D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev


Yer sharida o’rmonlarning geografik joylashishi va o’rmon resurslari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

Yer sharida o’rmonlarning geografik joylashishi va o’rmon resurslari 
O‘rmonlar inson hayoitning asosiy manbalaridan biridir. Tabiat uchun ham, 
jamiyat va inson hayoti uchun ham o‘rmonlarning ahamiyati beqiyosdir. 
―O‘rmon barcha tabiat boyliklarini o‘zaro bir-biri bilan bog‘lovchi, inson 
hayotining davom etishida ekologik muvozanatni mustahkamlovchi, yer, suv, 
hayvonot, o‘simliklar dunyosi hamda havoning muvozanatini ta‘minlovchi 
manbadir‖. 
Inson hayoti bevosita o‘rmonlar bilan bog‘liq. Odamzot qurilish ishlari, 
yog‘ochsozlik va qog‘oz sanoati uchun o‘rmonlardan foydalanadi.
Har xil mevalar ham, inson salomatligi uchun o‘ta zarur va muhim 
hisoblangan shifobaxsh giyohlar, dori-darmonlar ham o‘rmonlardagi daraxtlar, o‘t-
o‘lanlardan olinadi. 
Bundan tashqari o‘rmonlar istirohat qilinadigan joy sof havoning koni 
boyliklar manbaidir. Olimlarning fikricha bir gektar o‘rmon yozda bir kunda 200 
kgkarbonat angidridni yutib, inson uchun zarur kislorod ajratib chiqaradi. Ana shu 
ma‘noda o‘rmonlarni sof havo manbai, atrof-muhitning tabiiy tozalagichi, deb 
ta‘riflaydilar. 
Keyingi yillarda dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida o‘rmonlar har-
xil bahonalar bilan o‘ylamay-netmay vahshiylarcha kesib tashlanmoqda. 
Ba‘zan shunday hollar sodir bo‘ladiki, sayr-sayohat bahonasida dalayu-
qirlar, tog‘ bag‘rilari, daryo va dengiz bo‘ylariga chiqqan odamlar daraxtlarni 
sindirishadi, o‘t-o‘lanlar va giyohlarni payhon qilishadi, qushlarga o‘q otishadi, 
hayvonlarni ovlashadi, baliqlarni nest-nobud qilishadi. 
O’simlik dunyosi 
Qog‘oz va 
karton 12% 
Yoqilg‘i 45% 
Qurilish uchun 
35% 
Shaxta 3% 
Boshqa soha 5% 


167 
Istiqbolni o‘ylamay qilingan ko‘r-ko‘rona harakatlar oqibatida millionlab 
gektar ekin maydonlari va tropik o‘rmonlar yildan-yilga yo‘qolib bormoqda. Bu 
esa, oziq-ovqat, ip-tola, qurilish materiallari va energiyaga ta‘sir qilayotgan 
iqtisodiy tanglikning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. 
O‘rmonlardan intensiv foydalanish, unining qisqarishiga olib kelib, daryo 
suvlari rejimiga salbiy ta‘sir etmoqda, ko‘l suvlarining sayozlashib, hatto qurib 
qolishiga sabab bo‘ladi. Yer sharining qaysi tog‘li mintaqasida o‘rmonlar betartib 
kesilgan bo‘lsa, o‘sha yerda tez-tez xavfli suv toshqinlari va sel bo‘lib turadi.
Farg‘ona, Zarafshon vodiylarining o‘rmon kam bo‘lgan joylarida tez-tez sel 
bo‘lib turadi. Shu sellarni oldini olish maqsadida bunday joylarda zinapoyasimon 
shaklda daraxtlar o‘tqazib, selning oldi olinmoqda. O‘rmonlar sayyoramiz havosini 
tozalab turishda ayniqsa, katta ahamiyatga ega.
Chunki, 1 gektar o‘rmon 18 million m
3
havoni tozalab turadi. O‘rmonli 
yerlardagi havo shahar havosidan 200 marta tozadir. O‘zbekiston territoriyasida 
tog‘lar notekis joylashgan. Tog‘lardagi o‘rmonlarning umumiy fondi 1131,1 ming 
gektar bo‘lib, unda asosan, yong‘oq, archa, pista, olma, bodom, do‘lana, olcha kabi 
daraxtlar o‘sadi.
Sayyoramiz aholisining kun sayin o‘sib borishi, yashash ehtiyojlarining 
oshishi ko‘proq miqdorda oziq-ovqat, yoqilg‘i, kiyim- kechak va boshqa 
narsalarga bo‘lgan ehtiyojlari muttasil ravishda o‘sib borayotganligi ham odamlar 
bilan atrof-muhit o‘rtasidagi nomutonosiblikning kuchayishiga sabab bo‘lmoqda. 
Bu esa o‘simliklardan foydalanish hajmining oshishiga sabab bo‘lmoqda. BMT 
hisob-kitoblariga ko‘ra 1995-yilda jahonda 5 milliard 702 million aholi yashagan. 
1998-yilda esa bu ko‘rsatkich 6 milliarddan oshib ketgan (har 12,5-13 yilda aholi 1 
illiardga ko‘paymoqda). 2025-yilga borib aholi soni ilgarigi mo‘ljaldan 300 million 
ziyod ya‘ni 8,5 milliardga yetadi deb taxmin qilinmoqda. 
Demak, bu davrda jahon aholisi 1995-yilga nisbatan yana 2 milliard 610 
million kishiga ko‘payadi. Bu raqamlarning ko‘proq tashvishlantiradigan tomoni 
bor, ilgari ya‘ni dunyo aholisining soni 1 milliarddan 2 milliardgacha o‘sishi uchun 
130 yil zarur bo‘lgan edi. Bu o‘ziga xos demografik jadal o‘sish shu daliga 


168 
asoslanadiki aholining ko‘payish sur‘atlari rivojlangan mamlakatlrda asta-sekin 
kamaymoqda. 
XXI asr davomida kurrai zaminning yangi milliardlab avlodlari katta 
iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan Osiyo, Afrika 
mamlakatlarida dunyoga keladi. Osiyo qit‘asining aholisi 1995-yilda 3 milliard 
451 million bo‘lsa, 2025 yilda bu ko‘rsatkich 5 milliard kishiga yetadi.
Afrika aholisi esa shu davr ichida 720 milliondan 1 milliard 510 millionga 
yetdi. Ayrim mamlakatlarning aholisi nihoyatda katta tezlik bilan o‘sib bormoqda. 
Saudiya Arabistoni aholisi soni 1995-yilda 18,5 million kishi bo‘lsa 2025-yilda 
48,2 million kishiga yetadi. Shu vaqt ichida Mali aholisi 9,4 milliondan 23,7 
millionga, Nigeriya aholisi 101,3 milliondan 246 millinga, Gana aholisi 38 
millionga yetadi. Taxmin qilishlaricha Yer yuzi aholisining 80 foizi ya‘ni g‘oyat 
katta qismi Uchinchi Dunyo deb ataladigan, kam taraqqiy etgan mamlakatlar 
yashaydigan bo‘ladi. 
Markaziy Osiyo Respublikalarida ham aholining jadal sur‘atlar bilan o‘sishi 
kutilmoqda. O‘zbekiston aholisi soni 1995-yilda 22,7 million bo‘lgan bo‘lsa, 2025 
yilda esa 42,3 millionga yetadi. Shu davr ichida Qozog‘iston aholisi 16,9 
milliondan 20,2 milliongacha Tojikiston aholisi 5,8 milliondan 13,1 millionga, 
Turkmaniston aholisi 4,5 milliondan 7,9 millionga Qirg‘iziston aholisi 4,4 million 
dan 7 millionga yetishi taxmin qilinmoqda. Shu 30 yil ichida Markaziy Osiyodagi 
besh mustaqil davlatning aholisi 54,3 milliondan 90,8 millionga yetishi mumkin.
Rossiya aholisi soni esa shu 30 yil ichida faqat 5-6 millionga ko‘payishi 
kutilmoqda. Bu o‘sish ham Shimoliy Kavkaz va Sibir aholisi hisobiga yuz beradi. 
Demografik portlash dunyo aholisining juda katta suratlar bilan ko‘payib 
borishi keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolarni yuzaga keltiradi. XX asr 
oxiri va XXI asr boshlarida aholisi 11 milliondan ortiq har 20 shaharning 17 tasi 
Uchinchi dunyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. ―Biroq katta shaharlar shunday ham 
yetishmay turgan oziq-ovqat va suv resurslarini is‘temol qilib yoqilg‘ini sarflab va 
axlat chiqaribgina qolmay balki sanoat korxonalari hisobiga tez kengayib atrof 


169 
maydonni o‘zlarining chiqindilarini o‘zlashtirishga va tozalashga majbur qiladi‖, 
bu birinchidan. 
Ikkinchidan demografik jarayonlar inson ehtiyojlarini qondirish masalalari 
ustida bosh qotirishni vaziyat nihoyatda og‘irlashganda emas balki hozirning 
o‘zidayoq hissiyotlarga berilmay aql idrok bilan ilmiy asosda yondashishni 
kelajakni o‘ylab rejali ish yuritishni taqozo etadi. 
Dunyo bo‘ylab aholi sonining to‘xtovsiz o‘sib borishi ekin ekiladigan 
yerlarga bo‘lgan ehtiyojning yil sayin kuchayib borishiga sabab bo‘lmoqda.
Aholi soni ko‘paygan sari insonning ehtiyojlarini asosan yer ustida
o‘sadigan barcha o‘simliklar, yer osti boyliklari, chorvachilik mahsulotlari, dengiz 
va okeanlardagi tabiiy boyliklar, o‘rmon boyliklari qondiradi. Inson ehtiyojini 
qondiradigan boshqa tabiiy manba yo‘q. Jami boyliklarning manbai bo‘lgan Yer 
esa cheksiz va chegarasiz ham emas, chegaralangan. Yer osti boyliklari ham okean 
va dengizlardagi tabiiy boyliklar va boshqa tirik organizmlar ham jonzotlar 
o‘simliklar va parrandalar ham cheklangan.
Kelajakni o‘ylamay foydalanish oqibatida ular ham tugab qolishi hech gap 
emas. Keyin nima bo‘ladi? Ana shu masalalar ustida hozirdanoq o‘ylash fursatni 
boy bermaslik kerak. 
Rizq-ro‘zimiz manbai bo‘lgan yerning qadriga yetish uning eng bebaho 
bebaho boylik sifatida e‘zozlash birinchi darajali vazifadir. Islom Karimov 
quyidagi dono so‘zlari har bir inson uchun asosiy yo‘l- yo‘riqdir: ―Yerning 
cheklanganligi va uning sifat tarkibi pastligi bilan bog‘liq xavf to‘xtovsiz ortib 
bormoqda. Markaziy Osiyo sharoitida yer Olloh taoloning bebaho in‘omidir. U 
tom ma‘noda odamlarni boqadi, kiyintiradi‖. Bevosita dehqonchilik bilan 
bog‘langan oilalarnigina emas balki ma‘lum bir tarzda qishloq xo‘jaligi bilan 
aloqador barcha tarmoqlar va uning ne‘matlaridan bahramand bo‘layotgan 
respublikaning barcha aholisi farovon turmush kechirishi uchun moddiy negiz 
yaratadi.
Ayni vaqtda yer ulkan boylik bo‘libgina qolmay mamlakatning kelajagini 
belgilab beradigan omil hamdir. Bu hol O‘zbekistonda ayniqsa yaqqol namoyon 


170 
bo‘lmoqda chunki yerning iqtisodiy va demografik vazifazi yildan-ylga kuchayib 
bormoqda.
Respublikaning 447,4 ming kvadrat kilometrdan ortiq bo‘lgan umumiy yer 
maydonining atigi 10 foizinigina ekin maydonlari tashkil etadi. Ayni chog‘da 
O‘zbekiston egallab turgan maydonning ancha qismini Qoraqum, Qizilqum, 
Ustyurt kabi cho‘l va yarim cho‘llar tashkil qiladi. Markaziy Osiyo mamlakatlari 
orasida O‘zbekistonda aholining zichligi ayniqsa yuqori bo‘lib 1 kvadrat 
kilometrga 51,4 kishi to‘g‘ri keladi. Respublikamizda har bir odamga 0,17 gektar 
ekin maydoni to‘g‘ri kelsa, Qozog‘istonda 1,54, Qirg‘izistonda 0,26, Ukrainada 
0,59, Rossiyada 0,67 gektar ekin maydoni to‘g‘ri keladi. 
Aholi sonining oshishi yangi yerlarni ko‘proq o‘zlashtirish zaruriyatini 
keltirib chiqaradi. Oqibatda yer yuzida jahon ahamiyatiga molik qo‘riqxonalar 
yo‘qolib hayvonlar va parrandalarning yuzlab noyob turlari tugab, cho‘llar, 
qamishzorlar, to‘qaylar keskin kamayib boradi. Bu jarayon nafaqat hayvonot va 
o‘simliklar dunyosiga, balki shular qatorida insoniyatga ham halokatli ta‘sir 
ko‘rsatishi tabiiy hodisadir. Yer shari quruqlik yuzasidagi o‘rmonlar kishilik 
jamiyati taraqqiyoti ta‘sirida o‘zgarib, maydoni qisqarib bormoqda. Bundan 1,5 
ming yil ilgari Yer shari quruqlik yuzasining 47 foizini o‘rmonlar qoplagan bo‘lsa, 
hozir o‘rmonlar maydoni 27 foizni ishg‘ol etadi. Antarktidani hisobga olmaganda, 
Yer shari quruqlik yuzasining 33 foizi o‘rmonlar bilan qoplangan. Bundan bir 
necha ming yil ilgari sayyoramizda o‘rmonlarning umumiy maydoni 7,6 milliard 
gektar bo‘lsa, hozir 4,04 milliard gektarga teng. 
O‘rmonlar Yer yuzasida notekis joylashgan. 4040 million gektar o‘rmonlar 
maydonining 140 million gektari Yevropada, 824 million gektari Shimoliy va 
Markaziy Amerikada, 635 million gektari Afrikada, 510 million gektari Osiyoda, 
82 million gektari Avstraliya va Okeaniyada, 910 million gektari Rossiya 
Federatsiyasi territoriyasida joylashgan.
Yer sharidagi o‘rmonlar maydonining 54 foizi, yog‘och zahirasining 86 foizi 
Yevrosiyoda va Shimoliy Amerikada joylashgan. Afrika, Janubiy Amerika, 


171 
Avstraliya va Okeaniyada butun o‘rmonlar maydonining 46 foizi joylashsada, 
yog‘och zahirasi juda oz bo‘lib, faqat 14 foizni tashkil etadi, xolos. 
O‘rmonlar sayyoramizning shimoliy yarim sharida ko‘proq. Bu yarim 
sharning mo‘tadil mintaqasida igna bargli o‘rmonlarning 95 foizi, keng bargli 
o‘rmonlarning esa 90 foizi joylashgan. O‘rmonlar maydonining kattaligi va 
yog‘och zapasi jihatidan Rossiya jahonda birinchi o‘rinda turadi. Rossiyada 
o‘rmonlarning umumiy maydoni 910 million gektar bo‘lsa, Kanadada 350 million 
gektar, Amerika Qo‘shma Shtatlarida (AQSH) 225 million gektar, Shvetsiyada 
23,1 million gektar, Finlyandiyada 21,7 million gektar, Fransiyada 10,5 million 
gektar o‘rmon bor. 
Sayyoramizda mavjud o‘rmonlar maydonining bir qismi tabiati ancha 
noqulay bo‘lgan tog‘li rayonlarda joylashgan. Bu esa ularda foydalanishda 
noqulaylik tug‘diradi.
Shu sababli hozirgi transport va texnika vositalari bilan Yer sharidagi 
o‘rmonlar maydonining faqat 62 foizidangina foydalanish mumkin. Qolgan 38 
foizidan esa kelajakda foydalanish mumkin bo‘lar. Hozircha Yer sharidagi 
o‘rmonlar umumiy maydonining 33 foizidan foydalanilmoqda. 
Dunyo bo‘yicha o‘rmonlardagi yog‘ochning umumiy zahirasi 133,6 milliard 
m
3
(har bir kishiga 22 m
3
) bo‘lib, hozirda yiliga 1,5-1,6 milliard m
3
ga yaqin 
yog‘och tayyorlanadi. O‘sha tayyorlanayotgan yog‘ochning 65 foizi Shimoliy 
Amerika, G‘arbiy Yevropadagi mamlakatlari va Rossiya Federatsiyasiga, qolgan 
qismi esa Markaziy Amerika, Afrika, Xorijiy Osiyo, Okeaniya va Avstraliyaga 
to‘g‘ri keladi. 
Yog‘och bizning asrimizda universal materialga aylanib, undan xalq 
xo‘jaligining turli sohalarida, jumladan, mudofaada, madaniy-oqartiruv ishlarida 
ham keng foydalanilmoqda. Hozirgi vaqtlarda kimyo sanoatida yog‘ochdan 
tezkorlik bilan foydalanilmoqda. Bundan chorak asr ilgari yog‘ochdan 4-5 ming xil 
narsa tayyorlangan bo‘lsa, hozir undan 15-20 ming xil narsa ishlab chiqilmoqda. 
Shunday bo‘lsada hozir ham yog‘ochdan, birinchi navbatda, yoqilg‘i sifatida, 
ikkinchi navbatda qurilish materiallari sifatida, so‘ngra boshqa sohalarda 


172 
foydalanilmoqda. Agar jahonda tayyorlanayotgan yog‘ochni 100% deb hisoblasak, 
shuning 45 foizi yoqilg‘iga, 35 foizi qurilish materiallariga, 12 foizi qog‘oz va 
karton ishlashga, 3 foizi shaxtalarga, 5 foizi boshqa sohalarga ishlatiladi. Hozir 
jahonda yiliga 500-600 million m
3
yog‘och yoqilg‘iga sarflanmoqda. 
Sayyoramizda tayyorlangan yog‘ochning qolgan qismi kimyo sanoati uchun xom 
ashyo bo‘lib ximat qilmoqda. 
O‘rmonlar inson uchun oziq-ovqat manbai hamdir. Chunki juda ko‘p 
daraxtlar (kedr, yong‘oq, non daraxti, kakao daraxti, yovvoyi olma, olcha, do‘lana, 
bodom, pista va boshqalar) sifatli meva beradi. faqat Sibir o‘rmonlaridan har yili 
18,8 million tonna meva yig‘ib olinadi. Bulardan tashqari, Yer sharida juda 
ko‘plab meva beruvchi daraxtlar ham madaniy holda o‘stiriladi.
Olma, nok, o‘rik, sitrus o‘simliklari, xurmo, banan, ananas, zaytun, palma 
daraxti va boshqalar ana shular jumlasidandir. Ulardan har yili dunyo bo‘yicha 
131,2 million tonna atrofida sifatli oziq-ovqat resursi hisoblangan mevalar yig‘ib 
olinadi. So‘nggi paytlarda o‘rmondan kimyoviy yo‘l bilan qand moddasi ham 
ajratib olinmoqda. Bir tonna yog‘ochdan gidroliz qilish yo‘li bilan 550-560 
kilogrammgacha qand olish mumkin. Shuningdek, yog‘ochdan oqsil va 
vitaminlarga boy bo‘lgan achitqilar ham olina boshlandi. Mo‘yna tayyorlashda 
o‘rmonlarning roli ayniqsa katta. Chunki sifatli mo‘yna, teri, tuxum va go‘sht 
beruvchi hayvonlarning ko‘pchiligi (olmaxon, tiyin, tulki, ayiq, silovsin, yo‘lbars, 
bug‘u, bizon, tur, zubr va boshqalar) o‘rmonlarda yashaydi. 
O‘zbekiston Respublikasida o‘simliklar dunyosi haqida qanday ma‘lumotlar 
berilgan? O‘zbekiston o‘zimliklar dunyosining xilma-xilligi, turlariga g‘oyat 
boyligi va ularning xalq xo‘jaligidagi muhim salmog‘i bilan Markaziy Osiyoda 
o‘ziga xos o‘ringa ega. So‘nggi paytlarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi 
Botanika institutida olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, o‘lkada 146 oilaga 
mansub o‘simlik turlari borligi ma‘lum bo‘ldi.
Bularning aksariyat qismini qoqidoshlart (600 ga yaqin tur), burchoqdoshlar 
(450 ga yaqin tur), bug‘doydoshlar (260 ga yaqin tur), karamdoshlar, 
yalpizdoshlar, shviddoshlar, sho‘radoshlar, loladoshlar, chinniguldoshlar, 


173 
yoronguldoshlar, govzabondoshlar, ra‘nodoshlar kabi yirik oilalarning vakillari 
tashkil etadi. O‘zbekiston florasi paydo bo‘lishi, tarqalishi, tur, turkum va 
oilalarning umumiy o‘xshashligi jihatidan O‘rta Osiyodagi boshqa respublikalar, 
Eron, Afg‘oniston o‘simlik qoplamiga juda yaqin turadi. O‘zbekiston florasi uzoq 
tarixga ega. Polebotanik tadqiqotlar respublika hududida quruqlikdagi yuksak 
o‘simliklarning (psilofitlardan tortib) barcha evolyutsion davrlariga oid o‘simlik 
qoldiqlari borligibi ko‘rsatdi. Hatto hozirgi Qizilqum cho‘llaridan bri vaqtlar bu 
yerlarda o‘sgan xurmo, chinor, terak kabi daraxt va butalarning qoldiqlari topilgan. 
O‘zbekistonda o‘simliklar o‘smaydigan joy yo‘q. Ularni tekislikdagi qumli 
cho‘llardan tortib, qorli baland tog‘largacha bo‘lgan turli relyef va tuproq 
sharoitida uchratish mumkin. O‘zbekiston o‘simliklarining tarqalishini yoritish 
uchun tavsiya etilgan to‘rt tik mintaqa (cho‘l, adir, tog‘, yaylov) asos qilib olingan. 
Har bir mintaqa o‘ziga xos relyef, iqlim, tuproq va o‘simlik dunyosiga ega. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin