142
Sulfat kislotaning troposferadagi aerozol shakli stratosferadagi aerosol shaklidan
farqli ravishda atmosferada bir necha sutka davomida saqlanishi mumkin – ular
yomg‘irlar shaklida yog‘ishi yoki qattiq cho‘kindi qatlamini hosil qilishi mumkin.
Troposferada kislotali ifloslanishning neytrallanishi asosan ishqoriy va
ishqoriy-yer tabiatga ega changsimon zarrachalar orqali amalga oshadi.
Chang va aerozollar metall va silikatli qoplamalarda sodir bo‘ladigan
korrozion jarayonlarda muhim rol o‘ynaydi, ular silliq
qoplamalarda qatlamlar
hosil qiladi. Chang gigroskopik moddalar tutib, ularga
birinchi navbatda sulfatlar
va xloridlar kiradi. Changning nam qavatida SO
2
va
HCl kabi kislotali gazlar
eriydi. Oltingugurt (IV) oksidi suv bilan reaksiyaga kirishib sulfit kislota hosil
qiladi:
SO
2
+ N
2
O →H
2
SO
3
Sulfit kislota turli og‘ir metallari birikmalarining yoki fotokimyoviy yo‘l bilan
hosil bo‘lgan OH
∙
radikallarining katalitik ta‘siri ostida sulfat kislotaga aylanadi:
SO
2
+2OH·→ H
2
SO
4
Troposferada hosil bo‘luvchi sulfat anionlar sulfokislotali aerozollar
ishtirokida hosil bo‘ladi:
HSO
3-
+O
3
→ SO
4
2-
+ H
+
+O
2
HSO
3-
+H
2
O
2
→ SO
4
2-
+ H
+
+H
2
O
Bu moddalar metall qoplamalar yuzasida to‘planadi.
Shuning uchun yirik
shaharlardagi ochiq yuzalarda sulfatli qoplamalar hosil bo‘lishi xususiyatlidir.
Chang va aerozollar qoldiqlari bilan tutib qolingan sulfat kislota tosh,
shisha va
metallarning kuchli korroziyasini keltirib chiqaradi.
Qattiq noorganik materiallar yuzasida hosil bo‘uvchi yemiruvchi reaksion
muhitga ega bo‘lgan chang va aerozollar inson organizmiga ham ziyon yetkazishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: