309
daromadlarning adolatli qayta taqsimlashga
ijobiy ta‘sir ko‗rsatishi orqali asoslashga
urindilar
356
.
Demak,
progressiv
soliqqa
tortish
daromadning (soliq solinadigan bazaning)
oshishiga mos
ravishda soliq stavkalari
oshib boradi. Bunda: 2 turdagi progressiya
(regressiya) mavjud (13.2-rasm):
Oddiy
–
oddiy
progressivlik
(regressivlik) soliq solish obyekti (soliq
solish bazasi) qiymatining bahosi o‗sishida
soliq stavkasini bir maromda ko‗paytiradi (kamaytiradi).
Murakkab – yoki boshqacha aytganda kaskad progressivlik
(regressivlik) soliq solish obyekti (soliq solish bazasi) qiymati bahosini
ma‘lum qismlarga bo‗linishini ko‗zda tutadi, bunda har bir keyingi qismi
yuqori (past) foizli stavkada soliqqa tortiladi.
Progressiv stavkali soliqlarda soliq to‗lovlarining miqdori soliq
to‗lovchining daromadi,
mulki yoki foydasiga
nisbatan ma‘lum bir progressiv holatda bo‗ladi,
ya‘ni bunday stavkalar soliq solish obyekti
(soliq solish bazasi) qiymatining bahosiga o‗sib
boruvchi foizda amal qiladi.
Umuman olganda, foizli (advalor) stavka
bo‗yicha soliqlar – bu soliq solish obyekti
(soliq solish bazasi) qiymatining bahosidan
kelib chiqib, foizda hisoblangan holda stavkasi
belgilanadigan soliqlar. Bunday soliqlar soliq to‗lovchining to‗g‗ridan-
to‗g‗ri daromadi, foydasi, mulki miqdoriga bog‗liq.
Soliqqa tortishning progressiv usulining
aksariyat tarafdorlari uni
ancha adolatliligini ta‘kidlashgan, chunki u tengsizlikni yumshatadi
hamda mulk va daromadning qayta taqsimlanishiga ta‘sir qiladi.
356
Пушкарева В.М. История финансовой мысли и политики налогов: Учеб, пособие. М.: Финансы
и статистика, 2005. – С 118.
310
Kommunistik manifestda (1848) yagona progressiv daromad
solig‗ini e‘lon qilgan K.Marks boshqa barcha soliqlarni almashtirish
imkoniyatini bildirmadi. U bu soliqda faqat kapital va kapitalizmni yo‗q
qilish vositasini ko‗rdi
357
.
XIX asrning ikkinchi yarmida ko‗p mamlakatlar yangi ilmiy
nazariyalarni hayotga
tatbiq etishga uringanlar, lekin faqatgina birinchi
jahon urushidan so‗ng yangi ilmiy qarashlarning samarasi o‗laroq soliq
tamoyillari hozirgi mukammal ko‗rinishga ega bo‗lgan. Ayni shu vaqtda
zamonaviy soliq tizimining poydevori qurila boshlandi, to‗g‗ri
soliqlarning ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berildi hamda byudjet
daromadlari ulushining katta qismini to‗ldiruvchi jismoniy shaxslarning
daromadiga solinadigan soliqlarni progressiv stavkalari joriy etildi.
E.Jerardin soliqlar yordamida iqtisodiyotni boshqarish mexanizmiga
ta‘sir etib, soliqqa tortishning progressiv shkalasini qo‗llash orqali
jamiyat a‘zolarining mulkiy tengsizligini
tugatish mumkinligini
ta‘kidlaydi
358
.
J.Keyns ham soliq stavkalarini progressiv bo‗lishini yoqlagan.
Chunki, progressiv soliq stavkalari ishlab chiqaruvchini kapital
qo‗yilmalarga nisbatan bo‗lgan riskni qabul qilishga va fuqarolarning
jamg‗armalarini iste‘molga yo‗naltirishga rag‗bat beradi, deb
hisoblagan
359
.
M.Bernson, G.Stayn va A.Lafferlar soliq stavkalarini pasaytirish
orqali soliqni progressivligini kamaytirishga erishish, bu esa
korxonalarni kelajakda investitsiya qilishlari uchun jamg‗arma
manbalarini ko‗payishiga olib keladi, deb hisoblashgan
360
.
N.Koldorning
fikricha, iste‘molga soliq progressiv bo‗lishi, shu
bilan birga alohida olingan mahsulotlarga (masalan, kundalik ehtiyoj
molllariga) yetarlicha soliq imtiyozlari berilishi kerak deydi.
Shuningdek, agar kam daromadli aholidan iste‘mol solig‗I olinmasa,
357
Зарубина Н.Н. Социология хозяйственной жизни: Проблемный анализ в глобальной
перспективе. Учебное пособие. Москва. 2004. С – 439 стр.
358
Майбурд Е.М. ―Введение в историю экономической мысли‖. 1996 йил. Москва. ―ДЕЛО‖,
―ВИТА-ПРЕСС‖ нашриѐтлари. 594 C.
359
Кейнс Дж. М. Общая теория занятости, процента и денег. / Пер. с анг. проф. Н. Н. Любимова;
под. ред. д.э.н., проф. Л. П. Куракова. – М.: Гелиос АРВ, 2002. 456 с.
360
Soliq nazariyasi: Oʼquv qoʼllanma / Mual.: А. Joʼraev, O. Meyliev, Gʼ. Safarov. – T.: Toshkent
Moliya instituti, 2004. –166 b.
311
ancha haqqoniy bo‗lgan bo‗lar edi.
Bundan tashqari, jamg‗armalar
soliqqa tortilmasligi kerak, chunki ular kelajakda investitsiya qilish
uchun kerak va iqtisodiyotni o‗sishiga rag‗bat bo‗ladi
361
.
Ta‘kidlash joizki, hozirgi kunga kelib, regressiv soliqqa tortish
nazariyasi ham shakllanib ulgurgan. Regressiv soliq stavkasida soliq
obyektining oshib borishi bilan
soliq stavkasi kamayib borib, daromad
yoki mahsulot ko‗plab ishlab chiqarishni talab qiladi.
Regressiv stavkali soliqlarda soliq to‗lovlarining miqdori soliq
to‗lovchining daromadi, mulki yoki foydasiga nisbatan ma‘lum bir
regressiv holatda bo‗ladi, ya‘ni bunday stavkalar soliq solish obyekti
(soliq solish bazasi) qiymatining bahosiga kamayib boruvchi foizda
amal qiladi.
Dostları ilə paylaş: