bor isbotladi, ammo ularning
ta‘sirisiz moliya fanida soliqqa tortishning yanada adolatli yo‗llarini
qidirish bilan bog‗liq tadqiqotlar olib bordi. Progressiv daromad
solig‗ini moliyaviy amaliyotga joriy etish juda qimmatga tushdi.
Bugungi kunda uni tashkil etishning asosiy tamoyillaridan biri bo‗lgan
soliq tizimining soddaligiga erishish maqsadida ko‗plab islohotlar
o‗tkazildi.
Dostları ilə paylaş: |