“O’simlik dunyosini muhofaza qilish to’g’risida” gi Qonun va uning
o’simliklarni muhofaza qilishdagi ahamiyati
O‘zbekiston Respublikasida o‘simliklar dunyosini huquqiy muhofaza qilish
va undan foydalanishning huquqiy tartibi 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining ―O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan
foydalanish to‘g‘risida‖ gi Qonuni bilan tartibga solingan.
Jumladan ―O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
to‘g‘risida‖ gi Qonun tabiiy sharoitda o‘sadigan o‘simlik dunyosini, shuningdek,
takror yetishtirish ba genetik fondini saqlash uchun ekib o‘stiriladigan yovvoyi
o‘simliklarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni
tartibga soladi.
O‘rmonlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi
munosabatlar o‘rmonlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga
solinadi.Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va
undan foydalanish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun
hujjatlari bilan tartibga solinadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro
174
shartnomasida ―O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
to‘g‘risida‖ gi Qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalari qo‘llaniladi.
O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi
qonun hujjatlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Floraning tur bo‘yicha tarkibini va genetik fondini tabiiy sharoitlarda
saqlab qolish;
Tabiiy o‘simlik jamoalarining va yovvoyi o‘simliklar o‘sadigan
muhitning bir butunligini saqlab qolish;
O‘simlik dunyosidan oqilona foydalanishni va uni takror yetishtirishni
ta‘minlash;
Yuridik va jismoniy shaxslarning o‘simlik dunyosini muhofaza qilish
va undan foydalanish sohasidagi faoliyatini huquqiy tartibga solish
(Qonunning 2-moddasi).
O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat
boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat
hokimiyati organlari, shuningdek, maxsusu vakolat berilgan davlat organlari
tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va
O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi o‘simlik dunyosini muhofaza
qilish va undan foydalanish sohasidagi maxsus vakolat berilgan davlat boshqaruv
organlaridir. O‘simlik dunyosi davlat mulki umummilliy boylik bo‘lib, undan
oqilona foydalanish zarur va u davlat muhofazasidadir (3-4-moddalar).
―O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida‖ gi
qonunning 6-7-moddalariga ko‘ra o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish
umumiy va maxsus bo‘lishi mumkin. O‘simlik dunyosi obyektlaridan umumiy
foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan hayotiy zarur ehtiyojlarni qondirish
uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda va tartibda bepul amalga
oshiriladi.
O‘simlik dunyosi obyektlari maxsus foydalanishga, ishlab chiqarish
faoliyatini amalga oshirish uchun haq evaziga yuridik va jismoniy shaxslarga
175
ruxsatnomalar asosida berib qo‘yiladi. O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish
uchun obyektlarning turini, hajmini va muayyan hudud doirasida foydalanish
muddatini belgilaydigan ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi, vakolatli davlat organlari tomonidan beriladi. O‘simlik dunyosi
obyektlaridan maxsus foydalanish tartibi va shartlari qonun hujjatlarida
belgilanadi.
O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari quyidagilardan iborat:
Chorvachilik ehtiyojlari uchun yovvoyi ozuqa mahsulotini tayyorlash;
Chorva mollarini o‘tlatish;
O‘simlik dunyosi obyektlaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun
foydalanish;
Yovvoyi o‘simliklar texnik xom-ashyosini tayyorlash;
Yovvoyi o‘simliklar dorivor xom ashyosini tayyorlash (yig‘ish);
Yovvoyi o‘simliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun tayyorlash
(yig‘ish);
Daraxt va butalarni kesish;
O‘simlik dunyosi obyektlaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida
foydalanish;
O‘simlik dunyosi obyektlaridan madaniy-ma‘rifiy, tarbiyaviy,
sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish;
O‘simlik dunyosi obyektlaridan tabiatni muhofaza qilish maqsadida
foydalanish;
Qonun hujjatlarida o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishning
boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.
O‘simliklar dunyosi obyektlaridan foydalanish normativi va uning
holati qonunning 9-moddasida o‘z aksini topgan. Unga ko‘ra o‘simlik
dunyosi obyektlaridan foydalanish normativlari quyidagilardan iborat:
Dorivor va ozuqabop o‘simliklarning yovvoyi turlarini hamda
o‘simliklar texnik xom ashyosini tayyorlash uchun O‘zbekiston
176
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar Akademiyasi bilan kelishib tasdiqlangan kvotlar:
Tabiiy pichanzorlar va yaylovlarda pichan o‘rish hamda chorva
mollarini o‘tlatishning mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli
qishloq va suv xo‘jaligi, shuningdek, o‘rmon xo‘jaligi davlat organlari
taqdimnomasi bo‘yicha tasdiqlangan normalari va muddatlari: qonun
hujjatlari bilan belgilangan boshqa normativlar.
O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishning belgilangan
qoidalariga rioya etishlari;
Foydalanishga berib qo‘yilgan o‘simlik dunyosi obyektlaridan oqilona
foydalanishlari;
O‘simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ularni takror
yetishtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishlari;
O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish joylarida yong‘in
xavfsizligiga rioya etishlari va yong‘inga qarshi tadbirlarni amalga
oshirishlari, yong‘in chiqqan hollarda esa uni o‘chirish choralarini
ko‘rishlari;
O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun haqni o‘z
vaqtida to‘lashlari shart;
O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar qonun hujjatlarida
belgilangan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishlari mumkin (10-modda).
O‘simlik dunyosi obyektlarini saqlab qolish va ularni takror yetishtirish
hamda o‘sadigan muhitni saqlash va qayta tiklash maqsadida o‘simlik dunyosi
obyektlaridan foydalanish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklab
qo‘yilishi, to‘xtatib turilishi yoki man etilishi mumkin. Qo‘riqxonalar,
qo‘riqlanadigan tegralar va tabiat yodgorliklarida o‘simlik dunyosi obyektlaridan
foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi ―Qizil kitobi‖ ga
kiritlgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simlik turlarini
tayyorlash (yig‘ish) man etiladi.
177
O‘zbekiston Respublikasi ―Qizil kitobi‖ ga kiritilgan o‘simlik
turlaridanfoydalanish, ular bilan (ularning qismlari yoki faoliyat mahsulotlari
bilan) savdo qilish, ularni chet elga olib chiqish alohida hollarda O‘zbekiston
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining taqdimnomasi xulosasi
bo‘yicha beradigan ruxsatnomalar asosida yo‘l qo‘yiladi (11-modda).
―O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida‖gi
qonunning 12-moddasiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan
chorvachilik ehtiyojlari uchun yovvoyi ozuqa mahsulotini tayyorlash va chorva
mollarini o‘tlatish ana shu maqsadlar uchun ularga maxsus berib qo‘yilgan tabiiy
yem-xashak yetishtiriladigan maydonlarda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
O‘rmon fondi hududida o‘rmon biletlari bo‘yicha;
Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari egaligidagi
yerlar hududida ularning ruxsatnomalari bo‘yicha;
Zahiradagi yerlarda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari
asosida.
Amaldagi qonunchilikda ―Qizil kitobi‖ ga kiritilgan o‘simliklarni yiqqanlik
uchun javobgarlik mavjud bo‘lib, bunday javobgarlik O‘zbekiston
Respublikasining amaldagi ―Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risida‖ gi Kodeksida aniq
ko‘rsatilgan.
Uning 81-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining ―Qizil kitobi‖ ga
kiritilgan o‘simliklarni yoxud shunday o‘simliklarning ildizlari, poyalari, shoxlari,
barglari, gullari, mevalari va urug‘larini o‘zboshimchalik bilan yig‘ish.
Fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma‘muriy jazo chorasi
qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa fuqarolarga eng
kam ish haqining ikki baravaridan yeti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa
uch baravaridan yeti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘simliklarni himoya qilish vositalari va boshqa dorilarni tashish, saqlash va
qo‘llanish qoidalarini buzganlik uchun ma‘muriy javobgarlik belgilangan va
178
bunday javobgarlik yuqorida tilga olingan kodeksning 89-moddasida belgilb
qo‘yilgan. Unga ko‘ra o‘simliklarni himoya qilish vositalarinidorilarni tashish,
saqlash va qo‘llanish qoidalarini tuproq, suv, atmosfera havosining ifloslanishiga
yoki o‘simliklar, hayvonot dunyosining yo‘q qilib yuborilishiga olib kelishi
mumkin bo‘lgan tarzda buzish fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir
qismidan bir baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma‘muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan keyin
bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa yoki tuproq, suv, atmosfera havosining
ifloslanishiga, o‘simlik va hayvonot dunyosiga zarar yetkazishiga olib kelsa
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |