Amaliyotda elektr zanjirlari asosan rqarshilikli, L induktiv cho’lg’amli va S sig’imli uchastkalarni bir–biriga ulanishi orqali hosil qilinadi. Oxirgi ikki kattalik X reaktiv qarshilikni beradi. Zanjir uchaskalarini ketma–ket ulashda (1–rasm) butun zanjir zajimlaridagi kuchlanish harbir alohida uchastkalaridagi kuchlanishlar pasayishlarining yig’indisiga teng bo’ladi:
(1)
Sinusoidal jarayonlarda, kompleks uslubdan foydalanib va tok zanjirining barcha uchastkalarida bir xil ekanligi uchun yozish mumkin:
(2)
bu erda:
Zk q rk Q j x k (3)
(4.5.3) formula k - uchastkaning kompleks qarshiligini aniqlash formulasi deb ataladi. Ketma–ket ulanishda butun zanjirning kompleks qarshiligi harbir uchastka kompleks qarshiliklarining algebraik yig’indisiga teng:
4.5.1–rasm
(4)
Z ni bila turib berilgan kompleks kuchlanishdagi kompleks tokni aniqlash mumkin.
1 –rasmda qarshilik o’zining ikkita tashkil etuvchisiga ega: aktiv va reaktiv qo’yidagi tengliklardan:
(5)
kelib chiqadiki, ketma–ket ulangan alohida uchastkalarning ham aktiv, ham reaktiv qarshiliklarining algebraik yig’indilari hisoblanib chiqishi lozim.
Aktiv Rva reaktiv Q quvvatlarni hisoblash uchun qo’yidagi formulalardan foydalanamiz:
(6)
(7)
Ta’rif: Butun zanjirlarning aktiv va reaktiv quvvatlari zanjirning barcha alohida uchastkalarining aktiv va reaktiv quvvatlarining algebraik yig’indisiga tengdir.
2. Parallel ulangan zanjirlarni hisoblash. 2–rasmda uchastkalari parallel ulangan zanjir sxemasi keltirilgan. Ushbu holatda zanjirga kirish nuqtasidagi umumiy tok qiymati alohida uchastkalardagi toklarning yig’indisiga tengdir:
2 –rasm
Kompleks uslubdan foydalanib va barcha uchastkalardagi kuchlanishlarning bir xil ekanligini nazarda tutib yozamiz:
(.9)
bu erda:
Uk q gk – j bk (10)
(10) formula uchastkalari parallel ulangan zanjir k – uchastkasining kompleks o’tkazuvchanligi formulasi hisoblanadi.
Parallel ulanishda butun zanjirning kompleks o’tkazuvchanligi zanjir alohida uchastkalari kompleks o’tkazuvchanliklarining algebraik yig’indisiga teng:
(11)
Uni bila turib, berilgan kuchlanish uchun tokning kompleks qiymatini aniqlash mumkin. Qo’yidagi
(12)
tengliklardan uchastkalari parallel ulangan zanjirlar uchun alohida uchastkalar aktiv va reaktiv o’tkazuvchanliklarining algebraik yig’indilari alohida hisoblanishi lozimligi kelib chiqadi.
Aktiv va reaktiv Q quvvatlarni hisoblash uchun qo’yidagi formulalardan foydalanamiz:
P q U2 g q U2 gk q U2 gk q Pk (13)
Q q U2 b q U2 bk q U2 bk q Qk (14)
Ta’rif: Butun zanjirning aktiv va reaktiv quvvati ushbu zanjir parallel ulangan alohida uchastkalarining aktiv va reaktiv quvvatlarining algebraik yig’indisiga tengdir.