D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev


Ekologik muammolarni hal etishda falsafaning o’rni



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

 Ekologik muammolarni hal etishda falsafaning o’rni 
Fan qayiqqa ham, kemaga ham bab-baravar ochiq dengiz kabidir. Biri unda 
oltin yombi tashisa, boshqasi qarmoq tashlab baliq ovlaydi. Fanning ibtidosi aql, 
aqlning ibtidosi esa ongdir. Inson o‘z aql-idroki bilan asrlar davomida tabiat 
boyliklaridan foydalanib keldi. Uning aql-idroki bilan yaratilgan kashfiyotlar 
oqibatida tabiat ―kasallandi‖. Inson aql-idrokining galdagi vazifasi ana shu ―kasal‖ 
ni davolash va paydo bo‘lgan ekologik muammolarni bartaraf etishdan iborat.
Mavjud 
barcha 
ekologik 
muammo 
o‘zining 
xavfliligi 
bilan 
umuminsoniyatga keltirishi mumkin bo‘lgan yomon oqibatlari bo‘yicha yadro 
halokatidan keyingi o‘rinda turibdi. Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov qayd 
qilganidek, ―Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi 
juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo‘l qovushtirib 
o‘tirish o‘z-o‘zini o‘limga mahkum etish bilan barobardir. 


184 
Afsuski hali ko‘plar ushbu muammoga beparvolik va ma‘suliyatsizlik bilan 
munosabatda bo‘lmoqdalar. Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy 
va mintaqaviy doiradan chiqib butun insoniyatning umumiy muammosiga aylanib 
bo‘lgan. Tabiat va inson o‘zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda 
bo‘ladi. bu qonuniyatlarni buzish o‘nglab bo‘lmas ekologik falokatlarga olib 
keladi‖. 
Insoniyatni uzoq vaqtlardan beri tashvishga, xavf-xatarga solib kelayotgan 
ekologik muammolar o‘z-o‘zidan yoki tasodifiy ravishda paydo bo‘lgan emas.
Ushbu muammoni yuzaga keltirgan va kuchaytirib yuborgan, o‘ta darajada 
keskinlashib xavfli tus olishga olib kelgan bir qancha sabab va omillar mavjud. 
Ana shulardan biri tabiiy sabablardir. Bunga misol sifatida arid mintaqasida 
joylashgan O‘zbekiston Respublikasida tez-tez chang bo‘ronlarni qo‘zg‘atib 
turuvchi atmosferani chang to‘zonga cho‘lg‘atuvchi Qoraqum va Qizilqum 
sahrolaridek yirik tabiiy manbalar mavjudligini aytish mumkin.
So‘nggi o‘n yilliklar mobaynida Orol dengizining qurib borishi tufayli chang 
va tuz ko‘chadigan yana bir tabiiy manba haqida ham shunday deyish mumkin.
Inson o‘z aql-idrokiga haddan ziyod ishonib, tabiatni ham o‘ziga 
bo‘ysundirmoqchi bo‘lganligining oqibatida bugubgi kundagu ekologik tanglik 
vujudga keldi-ki, bu hech kimga sir emas. Odam paydo bo‘lgan davrdan to hozirga 
qadar tabiatga, atrof-muhitga ta‘sir qilib uni batamom o‘zgartirib yubordi. 
Keyingi yuz yillar mobaynida insoniyat ta‘siri natijasida Yer shari yuzasi 
iqlimi, o‘simligi, hayvonot dunyosi, sayyoramiz havosi ancha o‘zgarib ketdi, 
suvlarning ifloslanishi o‘rmonlarning keragidan ortiq darajada qirqib yuborilishi, 
Yer yuzida tuproq nurashi, hayvonlar va baliqlarning haddan tashqari ko‘p 
ovlanishi natijasida ekologik inqiroz yuzaga keldi. 
Inson o‘zining ko‘p asrlik xo‘jalik faoliyatida 72 hayvon turini butunlay 
yo‘q qilib yubordi. O‘zimizning O‘zbekistonda ham Turon yo‘lbarsi, yo‘l-yo‘lli 
sirtlon kabi hayvonlar yo‘q bo‘lib ketdi. Oqquyruq, qoraquloq, ustyurt qo‘ylari, 
Buxoro bug‘usi, oqtirnoqli oq ayiq kabilar yo‘q bo‘lish arafasida turibdi. 


185 
Suv ta‘minotining an‘anaviy manbalari hisoblangan daryolar, ko‘llar, 
Shimoliy qutb muzliklari, dengizlar, suv omborlari ifloslandi. Toza ichimlik suvi 
tobora taqchil bo‘lib bormoqda. Insoniyatning eng katta oziq- ovqat manbai 
bo‘lgan jahon okeanlari ham hozirgi vaqtda inson sivilizatsiyasi qurboni 
bo‘lmoqda.
Atrof-muhitning radioaktiv va kimyoviy chiqindilar bilan bulg‘anishi 
aholining, chorva mollarining, parrandalarning, o‘simliklarning, daryo va 
ko‘llardagi, suv omborlaridagi baliqlar va boshqa jonivorlarning ko‘plab 
zaharlanishiga sabab bo‘lmoqda. Tuproq eroziyaga uchray boshladi. Insoniyat 
dunyosi o‘rtasidagi munosabatlarga darz keta boshladi.
Inson o‘ziga berilgan aql-idrokni tabiatdan noo‘rin foydalansh yo‘lida sarf 
qildi va tabiat insonning nooqilona, ochofatlarcha xatti- harakatiga duch kelib, 
azob chekdi. 
Dunyoning ko‘pchilik mamlaktlarida tabiiy va mineral xomashyo 
manbalaridan vahshiylarcha ekstensiv usulda foydalanish yidan-yilga kuchayib 
bordi. 
Shunday qilib insoniyat tabiatning holatiga birdaniga va darhol emas, balki 
uzoq yillar davomida aralashuvi oqibatida ekologik vaziyat asta-sekin 
yomonlashib, keskinlashib bordi. ―Ekologik xavfsizlik, deydi O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti kishilik jamiyatining bugungi va ertasi uchun dolzarbligi 
juda zarurligi bois eng muhim muammolar amaliy tarzda hal etilsa, ko‘p jihatdan 
hozirgi va kelgusi avlod turmushining ahvoli va sifatini belgilash imkoniyatini 
beradi… Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy 
muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, 
sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal 
qilinishiga bog‘liqdir‖. 
Sayyoramizda, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasi va hatto ota-
bobolarimiz tabiatni e‘zozlagan o‘zimizning O‘zbekistonda ham ro‘y bergan, 
murakkablashib ketgan ekologik vaziyat butun insoniyatni tabiat oldida atrof-
muhitni muhofaza qlishni agar ana shu muammoni hal etishga zudlik bilan 


186 
kirishilmasa uning oqibatlari o‘ta dahshatli bo‘lishi va hattoki sivilizatsiya halok 
bo‘lishi mumkilligini dunyodagi barcha mamlakatlar va xalqlar oldiga ko‘ndalang 
qilib qo‘ydi. 
Tabiatni muhofaza etish bu oddiy, o‘tkinchi, vaqtinchalik masala emas, balki 
o‘ta jiddiy va o‘ta dolzarb insoniyat taqdirini hal etadigan dolzarb muammo.
Hamisha o‘qimoq va tarqqiy etmoq harakatida bo‘lmoqdan ziyodroq 
quvonch bormi? Ammo ana shu taraqqiyot tabiatga, uning boyliklariga zarar 
yetkazsachi? E‘tibor qiling, tabiatdagi jamiki tiriklikning o‘z ohangi, o‘z maromi 
mabjud. Suvlar shildiraydi, yulduzlar jimirlaydi, yaproqlar shitirlaydi, osmon 
guldiraydi, dengiz mavjlanadi. Biroq, insonning tabiat ―ishlari‖ga aralashuvi 
natijasida ana shu ohanglar o‘z go‘zalligini yo‘qotib, xunuk manzara kasb 
etmoqda. Oldimizda, tabiatni muhofaza etish, insoniyat baxt-saodati, ertangi kuni, 
kelgusi avlod taqdiri uchun g‘amxo‘rlik qilishdek ma‘suliyatli vazifa paydo bo‘ldi. 
Bu vazifani ado etish barobarida, bizlarga ilhom berayotgan va egnimizni 
but, qornimizni to‘q qilayotgan yerga, ona zaminga ko‘rsatiladigan cheksiz hurmat 
va ehtiromni qayta tiklash ham qarz, ham farzdir. Bu yuksak madaniyatimizni 
tiklash belgisidir. 
Tabiat o‘zida mavjud bo‘lgan Quyoshga o‘xshaydi, u o‘zidan faqat iliqlik 
taratadi, hammani barobar bag‘riga olgisi, isitgisi keladi.Biz esa quyoshning 
qadrini ko‘pincha bir laxcha cho‘g‘ bo‘lib botayotgan paytdagina anglaymiz, 
boshimizda parvona bo‘lib, bizga yo‘l ko‘rsatib kuyib yonayotgan mahalda uning 
borligini payqamaymiz ham… Hamma narsaning chegarasi bor, faqat ongimizdagi 
orzu, xayol chegara bilmaydi. Inson esa hamisha o‘sha orzular Osmoniga intilib 
yashaydi. Mana shu orzulariga yetishmoq maqsadida hech nimani ayamaydi. 
Bugungi kunda ekologik muammolarni hal qilishda boshqa fanlar qatori falsafa 
fanining ham o‘z o‘rni bor, chunki inson ongidagi orzularni falsafiy nuqtai 
nazardan tushunish, ularga yetishmoq uchun tabiatga ozor berish kerak emasligini 
bilish uchun ham falsafiy bilimlar zarur.Ekologik muammolarni hal qilishda 
falsafaning o‘rni haqida xilma- xil fikrlar mavjud. Ko‘pchilik hollarda ekologik 
masalarni yechishda falsafaning roli inkor ham etiladi. 


187 
Zero, ekologik muammolarni hal etish ko‘proq amaliyotni talab etadi. 
Ekologik muammolar hal etilmasligining asosiy sabablaridan biri uning falsafiy 
jihatlariga yetarlicha e‘tibor berilmaganligidandir. Yaqin-yaqin vaqtlargacha 
ekologik vaziyatni yaxshilash uchun falsafaning mutlaqo keragi yo‘q, degan 
aqidaga aml qilinardi.
Holbuki, insoniyatning butun tarixiy taraqqiyoti dav omida inson va 
tabiatning o‘zaro munosabatlari hamisha falsafa fani uchun tadqiqot manbai bo‘lib 
kelgan. Falsafa ham ekologiya singari subyekt obyekt munosabatlarining 
murakkab tuzilmalariga yaxlitlik nuqtai nazaridan qarab keladi. 
Falsafa ekologik qiyinchiliklarning sabablarini ong va moddiyat ruh va tana 
hamda ruhning o‘zidagi ziddiyatlarni tadqiq qilish yo‘li bilan axtaradi. Falsafa ana 
shu ziddiyatlarni birlik va yaxlitlik asosida talqin etishga, hamda zaruriy xulosalar 
chiqarishga imkon beradi. Falsafiy qarashlar hozirgi zamon fanining ekologik 
yo‘nalishlar olishiga ko‘maklashadi. Ekologik yo‘nalishdagi ijtimoiy-siyosiy 
qarorlar mazmuniga ta‘sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy ongning yangicha shakllanishiga 
imkon beradi. 
Ekologik bilim, ya‘ni ong insonning tabiat bilan o‘zaro munosabati 
sohaisdagi tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Odamlar tabiatni tashkil etuvchilaridan 
birining holati, tuzilishining o‘zgarishi boshqalarining holati va tuzilishini
o‘zgarishiga olib kelishi, ya‘ni tabiatda quvvat axbor qayta taqsimlanib muvozanat 
buzilishini va uning oqibatida turli halokatlar kelib chiqishini ilmiy asosda 
tushunmoqlari lozim. Ekologik bilimlar insonlar o‘zlarining hayotiy faoliyati 
hozirdagi hamda kelajakdagi bioqatlam bilan o‘zaro bog‘liqligini, tabiatni 
muhofaza etish zarurat ekanini, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish va har bir 
kishida atrof-muhitning holati uchun shaxsiy ma‘suliyat hissini tarbiyalash, 
hayvonot va o‘simliklar olamini muhofaza etish lozimligini anglab yetish uchum 
muhim asos hisoblanadi-ku. 
Hozirgi sharoitda tabiiy muhit holatidagi ta‘sir etuvchi o‘zgarishlarni 
asoslash hamda o‘simlik va hayvonot olamining o‘zgarishini inson yashaydigan 
tabiiy muhit omillarining barcha o‘zgarishlarini baholay bilish muhim bo‘lib 


188 
qolmoqda. Inson ITI (ilmiy texnika inqilobi) ning tabiiy muhitga ta‘siri uni 
muhofaza qilishni ishlab chiqarish rivojlanishiga bog‘liq ekanini qulay shart-
sharoitlarini oldindan ko‘ra olishi lozim. 
Ongli ravishda mehnatga yo‘naltirilgan inson faoliyati insonni tabiatga 
yaqinlashtiradi. Tabiat qonunlarini chuqurroq anglab yetishga ulardan tabiatni 
muhofaza qilish va rivojlantirish uchun foydalanishga majbur etadi. Shu o‘rinda 
xalqimiz bir rivoyatini keltirishni afzal topdik, ―Emishki, qaysidir qishloqning yeri 
o‘sha yurtda gunohkor bandalar ko‘payib ketganligi bois sira hosil bermay 
qo‘yibdi. U qilishibdi, bu qilishibdi bo‘lmabdi. 
Oxiri bir donishmandning maslahati bilan o‘sha yerga bir chalasavod 
odamni tiriklayin ko‘mishga qaror qilishibdi. Shunda azbaroyi dahshatga 
tushganidan Yerdan hayqiriq kelib, hosil berishni bo‘yniga olgan ekan. 
Demak, chalasavod odamni bag‘rida saqlashning azobi shu qadar og‘ir 
ekanki, bundan ko‘ra Yer xomsut emgan bahdalarning gunohlaridan kechishni 
afzal ko‘rgan ekan‖. Bizning nazarimizda ham chalasavod kishidan ko‘ra, butunlay 
savodsiz kishilar beziyonroq bo‘ladilar. Ilmsiz, lekin o‘zlarini nihoyatda dono 
hisoblaydigan odamlar jamiyatimiz uchun nihoyatda xatarli tuzoqdir.
Qaniydi, dunyoviy va diniy bilimlarni mukammal egallagan, siyosiy va 
ijtimoiy hayotga to‘g‘ri baho bera oladigan to‘la ma‘nodagi ziyoli yurtdoshlarimiz 
ko‘paysa. 
Ekologik muammolarni hal etishda ―Inson bilan tabiatning birligini anglash‖ 
hozirgi zamon fani va jamiyat taraqqiyoti tajribalari bilan boyib boruvchi va 
rivojlanuvchi ilmiy dunyoqarash tarzida namoyon bo‘lmog‘i kerak. Ma‘lumki, 
O‘zbekistonning hududida har xil ekologik holatlar uchraydi. 
Bu ekologik holatlar birinchi navbatda u yerlarning tabiatiga bog‘liq bo‘lsa, 
ikkinchidan tabiatdan foydalanish, uning boyliklarini qanday o‘zlashtirishga 
bog‘liq ekanligining guvohi bo‘layapmiz. Eng yuqori cho‘qqiga yetgan ekologik 
holatning qarama-qarshiligi shuni aniqlashtirishga olib keldiki, jamiyatimizning 
kelajakdagi rivoji va ravnaqi insonlarning ekologik madaniyatining darajasi hamda 
ekologik holatlarni oldindan bilishini taqozo etadi. Ekologik madaniyatni 


189 
rivojlantirish sivilizatsiyasining global muammolarini yechimi bo‘lib, asosiy rol 
albatta berilayotgan ta‘limga bog‘liq chunki jamiyatning samarali taraqqiyoti 
kelajak avlodga bog‘liq. 
Ta‘lim hozirgi zamonda insoniyatning asosiy va keng faoliyatini tashkil 
qiladi. Bunda qariyb 50 million-pedagoglar va milliarddan oshiq o‘quvchilar 
qatnashadilar. Bugungi kunda ta‘limni to‘g‘ri yonalishda, samarali amalga oshirish 
va yangi axborot texnalogiyalardan foydalanish ko‘p hollarda insoniyatning 
istiqbolli taraqqiyotiga bog‘liq bo‘lib, ta‘lim ahamiyatining oshayotganini ifodalab, 
jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishining asosiy omili bo‘lib qolyapti. 
Zamonaviy ta‘limga munosabat shunga bog‘liqki izlanishga yangi bilimlarni 
o‘zlashtirishga, qobilyatli, standart bo‘lmagan qarorlar qabul qila oladigan insonni 
tarbiyalash zamonaviy jamiyatning asosiy boyligini tashkil qiladi. Bugungi kunda 
o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini, talabalarni shaxsiy qobilyatlarini rivojlantirib
ularni izlanishga yo‘naltirish, ularni kompleks va keng ravishda fikrlashga 
chorlashlarsiz ekologik xabardorlikga erisha olinmaydi, bu esa tabiatni 
asrashga nisbatan xo‘jasizlik, beparvolik holatlarini bartaraf etishdagi eng muhim 
omil hisoblanadi. 
Yosh avlodga ekologik tarbiyani amalga oshirishda ekologik reklamalardan 
keng foydalanishni keng qo‘llash kerak. Shartli ravishda ekologik reklamalarni
 
quyidagi yo‘nalishlarda olib borish mumkin: 

Odamlar o‘zlarining tabiatga bo‘lgan munosabatlari bilan kelgusi 
avlod hayotini xavf ostiga qoldirayoptilar, shunday roliklarda 
ekologik ofat hududlarini ko‘rsatish; 

Chiqindilar chiqadigan sanoat korxonalari va ulardagi ish jarayonini 
ko‘rsatish; 
Ekologik muammolarni o‘ziga aks ettirgan reklama roliklari ekologik 
muammolarni bartaraf etish uchun kishilarda qiziqish uyg‘otadi va uni qayta-qayta 
ko‘rsatish insonga ruhiy ta‘sir etib, uning dunyoqarashini o‘zgartiradi. 
Yosh avlodning fikri, ongi, tafakkurini shakllantirishda ota-ona, 
o‘qituvchilar, atrofida doimo muloqotda bo‘ladigan odamlarning ta‘siri katta 


190 
bo‘ladi, shu sababli ulardan bolalar bilan bo‘lgan munosabatda mas‘uliyat talab 
qilinadi. Bolalarning ekologik tarbiyasini o‘stirishda, ta‘lim va tarbiyaning kuchi 
beqiyosdir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin