84
orasida savodli kishilar kam edi, shuning uchun
ular boshqaruv ishlari
uchun o‗sha davrdagi uyg‗urlarni va boshqa xalqlarning vakillarini faol
ishlatishgan).
1233 yilda mo‗g‗ullar Shimoliy Xitoy poytaxti Kaifengni qamal
qilishdi. Kaifeng zabt etilganidan so‗ng, urush bir muncha vaqt to‗xtadi
va tirik qolgan dehqonlar o‗z uylariga qaytishni boshladilar.
O‗qtoy dehqonchilikni qayta tiklashdan hech qanday foyda ko‗rmas,
―Xitoylardan hech qanday foyda yo‗q‖ degan fikrda edi. ―Qanday qilib
xitoylarni befoyda deb atash mumkin‖, e‘tiroz bildirdi Yelyuy Chutsay.
―Agar
soliqlar adolatli belgilansa, Siz har yili 500 ming liang kumush,
80 ming dona ipak va 400 ming shi don olishingiz mumkin‖ligini
matematik asoslab tushuntirdi. Soliq ma‘muriyatlarini tuzish kerak, dedi
Yelyuy Chutsay xonga.
O‗qtoy otasiga o‗xshagan
shafqatsiz jangchi emas, barqaror, bir
maromda hayot tashkil etish tarafdori edi. Yelyuy Chutsayning so‗zlari
Xonga yoqdi.
O‗qtoy Yelyuy Chutsayni ―buyuk imperiya kotibiyati‖ boshlig‗i etib
tayinladi va unga zabt etilgan ulkan hududlarni boshqarishni o‗rnatishni
buyurdi.
Yelyuy Chutsay dastlab O‗qtoyni soliqlarni to‗g‗ri hisoblash uchun
aholi ro‗yxatini o‗tkazishga ko‗ndirdi. Bu aniq aholini ro‗yxatga olish
emas, aniqrog‗i soliq to‗lovchilarni ro‗yxatga olish edi.
Aholini ro‗yxatga olish ―olov va tutun‖ asosida o‗tkazilganligi
uchun ya‘ni, soliq solish obyekti bitta alohida xo‗jalik edi. Bundan
tashqari, ro‗yxatga olish mo‗g‗ul cho‗llarida ham,
bosib olingan
mamlakatlarda ham o‗tkazildi.