Sayyoramiz geografik qobig’ining rivojlanishida hayvonlarning
ahamiyati
Yerning geografik qobig‘i uzoq taraqqiyot jarayonida, tirik mavjudotning
bevosita va bilvosita ishtirokida hozirgi qiyofaga kelgan, ya‘ni geografik qobiq
taraqqiyotini organizmlarning rolisiz tasavvur qilish qiyin.
Shuning uchun ham V.I.Vernadskiy ―Butun yer po‘sti, kam deganda undagi
moddalar vaznining 99% i o‘zining muhim geokimyoviy xususiyatlati jihatidan
hayot hosilasidir‖ degan edi. Hayvonlar biosferaning eng asosiy qismi bo‘lib,
o‘simliklar bilan birgalikda geografik qobiqda kimyoviy elementlarning
migratsiyasida katta rol o‘ynaydi.
Hayvonlar anorganik moddalardan Quyosh energiyasi ta‘sirida o‘simliklar
vujudga keltirgan tayyor organik mahsulotlarni iste‘mol qiladi. Bir-birlaridan va
o‘simliklardan oziqlangan hayvonlar biologik hamda planetamizdagi modda
almashinuvida aktiv qatnashadi.
Shunday qilib, hayvonlarning geografik qobiqdagi roli katta va benihoya
turli-tumandir. Chunonchi, dengizda bir hujayrali hayvonlarning qattqi
skeletlaridan cho‘kindi jinslar (bo‘r, ohaktosh va boshqalar) vujudga keladi.
Marjon qoliplarning faoliyati natijasida okeanning sayoz, iliq suvli katta
179
maydonlarida, asosan tropik kengliklarda marjon orollari paydo bo‘lgan.
Hayvonlarning
(yumaloq
chuvalchanglar,
tuproq
chuvalchanglari
va
boshqalarning) nurash jarayonida va ayniqsa, tuproq hosil bo‘lishida ahamiyati
beqiyos kattadir.
Ayrim hayvonlar (ko‘pchilik hasharotlar, ayrim qushlar va ko‘rshapalaklar)
o‘simliklarni changlatadi, ba‘zi bir hayvonlar (ko‘pchilik qushlar va sut
emizuvchilar) o‘simlik urug‘larini bir joydan ikkinchi joyga olib boradi. Ba‘zi bir
o‘simlik turlarining rivojlanishi va ko‘payishi hamda geografik tarqalishini
hayvonlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Hayvonlar shuningdek, o‘simliklarning kasallanishiga, sonining kamayib
ketishiga ham ta‘sir ko‘rsatadi. Hayvonot dunyosi tabiatda moddalarning
almashinuvida ishtirok etish bilan birga, tabiat komponentlarining holatiga va
taraqqiyotiga ta‘sir etadi, shuningdek jonli tabiatdagi muvozanatning dinamik
sistemasini saqlab turadi. Hayvonlarning hayoti o‘simliklar hayoti bilan
chambarchas bog‘langan bo‘lib, hayvonlar sonining o‘zgarishi bilan o‘simliklar
miqdori ham o‘zgaradi. O‘simliklar hayotida bo‘ladigan o‘zgarishlar esa
hayvonlarning yashashiga, rivojlanishiga va tarqalishiga ta‘sir etadi.
Bundan ko‘rinadiki, hayvonlar tabiiy biogeotsenozlarda yoki ekosistemda
juda katta rol o‘ynaydi. Hayvonlar inson hayotida katta ahamiyatga egadir.
Hayvonlarning ko‘pchiligi inson uchun oziq manbai, xalq xo‘jaligi, ishlab
chiqarish uchun texnikaviy xom ashyo hisoblanadi. Qishloq xo‘jalik hayvonlari,
baliqlar, mo‘ynali hayvonlar, turli-tuman yovvoyi hayvonlar va boshqalar ana
shular jumlasidandir.
Yovvoyi hayvonlar xonakilashtirishning bitmas-tuganmas manbaidir.
Hozirgi vaqtda mo‘ynali hayvonlar (sobol, norka, shimol tulkisi, tulki va
boshqalar) xonakilashtirilmoqda, los, tuyaqush, qirg‘ovul, oq kaklik va boshqalar
qo‘lga o‘rgatilmoqda. Afrika, Avstraliya va Janubiy Kaliforniyada tuyaqushg
fermalari tahskil etilgan. O‘tgan asrning oxirlaridayoq, Kap viloyatining o‘zidagina
xonakilashtirilgan tuyaqushlarning soni 200000 boshga yetgan edi. Yangi turlar
180
vujudga keltirish uchun uy hayvonlari bilan zotdor yovvoyi hayvonlar
chatishtirilmoqda. Bu jihatdan los bilan antipola ayniqsa istiqbollidir.
Hayvonlar (qushlar, kapalaklar, akvariumdagi baliqlar, ko‘pchilik sut
emizuvchilar) ning estetik ahamiyati ham nihoyatda kattadir; ularsiz biz
yashayotgan tabiat jonsizdek bo‘lib ko‘rinadi. Shuningdek, hayvonot dunyosi ilmiy
tadqiqot ishlarining obyekti hamdir. Ularsiz eksperimentlar (tibbiyotda, bionikada)
o‘tkazish amri maholdir. Hayvonlarning ma‘lum turlari ekinlar, inson va ba‘zi bir
hayvonlar uchun zararli bo‘lsa, boshqa bir turlari insoniyat uchun koni foydadir.
Shunday qilib, hayvonlar kishilar hayotida ham salbiy, ham ijobiy
ahamiyatga egadir. Ammo hayvonlarning ayrim turlariga baho berayotganda ularni
tabiat uchun mutlaqo foydali yoki mutlaq zararli deb bo‘lmaydi. Foydali
hisoblangan tur sharoit, vaqt o‘zgarishi bilan zararli bo‘lib qolishi yoki zarali
hayvon foydali bo‘lib qolishi mumkin. Masalan, dashtdagi ko‘pgina hasharotlar
yangi yerlar o‘zlashtirilishi bilan ekinlar uchun zararkunandalarga aylanishi
mumkin. Yoki chug‘urchiq yoz davrida juda ko‘p hasharotlarni iste‘mol qilib,
foyda keltirsa, kuz oylarida mevali bog‘larga ziyon yetkazadi.
Hayvonlarning zararli yoki foydali tomonlarini aniqlash chog‘ida mahalliy
sharoitlarni aniq o‘rganib chiqish hamda inson faoliyati va tabiat hayotida ularning
ahmiyatini bilib olish kerak. Ammo shu vaqtga qadar ko‘pchilik hayvon turlarining
ahamiyatiga ilmiy asosda to‘g‘ri baho berilmagan; kishilarning xo‘jalik faoliyatida
hayvonlarning ahamiyatini o‘rganish naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini
quyidagi miollardan bilib olish mumkin.
Avstraliyada qora (kakadu) to‘tiqushni qarag‘ay urug‘ini ko‘plab yeyishda
va to‘kib yuborishda ayblab yaqin vaqtlargacha qirib yuborilayotgan edi.
Keyinchalik juda aniq tekshirishlar va izlanishlar natijasida shu narsa aniqlandiki,
bu to‘tiqush o‘zi uzib tushirgan urug‘ning ma‘lum qismini yeb, qolgani yan unib
chiqar ekan. Shuningdek, to‘tiqush tushirgan qarag‘ay bujurini (to‘ng‘iz yong‘oq)
kam mehnat sarflab terib olish mumkin ekan.
Shundan keyingina qora to‘tiqushni foydali qush sifatida himoya qilishga
kirishildi. Zaharli ilonlarni yaqin vaqtlargacha ko‘plab ushlanar va o‘ldirib
181
yuborilar edi. Masalan, Hindistonning Ratnagari rayonida qabul punktlariga yiliga
o‘rtacha 225 ming dona, narxi oshirilgandan keyin esa 8 kun ichida 115 ming dona
ilon o‘ligi topshirilgan. Rossiyada ham ilonlar beayov qirib yuborilgan va soni
ancha kamayib ketgan. Ilonlarni qirib yuborish xalq xo‘jligiga katta zarar yetkazdi.
Sudralib yuruvchi jonivor, shu jumladan, ilonlar qirib yuborilgan joylarda sichqon
va boshqa kemiruvchi hayvonlar juda tez ko‘payib ketdi, natijada g‘alla hosili
kamaydi, kishilar o‘rtasida o‘lat, tulyaremiya, yuqumli sariq kasali ko‘paydi.
Ilon zaharining tibbiyotdagi katta ahamiyatini va ilonlarning tabiatdagi
ayrim zararli hayvonlarni qirishdagi rolini hisobga olib, ilonlar endilikda davlat
nazorati ostida muhofaza qilinmoqda.
Hozirgi vaqtda yirtqich hayvonlarni butunlay yo‘qolib ketishiga chek
qo‘yilmoqda, aksincha ularning kamayib qolganlarini maxsusu joylarda
ko‘paytirish choralari ko‘rilmoqda. Masalan, yer yuzasida bo‘rilarni mutloq yo‘q
qilishga, shuningdek, hamma joyda qirg‘iylarni qirib yuborishga chek qo‘yildi.
Baliq xo‘jaligidagi cho‘rtan baliqlarni qirib yuborish ham noto‘g‘ri ekanligi
aniqlandi.
Ko‘pchilik sut emizuvchilar, ayniqsa hasharotxo‘rlar va qo‘lqanotlilar
hamda ayrim yirtqich hayvonlar o‘rmondagi zararkunanda hasharotlarni ko‘plab
qiradi. Chunonchi, bo‘rsiq bir sutkada 500 ta gacha may qo‘ng‘izining lichinkasini
yeydi.
Shu bilan birga, sut emizuvchi hayvonlar ko‘payib ketsa, o‘rmonga salbiy
ta‘sir ko‘rsatadi. Ular o‘simliklar (kedr, buk, dub, yong‘oq va boshqalar) ning
urug‘larini, po‘stloqlarini yeydi. Ayniqsa, tuyoqli hayvonlar, kemiruvchilar yosh
va mayday daraxtlarning tanasi, po‘stlog‘I, bargi, novdasi, kurtaklarini yeb
yuboradi.
Shunday qilib, har qanday hayvon turi inson uchun bevosita yoki bilvosita
ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun ularni asosiz qirib yuborishga chek qo‘yish
kerak.
O‘zbekiston Respublikasi ―Qizil kitobi‖ ga kiritilgan hayvon turlariga
mansub noyob yoki yo‘q bo‘lib ketish xavfida turgan hayvonlarni yo‘q qilib
182
yuborish, o‘lja qilish yoxud ularning tuxum, uvildiriq qo‘yadigan inlarini,
boshpanalrini yo‘q qilish ilari, uyalari va boshqa yashirin joylarini buzish yoxud
shunday hayvonlarning qirilib ketishiga, soni kamayib ketishiga yoki yashash
muhiti buzilishiga sabab bo‘ladigan boshqa harakatlar sodir etish yoxud shunday
hayvonlarni ovlash ruxsatnomasida ko‘rsatilgan shartlarni buzgan holda o‘lja qilish
shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli bo‘lgan ashyolarni musodara qilib yoki
musodara qilmay, fuqarolarga eng ka mish haqining ikkidan bir qismidan ikki
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa ikki baravaridan besh baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday ma‘muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan keyin harakat bir yil
davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli
bo‘lgan ashyolarni musodara qilib, fuqarolarga eng ka mish haqining ikki
baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan yeti
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (MJK ning 94-moddasi).
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 202-moddasida hayvonot yoki
o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik
belgilangan.
Unga ko‘ra ovchilik, baliqchilik yoki hayvonot dunyosining boshqa turlarini
ushlash qoidalarini buzish yoki noyob hayvonlarni tutishning belgilangan tartibi
yoki shartlarini yoxud o‘simliklarning dori-darmon, oziq-ovqat va manzarali
(dekorativ) turlaribni yig‘ish yoki tayyorlash, shuningdek, maxsusu tabiiy
hududlardagi hayvonot va o‘simlik olamidan foydalanish tartibini buzish ancha
miqdorda zarar yetkazishiga sabab bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining ellik
baravarigcha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti
oygacha qamoq bilan jazolanadi. O‘sha qilmishlar:
Hayvonlar, parrandalar, baliq, hayvonot va o‘simlik dunyosining
―Qizil kitobi‖ ga kiritilgan boshqa turlarini nobud qilish bilan;
Ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan
bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh
183
baravarigcha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq
tuzatish ishlati yoxud mol-mulk musodara qilinib yoki qilinmay uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmishlar;
Xavfli retsidivist tomonidan;
Shaxsning o‘z xizmat mavqeidan foydalanib;
Yer, suv yoki havoda ishlatiladigan mexanizatsiyalashtirilgan
vositalardan foydalanib;
Portlash qurilmalari, zaharli kimyoviy moddalar yoki boshqa yalpi
qirib yuboradigan yoki nobud qiladigan usullarni qo‘llagan holda;
Uyushgan guruh tomonidan;
Juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, eng
kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha
miqdorda jarima yoki mol-mulk musodara qilinib yoki musodara
qilinmay uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
Dostları ilə paylaş: |