D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev


VI.3. Atmosferadagi zaharlovchi toksik moddalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

VI.3. Atmosferadagi zaharlovchi toksik moddalar 
Ma‘lumki, kimyo sanoati korxonalarida turli kimyoviy moddalar ya‘ni, 
kislotalar, ishqorlar, tuzlar, mineral o‘g‘itlar, polimerlar, sintetik tolalar va boshqa 
mahsulot turlari ishlab chiqariladi. Kimyo sanoati ishlab chiqaradigan mahsulotiga, 
foydalanadigan xom ashyosiga, shuningdek, texnologik jarayonlariga qarab bir 
necha tarmoqqa bo‘linadi. Kimyo sanoatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, shu 
sohaga taalluqli korxonalar bir-birlariga uzviy bog‘liq holda faoliyat yuritadilar. 
Ularning ishlatadigan xom ashyolari ham ko‘pincha mazkur korxonalar tomonidan 
ishlatiladi. Bunda xom ashyodan kompleks foydalanish, yani bir korxona faoliyati 
natijasida hosil bo‘lgan oraliq mahsulotdan boshqa korxona foydalanishi mumkin 
bo‘ladi. 
Kimyo sanoatining rivojlanishi bilan xalq iste‘moli mollari ishlab chiqarish 
ham sezilarli o‘sdi. Bu o‘z-o‘zidan aholi turmush farovonligining yuksalishiga olib 
keldi, ammo masalaning boshqa bir jihati ham borki bu hammani tashvishga 
solmoqda. Kimyo sanoatining rivojlanishi, kimyoviy moddalardan keng 
foydalanish, sanoat chiqindilari, kimyoviy ishlab chiqarish chiqitlarining ko‘payib 
ketishi tabiiy muhitning zaharlanish darajasining yuqori bo‘lishiga olib keldi. 
Biroq, jamiyat taraqqiyotini, inson ehtiyojlari muammosini hal etishni kimyo 


149 
fanisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, shuningdek, xo‘jalik faoliyatida kimyoviy 
birikmalardan foydalanishdan voz kechib bo‘lmaydi. Demak, barcha diqqat 
e‘tiborni ularni ishlab chiqarish me‘yoriga, tartib qoidalariga va ulardan ekologik 
hamda ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda oqilona foydalanishimizga 
qaratishimiz zarur bo‘ladi. 
Shuning uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan zaharli 
kimyoviy moddalarning ruxsat etilgan me‘yoriy miqdorlari ishlab chiqilgan. 
Zaharli kimyoviy moddalarni keng ko‘lamda qo‘llash, gigiyena fani zimmasiga 
ko‘p muammolarni yechish masalasini qo‘yadi. Zaharli kimyoviy moddalar o‘z 
nomi bilan zahardir. Mazkur moddalarning ta‘siri faqatgini hayvonlar, hasharotlar 
yoki o‘simliklar uchun xavfli bo‘lmay, balki inson uchun ham zararlidir. Zaharli 
kimyoviy moddalar bilan tashqi muhitning ifloslanishi, o‘z navbatida aholi 
sog‘lig‘iga va barcha jonivorlarga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi, shuning uchun ham 
zaharli kimyoviy moddalarni xalq xo‘jaligida ko‘plab ishlatishning zararli 
oqibatlarini oldini olish kerak, shuningdek, atmosfera havosini, suv va tuproqni 
korxonalarning chiqindilari, hamda oqava suvlaridan asrash yo‘llarini o‘ylab 
topish dolzarb muammolardan hisoblanadi. Zaharli kimyoviy moddalarga 
sanitariya-gigiyena jihatidan baho berishga aloqador masalalar Respublika 
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan boshqarib turiladi. 
Sog‘liqni saqlash vazirligining talabiga ko‘ra, kimyoviy zaharli 
moddalarning toksikologik ta‘siri o‘rganilmasdan, xorijdan olib kelinadigan 
kimyoviy moddalar har taraflama mukammal tekshirilmasdan ishlatishga ruxsat 
etilmaydi. Hayotga, qishloq xo‘jaligiga tadbiq etiladigan har bir kimyoviy modda 
uchun maxsus hujjat, uslubiy ko‘rsatmalar, ulardan foydalanish yo‘riqnomalari, 
me‘yori, favqulodda zaharlanganda qo‘llaniladigan birinchi tibbiy yordam 
haqidagi ma‘lumotlar bo‘lishi talab qilinadi. 
Zaharli kimyoviy moddalarni qishloq xo‘jaligida qo‘llash jarayonida aholi 
salomatligini o‘ylab va muhofaza etishni nazarda tutib mazkur moddalarga 
nisbatan qo‘yiladigan gigiyenik talablar asosida ishlab chiqiladi. 


150 
Zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llash jarayonida ularning tashqi muhit 
ob‘yeklaridagi qoldiq miqdorlarining inson organizmiga boladigan ta‘sirining 
oldini olish dolzarb muammo hisoblanadi. Bu borada sanitariya muassasalari olib 
boradigan sanitariya nazorat ishlari odamlarni zaharli kimyoviy moddalarning 
qoldiqlari ta‘siridan muhofaza qilishga qaratilgan. 
Zaharli kimyoviy moddalar qo‘llanilganda, ularning qoldiqlari atrof-muhit 
ob‘yektlari bo‘lmish mehnat qilish zonasidagi havoda, turar joylarning atmosfera 
havosida, suv va suv havzalarida, tuproqdagi miqdorini aniqlash, shu miqdorning 
ko‘p yoki kamligini gigiyenik asosdan ishlab chiqilgan normalari bilan taqqoslash 
maqsadida gigiyena ilmi hayotda qo‘llaniladigan barcha zaharli kimyoviy 
moddalar uchun ruxsat etiladigan miqdorini belgilaydi. 
Zaharli kimyoviy moddalarning inson nasl-nasabiga salbiy ta‘sir qilishi 
mumkinligi, genetik jihatdan olganda eng murakkab muammolardan hisoblanadi. 
Irsiy kasalliklarning keyingi vaqtda ko‘payib barayotganligi kishini 
tashvishlantirmay qo‘ymaydi. Ishlatilayotgan kimyoviy moddalarning allergen 
tariqasida organizmga ta‘sir qilishi borasidagi muammo ham hozirda yechilishi 
qiyin muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Kimyoviy moddalar organizmga juda 
oz miqdorda tushganda ham embrion hujayralariga salbiy ta‘sir qiladi. Shularni 
e‘tiborga olgan gigiyena xodimlari zararli moddalarning ruxsat etilgan me‘yoriy 
miqdorini ishlab chiqdilar. Gigiyena fanidagi murakkab masalalardan biri, ishlab 
chiqilgan ruxsat etilgan me‘yoriy miqdorlarni hayotga tadbiq etishdir, zaharli 
kimyoviy moddalarni qo‘llashni davlat tomonidan qat‘iy nazoratini tashkil etish va 
amalga oshirishdan iborat. 
Shuni, e‘tiborga olib, mustaqil Respublikamizda, zaharli kimyoviy moddalar 
bilan ishlash qoidalari, ularni qo‘llash me‘yorlari va me‘yoriy miqdorlari ishlab 
chiqilgan. Shuningdek, bu me‘yorlarni buzganda qo‘llaniladigan jazo turlari ham 
mavjudki, bu kishilardan zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlatganda, ularni 
qo‘llaganda yo‘riqnomalardagi talablarga rioya qilishni talab qiladi. 
Zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzganlik 
uchun ham jinoiy jazo mavjud bo‘lib, Jinoyat Kodeksi (JK) ning 201-moddasiga 


151 
binoan, xo‘jalik faoliyatida o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, 
mineral o‘g‘it o‘sish biostimulyari yoki boshqa kimyoviy dorilarni ishlab chiqarish 
saqlash, tashish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish odamlarning ommaviy 
kasallanishini hayvonlar parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoxud 
boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, eng kam oylik ish 
haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yil 
mudattda muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish 
ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum bo‘lishi mumkin. 
Ushbu harakatlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, uch yildan olti oygacha 
qamoq yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha 
ozodlikdan mahrum qilinadi. 
Texnikaviy 
taraqqiyot 
davrida 
atmosfera 
havosining 
ifloslanishi 
Respublikamizning Olmaliq, Chirchiq, Farg‘ona va Navoiy viloyatlarida, ayniqsa 
sezilarli darajada ortganligi hech kimga sir emas. Birgina Navoiy viloyati misolida 
oladigan bo‘lsak, atmosfera havosining yuqori darajada ifloslanganligini kuzatish 
mumkin. Ikki yuz mingga yaqin aholisi bo‘lgan Navoiy shahrida havoni 
ifloslantiruvchi ko‘plab sanoat korxonalari mavjud. Ishlab chiqarishning 
texnologik jarayonlarida har yili 637,6 ming tonna zararli moddalar hosil bo‘lib, 
shundan 97,2% i ushlab qolinadi. Atmosferaga tashlanadigan zararli moddalar 
miqdori 51,7 ming tonnani tashkil qiladi. Tozalash uskunalarining ishlash 
samaradorligi 92,9% ni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yillardagiga nisbatan 
1,9% ga oshgan. Tashlanadigan zararli moddalarning asosiy miqdori (94%) yirik 
sanoat korxonalariga to‘g‘ri keladi. 
Navoiy issiqlik elektr stansiyasi korxonalarida gaz yoqishda hosil bo‘ladigan 
azot oksidlarini tozalash inshootlarini loyilash ko‘zda tutilgan, ammo ushbu 
moddalarning me‘yoridan yuqoriligi saqlanib qolmoqda. Viloyatda sanoat va 
maishiy chiqindilarning yillik hajmi 2,5 million tonnadan oshiq. 
Jami 43,5 million tonna chiqindilar to‘planib qolgan. Shundan yiliga 62 
ming sanoat chiqindisi, 46 ming tonna maishiy chiqindilar qayta ishlanmoqda. 
Shuningdek, viloyatda 24,7 ming gektar yerning ustki qatlam strukturasi buzilgan 


152 
bo‘lib, shundan 5,7 ming gektar yer rekultivatsiyani talab qiladi. Hozirgacha 2,1 
ming gektar (37%) yer rekultivatsiya qilingan. 
Viloyatda ekologik muvozanatni birlashtirish maqsadida ―Navoiy 
viloyatining 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan atrof- muhitni muhofaza qilish‖ 
dasturi ishlab chiqilgan. Sanoat korxonalari bilan birga shaharda avtotransport 
vositalarining ko‘payishi ham shahar havosiga salbiy ta‘sir ko‘rsatmoqda. 
2016-yil 21-martda Davlat avtomobil nazorati (DAN) xodimlari tomonidan 
berilgan ma‘lumotga asosan, shaharda 6000 ta taksi ro‘yxatdan o‘tgan, mingdan 
ortiq davlat tashkilotlari mashinalari va xususiy mashinalar mavjud. 
Hisoblashlarga qaraganda, bitta mashinadan chiqadigan zaharli moddalar 
miqdori bir yilda 537 kg ni tashkil qilar ekan. Agar har to‘rt shahar aholisiga bitta 
(50000 ta) mashina to‘g‘ri kelsa, bu miqdor 26850000 kg.ni tashkil qiladi. 
Bu esa, insonlar sog‘lig‘i uchun juda ham xavfli hisoblanadi va buni oldini 
olish zarur. Shuning uchun atmosferaga chiqadigan zararli moddalarni tozalash 
haqida o‘ylashimiz zarur bo‘ladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin