Collection b



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/126
tarix15.08.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#139448
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   126
VOL 2.5 2023 B

MAY 
2023
ISSN: 2181-3558
 
71 
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
turdagi maqsadli jismoniy tarbiya dasturlarini har bir talabaning ehtiyojlarini 
maksimal qondirishga, ta'lim oluvchilarning jismoniy rivojlanish va tayyorgarlik 
darajasini imkon qadar to'liq hisobga olishga qayta yo'naltirish hisoblanadi. 
Afsuski sport o'yinlari, xususan voleybol sport turi keng rivojlangan bo'lsada 
xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishilayotgani yo'q. Voleybol o'quv fani 
sifatida barcha ta'lim muassasalari o'quv rejasiga kiritilgan, darsdan va ishdan 
tashqari vaqtlarda faoliyat ko'rsatadigan sport to'garaklari, bolalar va sport 
maktablarida o'quv-trenirovka jarayonlari o'tkazilib kelinmoqda. 
Sport malakalariga dastlabki o'rgatish jarayoni ko'p yillik sport tayyorgarligi 
tizimining poydevori bo'lib hisoblanadi. Dastlabki o'rgatish o'z tashkiliy, uslubiy, 
ilmiy va moddiy-texnika nuqtayi nazaridan qanchalik puxta asoslangan bo'lsa, 
sifatli bo'lsa, shunchalik sport o'rinbosarlarini tayyorlash yo'li qisqaroq va osonroq 
bo'ladi. Ammo bu, albatta, mutaxassisning bilimiga, kasbiy ko'nikma va 
malakalariga bevosita bog'liq bo'ladi. Shuning uchun mutaxassislarni tayyorlashga 
mo'ljallangan o'quv dasturining eng e'tiborli va asosiy bo'limlaridan biri 
boshlang'ich o'rgatish uslubiyati (texnologiyasi) bo'lib hisoblanadi. 
Musobaqa jarayonida samarali natijaga erishishning asosiy omillaridan biri bu 
voleybolchining texnik tayyorgarligi, texnik mahorati takomillashgan darajada 
bo'lishidir. Demak, o'rgatish jarayonining dastlabki va asosiy maqsadi bu o'yin 
texnikasini mukammal o'zlash-tirishdir. 
ADABIYOTLAR TAHLILI 
Hozirga qadar oliy o'quv yurti jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va 
amaliyoti muammolariga bag'ishlangan bir qator ilmiy tadqiqotlar bajarilgan bo'lib, 
ularda oliy o'quv yurtlari sport takamillashuvi guruhlarida sport o'yinlaridan 
foydalanishning tabaqalashtirilgan uslubiyati masalalari yoritib berilgan. 
L.R.Ayrapetyans, M.A.Godik, 1991; Yu.D.Jeleznyak, 1994; M.C.Axmatov,2004. 
Bundan tashqari V.A.Kobzev, 1996; N.A.Anashkina, 1998; A.Zelenskiy, 1998; 
V.P.Guba, 2000 va boshqalarning ilmiy ishlarida talaba yoshlar jismoniy tarbiya 
jarayonini tashkil qilishda tabaqalashtirilgan yondashuvdan foydalanishning ilmiy-
nazariy va amaliy asoslari hamda uslublari bayon qiligan. Harakat va o'yin 
malakalari - to'pni uzatish, qabul qilish (himoya), to'pni o'yinga kiritish, zarba 
berish, to'siq qo'yish belgilangan bosqichlarda, ma'lum uslublar va vositalar 
yordamida o'zlashtiriladi va takomillash-tiriladi. Mazkur jarayon pedagogik, 
biopsixologik va biomexanik qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi. 
TADQIQOT METODOLOGIYA 
O'rgatish jarayoni - bu pedagogik jarayon bo'lib, murabbiy-o'qituvchidan 
katta mahorat, kasbiy tayyorgarlikni talab qiladi. Lekin shunday bo'lsada, harakatni 
(o'yin malakasini) ijro etish texnikasiga o'rgatish boshqa ahamiyatli sabablarga 
ham bog'liqdir. Jumladan bolaning faolligi, mashg'ulotlarning soni, sifati, davom 
etish muddati, yordamchi texnik uskunalar, mashg'ulot o'tkaziladigan joyning 
shart-sharoitlari, bolaning qiziqishi, harakat boyligi, tajribasi va hokazo. Shuni ham 
aytish zarurki, harakat texnikasini o'zlashtirish muddati bolaning oilaviy sharoitiga, 
uning ijtimoiy va iqtisodiy imkoniyatiga hamda ruhiy holatiga ham bog'liqdir. 



Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin