Collection b



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/126
tarix15.08.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#139448
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   126
VOL 2.5 2023 B

MAY 
2023
ISSN: 2181-3558
 
68 
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
qo'shimcha mashqlar orqali rivojlantiriladi. Basketbol o'yinida hujum va himoyada 
individual, guruh, jamoaviy harakatlardan iborat. Markaziy o'yinchi juda ham 
baland bo'lib, u koptokni birinchi irg'itilgandayoq jamoadoshlariga uzatishni bilishi 
kerak. U jamoaga shunday yordam berishi kerakki, ya'ni koptok noaniq 
irg'itilgandan keyin xalqaga urilib qaytganida ham uni o'z nazar doirasida tutishi 
kerak. Shuningdek, markaziy ikki o'yinchi dastlabki bahs to'pni tashlayotganda 
jarima to'pi otilgandan so'ng to'pni o'zida olib qolish uchun bahs olib boradi. 
Oldidagi o'yinni boshqaruvchini ikki yonida yon o'yinchilar hujum uchun ikki 
yonni egallaydilar. Bu o'yinchilar yuqori yon o'yinchilar (KRAY) deb yuritiladi. 
Bu o'yinchilarning vazifasi o'yinni boshqarayotgan o'yinchiga yordam berish 
hamda hujumda o'rta maydondan, uch ochkoli zonadan to'pni otishlari va tezlik 
bilan ikki qadam qilib hujum uyushtirishlari lozim. Agarda raqib to'pi omadsiz 
yakunlanib, o'z jamoasi tomonidan egallangan bo'lsa, ikki yon tomondagi kray 
o'yinchilar o'z tomoniga tezlik bilan yugurib, shitga to'pni tashlashi va hujumda 
ko'proq uyushtirishi talab qilinadi. Basketbolda o'yinni boshqaruvchining vazifasi 
quyidacha: ushbu vazifani bajaruvchi o'yinchi to'pni muntazam olib yurish, zonaga 
kirib borish, hujum uyushtirishni tashkil qilish, o'yinda boshqaruvchilik, o'z 
jamoadoshlari bilan birgalikda hujumni uyushtirgan holda ochiq turgan 
jamoadoshiga to'pni oshirish va hujum qilish hisoblanadi. Asosan, razvadayushiy 
yuqori markazda o'ynab, boshqarish ishlarini bajaradi. Hujum jamoani asosiy va 
hal qiluvchi funksiyasi bo'lib, uni taktik jihatdan puxta rejalashtirish, tashkil qilish 
va amalga oshirish har bir hujum harakatini hamda butun o'yin jarayonini foydali 
natija bilan yakunlash uchun imkon yaratadi. Bu holat ko'proq boshqaruvchining 
zimmasida bo'ladi. Hujum taktikasi qanchalik serqirra bo'lsa, taktik psixousullar 
hajmi ko'p bo'lsa, taktik bilim va ko'nikmalar doirasi keng bo'lsa, qulay va foyda 
keltiruvchi usullarni tanlash hamda ularni qo'llash imkoniyati shunchalik samarali 
kechadi. 
MAVZUGA OID ADAB TAHLIL
Hujum taktikasi individual, guruhli va jamoa harakatlaridan iborat bo'ladi. 
Psixologiyada individual yondashish yosh sportchining eng muhim omili 
hisoblanadi. Individual harakatlarga asosan har bir o'yinchi maydonda kechayotgan 
vaziyatni bilishi, uni o'z vaqtida payqashi va jamoa oldiga qo'yilgan taktik vazifa 
doirasida foydali natija keltiruvchi shaxsi (individual) harakat qobiliyatini 
namoyish etishi lozim. 
Temperament - bu odam tug'ilganda qabul qilingan narsadir. Xususiyatlar, 
xulqatvor motivlari va genetik xususiyatlarga ega bo'lgan ko'nikmalar hisoblanadi. 
Inson xarakteri tajriba bilan rivojlanadi. Temperament tipini aniqlash asosida 
bolaga mashg'ulot jarayonini to'g'ri tushuntirish, mashg'ulot o'tish bilan yosh 
sportchi to'g'ri eshitadi, tushunadi va tez o'zlashtira oladi. Temperament tipini 
aniqlash usullari hozirgi zamonda juda ko'p. Eng keng tarqalgan mashhur usul 
Eyzenkning temperament diagnostikasi usuli. Temperament odamning tevarak 
atrofidagi voqealarga munosabati va hissiyotning ayrim xususiyatlarini belgilab 
beradi. Temperament ong, xotira, aqlzakovat va qobiliyatni aks ettirmaydi. Shu 



Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin