§ 3.6. Maxmud Yalavochning Movaraunnahrda amalga oshirgan
soliq islohotlari
Chingizxon vafotidan so‗ng Chig‗atoyda soliqlar tushumini
muntazam nazorat etish va o‗lkada mo‗g‗ullarga qarshi g‗alayon
bo‗lishini oldini olish mas‘uliyati Maxmud Yalavochga yuklatilgan.
Buning uchun unga 4000 ta askar biriktirilgan. Ko‗pchilik aslzoda
zodagonlar, savdogarlar va islom ulamolari ham o‗z jonlari va qolgan
mol-mulklarini saqlab qolish maqsadida bosqinchilar xizmatiga o‗ta
boshlaganlar.
Oltin O‗rdaga asos solingan. Chig‗atoy ulusini xorazmlik savdogar
Maxmud Yalavoch boshqargan,
keyinchalik u Xitoyga hokim etib
tayinlangan.
89
4-BOB. MO„G„UL ISTILOCHILARI DAVRIDAGI SOLIQLAR
§ 4.1. Mo„g„ullar imperiyasining shakllanishi va davlatning iqtisodiy
tizimi
Tatarlar va kereylar (keraitlar) ustidan g‗alaba qozongan Temuchin
1203-1204 yillarda merkit, nayman, kuralas, ikiras, durban va boshqa
qabilalarni bo‗ysundirib, markazlashgan Mo‗g‗uliston davlatiga asos
soladi.
1206 yil mart oyida O‗non daryosi yaqinida Qurultoy yig‗iladi va u
yerda
Temuchin
buyuk xon etib saylanadi va shundan boshlab u
Chingizxon nomini oladi.
Chingizxon imperiyasi ma‘muriy jihatdan bir necha hududlarga
(uluslarga) bo‗lingan. Ulus o‗z ichiga nafaqat ma‘lum bir yerlar balki
qabilalarni ham qamrab olgan. Mo‗g‗ullar bosib olgan butun hudud
4 ulusga bo‗lingan.
1-ulus. Jo‗chi (Oltin O‗rda) ulusi (hozirgi Qozog‗istonning ma‘lum
bir qismlari va Xorazmning shimoliy qismlari)
2-ulus.
Chig‗atoy ulusi (hozirgi Qozog‗istonning janubi-sharqiy
qismi, O‗rta Osiyo, Mo‗g‗ulistonning g‗arbiy qismi hamda Sharqiy
Turkiston)
3-ulus.
O‗qtoy ulusi (G‗arbiy Mo‗g‗uliston va hozirgi
Qozog‗istonning shimoliy-sharqiy qismlari)
4-ulus. Xulagu ulusi (Xorazmning janubiy qismlari, hozirgi Eron va
Yaqin sharq hududlari)
XII asrlarda uyg‗urlar hozirgi Xitoyning g‗arbiy mintaqasida
yashagan. Uyg‗urlar Buyuk Ipak yo‗lining bir qismiga ega bo‗lgan va
uning hisobiga boylik orttirgan savdogarlar millati edi. Uyg‗urlar
xitoylik savdo sheriklaridan juda norozi edilar.
O‗sha paytda Xitoy hududida Jin va Sui imperiyalarining cheksiz
urushlari o‗n yildan ziyod davom etgan va bundan tashqari, Tangun
90
imperiyasi uyg‗urlarning Xitoy bilan savdo-sotiq ishlarini amalga
oshirishiga to‗sqinlik qilgan.
Chingizxonning ham Tangun imperiyasiga nisbatan g‗azabi bor edi,
chunki bu imperiya mo‗g‗ullar dashtini doimiy ravishda vayron qilib,
aholisini qullikka asir qilib olar edi. Uyg‗urlar va Chingizxon o‗rtasida
shartnoma tuziladi.
Unga ko‗ra mo‗g‗ul qo‗shini Jin va Tangun imperiyalariga qarshi
kurash olib boradi va uyg‗urlar buning uchun mo‗g‗ullarga tariq
(armiyaning asosiy oziq-ovqat mahsuloti) hamda ipak (ofitserlarning ish
haqi) yetkazib berish majburiyatini oladi. Uyg‗urlardan o‗lpon
undirilishi natijasida
mo‗g‗ul qo‗shini xitoyning Jin imperiyasini
mag‗lub qiladi.
Agar savdogarlar tarixiy voqealar oqimiga aralashmaganida
Chingizxon Tangun va Jin imperiyalarini egallab olish bilan cheklanishi
va boshqa ko‗chmanchilar kabi tinchlanishi mumkin edi. Balki shunda
―dengizdan-dengizgacha‖ imperiyasi shakllanmas edi.
Xorazmshox Chingizxon tomonidan Xitoy bosib olinganligini
eshitgach, bu holni tasdiqlash va Chingizxon davlati haqida ma‘lumotlar
olib kelish uchun sayidlar avlodidan bo‗lgan Bahovuddin Roziyni o‗z
elchisi sifatida 1218-yil Chingizxon huzuriga yuboradi.
Chingizxon ham bunga javoban xorazmshoxlar huzuriga o‗z
elchilarini yuboradi. Elchilarga xorazmlik taniqli savdogar Mahmud
Yalavoch (Yalavosh) boshchilik qilgan.
Xorazmshox Sulton Muhammad bu elchilarni 1218 yilda Buxoro
shahrida qabul qiladi. Elchilar Chingizxon Sultonning zafarli
yurishlaridan xabardorligini, uni ―o‗zining ardoqli o‗g‗illari qatorida‖
ko‗rishini
bayon etishadi. Lekin bu aslida qaram qilish yoki o‗z
homiyligiga olish degan ma‘noni anglatar edi.
1219-yili Chingizxon Sulton Muhammadga o‗z minnatdorchiligini
bildirish maqsadida 450 musulmon savdogari, 500 tuyaga ortilgan
qimmatbaho mollardan iborat, savdo va elchilik karvonini yo‗llaydi.
91
Chingizxonnnng Umar Xoja O‗troriy, Jamol Marog‗iy, Faxruddin
Dizakiy (Jizzaxiy) al-Buxoriy, Aminuddin Hiraviy boshchiligidagi
450 kishilik savdo karvoni O‗trorga kelganda, mazkur karvon ahlining
savdogarlar niqobi ostida jo‗natilgan mo‗g‗ul josuslari ekanini
fahmlagan Inolchiq zudlik bilan shu haqda Muhammad Xorazmshohga
xabar
yuboradi. Ammo,
u
Xorazmshohning
maxsus
farmon
yuborilgungacha, karvon ahlini ehtiyotlash zarurligi xususidagi
buyrug‗iga e‘tibor qilmay, ularning deyarli barchasini qatl qilib, mol-
mulklarini musodara etadi. Shunda tasodifan omon qolgan bir mo‗g‗ul
Pekinga qochib borib, Chingizxonni bo‗lgan voqeadan xabardor qiladi.
Chingizxon Xorazmshoh huzuriga Kafraj Bug‗roni 2 mo‗g‗ul
hamrohligida elchi qilib jo‗natib, Inolchiqni ular qo‗liga topshirmoqni
talab qiladi. Lekin, Xorazmshoh Inolchiqning o‗ziga yaqin qarindosh,
jasur sarkarda va qo‗shinning asosiy qismida uning qavmiga mansub
kishilar sarkarda ekanini, onasi Turkanxotun talabi bilan uni Inolchoq
37
jazolanmay qoladi. Bu bilan xorazmshox qo‗pol siyosiy xatoga yo‗l
qo‗yadi.
Chingizxonning bu talabini qat‘iyan rad etadida, Kafraj Bug‗ro
bilan kelgan 2 mo‗g‗ulni qatl ettiradi (Ibn al-Asir
38
ning yozishicha, faqat
elchi o‗ldirilib, uning hamroxlari soqollari qirqib tashlangan holda
qo‗yib yuborilgan). Aynan shu voqea Chingizxonning Xorazm davlati
ustiga qo‗shin tortish kelishiga bahona bo‗ladi.
Bu voqealardan so‗ng Inolchiq mo‗g‗ullar bilan bo‗lishi muqarrar
jangga hozirlik ko‗rib, 20 ming kishilik qo‗shin to‗playdi, Xorazmshoh
unga 10 ming askarni madadga yuboradi. 1219 yilda Chingizxon 100
mingdan ortiq askar bilan O‗trorni qamal qiladi. Inolchiq 5 oylik qamal
37
INOLChIQ, Inolchuq (7-1220, Samarkand) - Oʼtror hokimi (1210-1220), Muhammad Xorazmshohning
yirik sarkardalaridan, Turkon xotunning amakivachchasi.
https://qomus.info/encyclopedia/cat-i/inolchiq-uz/
38
IBN al-АSIR Izzuddin Аbulhasan Аli (1160, Jazirat ibn Umar, Suriya - 1234, Mosul) - arab tarixchisi.
Iroqning Mosul va Bagʼdod sh. lari madrasalarida tahsil koʼrgan. Eng yirik va muhim asari – ―Аlkomil
fittaʼrix‖ (Tarix boʼyicha mukammal asar‖) boʼlib, u 12 jilddan iborat. Unda Huroson va
Movarounnahrning 12-a. va 13-a. iing 1-choragidagi tarixi yilma-yil bayon qilingan. Аsarning soʼnggi
jildlari moʼgʼullar istilosiga bagʼishlangan. https://qomus.info/encyclopedia/cat-i/ibn-al-asir-uz/
92
davomida o‗z qo‗shini va shahar aholisi bilan birgalikda mo‗g‗ullarga
qattiq qarshilik ko‗rsatib, ulardan bir necha minggini halok etadi.
Ammo, suv va yegulik tanqisligi, kuchlarning teng emasligi oqibatida
mudofaachilar holdan ketib, mo‗g‗ullar shaharga kirishga muvaffaq
bo‗ladi.
Ikki o‗rtada shiddatli jang bo‗lib,
Inolchiq qo‗shini yengiladi. Otisha-
otisha bir dona ham o‗qi qolmagan
Inolchiq,
vayron
bo‗lgan
qal‘a
g‗ishtlari bilan bir qancha mo‗g‗ullarni
urib
o‗ldiradi. Oxiri,
mo‗g‗ullar
ko‗pchilik
bo‗lib
uning
ustiga
tashlanadida, qo‗l-oyoqlarini bog‗lab
Samarqandga
-
Chingizxonning
huzuriga olib boradi. Chingizxon uning ko‗zu quloqlariga kumush eritib
quyishni amr qiladi.
Shu sababli, bor-yo‗g‗i to‗rt yil ichida Chingizxon o‗sha paytdagi
Mo‗g‗uliston hududidan bir necha baravar katta bo‗lgan Osiyodagi eng
yirik davlat bo‗lgan Xorazmni zabt etadi.
Mo‗g‗ul imperiyasining siyosatida asosiy yondashuv shunda
bo‗lganki, davlat hududida bo‗lgan hamma narsa hoqonning mulki
hisoblangan va uni o‗zi boshqargan. Bu haqida Chingizxon kelini
Sorkuktani-begi
(Chingizxon o‗g‗li Tuli Xulaguning xotini) bayonotida
ham aks ettirilgan: ―Biz ham oxir-oqibat hoqonga tegishlimiz, u
hukmdor. U nimani to‗g‗ri deb bilsa, shuni buyuradi‖.
Plano Karpini
39
xonning ulkan qudrati haqida shunday yozgan edi:
―Hamma narsa imperator qo‗lida. Ya‘ni, odamlarning o‗zlari, ularning
mol-mulk, hayvonlari ... Bir so‗z bilan aytganda, imperator va uning
39
KАRPINI Jovanni da Plano (1182-1252) - italiyalik sayyoh va rohib. Moʼgʼullarning gʼarbga qilgan
istilosidan soʼng Rim papasi Innokentiy IV tomonidan (1245 y. gi Lion sobori topshirigʼiga koʼra),
josuslik maqsadida yuborilgan elchilarga bosh boʼlgan. Liondan safarga chiqib, Jan. Rossiya, Xorazm,
Yettisuv, Tarbagʼatoy orqali qoon oʼrdasiga, Qoraqurumga kelgan. Bu yerda u moʼgʼul zodagonlarining
buyuk qoon saylash marosimi - qurultoyida qatnashadi va Oʼqtoyxonning oʼgʼli Guyukxonnm taxtga
oʼtirish marosimida qatnashgan.
93
amaldorlari barcha narsani o‗z mulklariday nimani va qancha miqdorda
xohlasalar olib qo‗yadilar. Xuddi shunday, istaklari bo‗lsa har narsani
yo‗q qilishlari mumkin‖.
O‗qtoy taxtga o‗tirganda imperiya tarkibiga Shimoliy Xitoy,
Sharqiy Turkiston, Eron va Kavkaz hududlarining asosiy qismi kirgan.
Zabt etilgan hududlar to‗g‗ridan-to‗g‗ri xon O‗qtoy tomonidan
boshqarilgan. Mamlakatlarning ma‘muriy-hududiy rahbarlari, harbiy
qo‗mondonlar, tamg‗achilar, davlat bojlari palatasi boshliqlari ham
imperator tomonidan tayinlangan. Mahalliy feodallar mo‗g‗ullarning
soliq xizmati maxsus vakillari - baskaklar nazorati ostida bo‗lgan.
Xitoyda 10 ta hududga bo‗lingan soliq yig‗ish punktlari tashkil
etilib, ularning har biriga 2 ta mansabdor shaxs tayinlangan. Xitoyda
tuman, viloyat va okruglarda don va pul yig‗ish uchun maxsus xazina
palatalari tuzilgan. Bu palatalar tovarlarni natura shaklida yetkazib
berish va hisobga olishni birlashtirish maqsadida yaratilgan.
Soliq tushumlarini hisoblash uchun Shimoliy Xitoy, Armaniston,
Gruziya va Eronda aholini ro‗yxatga olish o‗tkazilgan.
1236 yili Shimoliy Xitoyda aholining ro‗yxatga olinishi natijasida
soliqqa tortiladigan 1040 ming oila (uy) mavjud ekanligi aniqlangan
40
.
Chingizxon davrida Mo‗g‗uliston davlatida pul birligini balish -
oltin va kumush tashkil etgan. Fors tarixchisi Vassafning yozishicha,
balishning og‗irligi taxminan 2,25 kg bo‗lgan. Oltin balish 2000 dinorga,
kumush balish esa 10 dinor teng edi.
1271
yili
mo‗g‗ullarning
madaniylashgan
o‗troq
hayot
tarafdorlaridan Ma‘sudbek Talas qurultoyi qarorlariga tayanib yangi pul
(moliyaviy) islohot o‗tkazishga kirishadi. Unga ko‗ra har qanday shaxs
o‗ziga kerakli tangalarni zarbxonalarga olib borib, ularni xohlagan
tarzda, lekin bir xil hajm, qiymat va vaznda zarb etishi mumkin edi.
Avval boshida qiyinchilik bilan kechgan bu jarayon XIII asrning 80-
yillariga kelgandagina faollasha bordi. Tez orada 16 ta yirik shahar va
40
BIChURIN Nikita Yakovlevich (Iakinf) (1777—1853) — xitoyshunos. Uning ilmiy ishlari moʼgʼul va
turkiyzabon xalklar tarixi, geografiyasi va etnografiyasiga oid. Uning Turon xalqlari tarixiga
bagʼishlangan ―Qadimgi davrda Oʼrta Osiyoda yashagan xalklar haqida maʼlumotlar toʼplami‖ nomli uch
qismdan iborat asari katta ilmiy qimmatga ega. https://qomus.info/encyclopedia/cat-b/bichurin-uz/
94
viloyatlarda bir xil vazn va qiymatga ega sof kumush tangalar zarb
etilib, muomalaga kiritildi.
Garchi bunday islohotlarga qarshi bo‗lgan mo‗g‗ul harbiylari
Erondan yoki Yettisuvdan turib Movarounnaxrga vayronagarchilik
keltirib chiqaruvchi bosqinlarni amalga oshirib tursalarda, lekin
islohotlar borishiga to‗sqinlik qila olmadilar.
1286 yili mo‗g‗ullar (O‗qtoy) davlatida 10 ming mayda quyma
tangalar (ya‘ni, 50 ming unsiya kumush) o‗rniga qog‗oz pullar
muomalaga kiritildi.
Rubrukning yozishicha Pulning birligi szyao-chao
deb nomlangan
va pul birliklari to‗g‗risida tartib e‘lon qilingan. Mazkur qog‗oz pul
kengligi va uzunligi odamning kaftiday keladigan paxta qog‗ozidan
bo‗lgan
41
.
XIII asrda Osiyo va Yevropa mamlakatlari hali qog‗oz banknotalar
haqida bilishmagan. Marko Polo bunday banknotalar haqida batafsil
ma‘lumot beradi: ―Kanbaluda buyuk xonning zarbxonasi bo‗lgan. Bu
pullarning ko‗pi uning buyrug‗i bilan qilinganki, ular bilan dunyodagi
barcha boyliklarni sotib olish mumkin. Agar qog‗oz pul ishlatilish
jarayonida yirtilsa yoki unga qandaydir zarar yetkazilsa uni zarbxonaga
keltiradilar va 3 foiz kamaytirish hisobiga yangisiga almashtiradilar.
Agar kimdir tilla yoki kumush olishni istasa qog‗oz pullar bilan
zarbxonaga kelib tilla yoki kumush sotib olish imkoni bo‗lgan.
Dostları ilə paylaş: |