299
iqtisodchisi Yanjul Ivan Ivanovichning xizmatlarini alohida ta‘kidlab
o‗tish mumkin.
XIX asrda olimlar soliqlarning mohiyatini ko‗rib chiqishni davom
ettirdilar, ammo qarashlar birligi yo‗q edi. Ba‘zilar soliqlarni bevosita va
bilvosita ajartish uchun asos sifatida soliq to‗lovchining to‗lov
qobiliyatining belgisi, deb hisoblashgan. Misol
uchun bevosita soliqlar
mavjud bo‗lgan narsadan olinadi, bilvosita soliqlar esa harakatlardan
olinadi, deb ta‘kidlangan. Boshqalar birinchi navbatda soliqlarning
o‗tkaziluvchanligi belgisini asos sifatida qo‗yadilar. Masalan, bevosita
soliqlarning yuki to‗g‗ridan-to‗g‗ri soliq to‗lovchilarga tushadi,
to‗lovchi va soliq yukini tashuvchi (ko‗taruvchi) bir xil shaxs bo‗ladi.
Bilvosita soliqlarda tovarlarni sotishda ularning narxlariga qo‗shish
orqali iste‘molchiga muvaffaqiyatli o‗tkaziladi, to‗lovchi va soliq yukini
tashuvchi (ko‗taruvchi) farq qiladi.
Yana boshqalar soliq solish
predmetini farqlovchi xususiyat deb hisoblaganlar, misol uchun bevosita
soliqlar daromad yoki mol-mulkka egalik qilish va (yoki) sotib olishdan,
bilvosita soliqlar esa iste‘moldan undiriladi, deb hisoblashgan.
Aksariyat olimlar soliqning shaxs yoki obyekti bilan bog‗lashgan.
To‗g‗ri soliqlar to‗lovchining shaxsi bilan, egri soliqlar soliq solish
obyekti bilan bog‗liq, deb hisoblangan. Ko‗p sonli tushunchalarga
qaramay, asosiy tushuncha ushbu soliqlarning o‗tkazuvchanligi asosida
bo‗linishi bo‗lib
qolmoqda, chunki u ushbu soliqlardagi farqlarning
mohiyatini eng ko‗p ochib beradi.
Shunday qilib, XIX asr oxirida bevosita va bilvosita soliqlar
o‗rtasidagi maqbul nisbat bo‗yicha barcha nizolar bevosita soliqqa
tortish tenglashtirish maqsadlari uchun, bilvosita
soliqqa tortish esa
fiskal maqsadlar uchun mo‗ljallanishi nuqtai nazaridan ularning
o‗rtasidagi muvozanatni saqlash zarur, degan xulosaga kelingan.
XX asrning boshlarida qilingan asosiy xulosa shundan iboratki,
soliqlarni to‗g‗ri va egriga ajratish asosan shartli, ammo buni inkor etish
maqsadga muvofiq emas, sababi aksariyat holatlarda tub farqlar saqlanib
300
qolmoqda. Natijada, bevosita va bilvosita soliqqa tortishning maqbul
nisbati masalasi eng mushkul masalalardan biri hisoblanadi.
I.I.Yanjul
bilvosita
soliqqa
tortishning oltita qoidasini
341
o‗z davrida
ishlab chiqqan bo‗lib,
ushbu qoidalar
hozirgi
kunda
ham
ahamiyatini
yo‗qotmagan:
1.
Bilvosita soliqqa asosan zaruriyati
jihatdan ikkinchi darajali predmetlar
tortilishi
kerak.
Ko‗pchilik holatda
mahsulotning
birinchi
zaruriy
yoki
ikkinchi
darajali
zaruriy
ekanligini
aniqlashda qiyinchiliklar yuzaga keladi, ushbu holatda yagona mezon
sifatida mahsulotning keng tarqalganligini inobatga olinishi kerak.
Mahsulot qanchalik iste‘molda ko‗p
foydalanilsa, shunchalik zaruriy
mahsulot va shunga mos ravishda kam bilvosita soliqqa tortilishi zarur.
2.
Bilvosita soliqlar soni juda ko‗p bo‗lmasligi lozim, aks holda ular
mamlakatning ishlab chiqarish kuchlari va sanoatining rivojlanishini
cheklab qo‗yishi mumkin.
3.
Bilvosita soliqlar uni aniqlash imkoniyati mavjud soliq obyektlari
va muddatlariga ega bo‗lishi lozim. Soliq iste‘molchi qo‗liga o‗tishiga
qadar tovar qiymatiga qo‗shilgan bo‗lishi kerak. O‗z navbatida bilvosita
soliqqa tortishda ikki usuldan biri foydalanish maqsadga muvofiq:
birinchidan, soliq ishlab chiqaruvchi tomonidan oldindan to‗langan
bo‗lishi; ikkinchidan soliq sotuvchi tomonidan to‗lig‗icha to‗lanishi.
Birinchi usul nisbatan qulay, chunki iste‘molchilarga nisbatan ishlab
chiqaruvchilar sonining kamligi soliq ma‘murchiligini yengillashtiradi.
Ikkinchi
usulning afzalligi shundaki, bunda soliqni to‗lash muddati
iste‘mol qilish davriga yaqin turadi, bunda foiz miqdorining obyektiv
tarzda past bo‗lishi tufayli uni (soliqni) to‗lash og‗irligi ishlab
341
Янжул И.И. Основные начала финансовой науки: Учение о государственных доходах. – М:
―Статут‖ (в серии ―Золотые страницы финансового права России‖), 2002, том 3. С. 401-404.
301
chiqaruvchiga sezilmaydi. Bundan xulosa chiqarish mumkinki, xonadon
xo‗jaligi ichida ishlab chiqarilgan va iste‘mol
qilingan mahsulotlarni
bilvosita soliqqa tortishga yo‗l qo‗yib bo‗lmaydi.
4.
Agar soliqqa tortiladigan tovar sifat va narxi bo‗yicha farq qilsa,
bilvosita soliqlar stavkalari tabaqalashtirilgan progressiv tartibda
qo‗llanilishi zarur. Masalan, sigaretlar narxidan kelib chiqib maxorka
yoki papirosga nisbatan yuqoriroq foizlarda soliqqa tortilishi kerak.
5.
Stavkalarning
miqdori
soliqqa
tortiladigan
mahsulotning
xarakteriga va uning iste‘mol darajasiga mos kelishi kerak. Bunda
stavkalar bilvosita soliq bo‗yicha tushumlarga salbiy ta‘sir etmasligi
zarur, ya‘ni
stavkalar, iste‘molning haddan ziyod kamayishi natijasida
bilvosita soliq tushumlari pasayishi mumkin bo‗lgan, me‘yordan oshib
ketmaslik kerak.
6.
Mamlakatda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni bilvosita soliqqa
tortish jarayonlari import qilinadigan tovarlarga nisbatan o‗rnatiladigan
bojxona bojlari bilan izchillikda amalga oshirilishi lozim
342
.
Dostları ilə paylaş: