D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev


V.6. Сhiqindi gazlarni tozalash va zararsizlantirish usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

V.6. Сhiqindi gazlarni tozalash va zararsizlantirish usullari 
Sanoat korxonalari atmosfera havosi tarkibiga chiqarayotgan zaharli gazlarni 
mumkin bo‘lgan me‘yoriy miqdorda bo‘lishini ta‘minlash maqsadida turli xildagi 
tozalash usullaridan foydalaniladi. Bu usullar sanoat korxonalri tomonidan 
chiqarilayotgan zaharli gazlarning tarkibiga qarab tanlanadi. Sanaot korxonalari 
chiqarayotgan zaharli kimyoviy gazlar tarkibiga qarab bir necha xil bo‘lishi 
mumkin. Sanoat chiqindi gazlarni tarkibidagi zararli qo‘shimchalar ikki guruhga 
bo‘linadi: 

mayda zarrachalar (aerozollar), changlar, tutun va tuman; 

gaz va bug‘ holidagi birikmalar; 


159 
Birinchi guruh organik yoki anorganik xususiyatga ega bo‘lgan qattiq hamda 
suyuq zarrachalardan iborat bo‘lib, ular havoga gazlar hamda ventilyatsion sistema 
chiqindilari bilan birga chiqadi. Anorganik changlar esa, sanoat chiqindilarida 
metall va uning rudalari alyumosilkatlar, turli mineral tuzlar, o‘g‘itlar, karbidlar va 
shunga o‘xshash anorganik birikmalarni qayta ishlash jarayonida hosil bo‘ladi. 
Organik tavsifga ega bo‘lgan changlarga ko‘mir, torf, slanes, pista ko‘mir va 
qurum kiradi Sanoat chiqindi gazlaridagi tumanlar asosan sulfat hamda fosfat 
kislotalardan iborat. 
Ikkinchi guruhga gaz hamda bug‘ holidagi qo‘shimchalar birmuncha ko‘p 
bo‘lib, ularga asosan kislotalar, kolloidlar va kolloidli hosilalar hamda gaz 
holatidagi oksidlar, aldegidlar, ketonlar, spirtlar, uglevodorodlar, aminlar, 
piridinlar kiradi. 
Sanoat chiqindi gazlari tarkibidagi zararli birkmalar odam, o‘simlik hamda 
hayvonlar uchun zararligidan tashqari, bu chiqindilarning iqtisodiy ziyoni ham bor. 
Chunki bu chiqindi gazlar bilan birgalikda to‘planib bo‘lmaydigan holatdagi 
ko‘p foydali birkmalar organik erituvchilar, metallar, oltingugurt oksidlari havoga 
chiqarib yuboriladi. Masalan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda havoga chiqarib 
yuborilayotgan oltingugurt miqdori shu mamlakatda sulfat kislota ishlab chiqarish 
uchun zarur bo‘lgan oltingugurt miqdoridan ko‘p. 
Bundan tashqari, havo tarkibida turli kimyoviy moddalar bo‘lganda metallar 
tez zanglaydi masalan, sanoat rayonlarida po‘lat qishloq yerlariga qaraganda 3-4 
marta tez zanglaydi. 
Atmosfera havosini sanoatning zararli chiqindilaridan muhofaza qilishning 
muhim choralari, yangi ishlab chiqarish jarayonlarini ratsional tashkil etish hamda 
mavjudlarini takomillashtirish yo‘li bilan zararli birikmalar bo‘lishiga yo‘l 
qo‘ymayslik yoki alohida jarayonlarda siklik sxemalarni qo‘llash hamda xom 
ashyo va chiqindilardan kompleks foydalnib, yangi ishlab chiqarishlarni tashkil 
etishdan iborat. Masalan, rangli metallurgiya zavodlaridan havoga chiqarib 
yuboriladigan SO
2
sulfat kislota olish uchun ishlatilsa, havo ifloslanishdan 
muhofaza qilingan bo‘ladi va shu bilan birga ishlab chiqarilyotgan sulfat 


160 
kislotaning tannarxi kimyoviy zavodlarda boshqa usullar bilan ishlab 
chiqariladigan sulfat kislotaga nisbatan 30% ga kamayadi. 
Atmosferaga gaz chiqarmay ishlaydigan siklik jarayonga misol: ammiakning 
sintezidir. Texnika va texnologiyaning hozirgi holatida zaharli birikmalarni havoga 
sira chiqarmaslik imkoniyatlari deyarli yo‘q. Shuning uchun ham havoni bunday 
birikmalardan muhofaza qilishning eng oson imkoniyati, turli gaz tozalovchi 
inshootlardan foydalanishdan iborat. Bunday inshootlarning asosiy vazifasi 
chiqindi gazlar tarkibidagi zaharli birkmalar konsentratsiyasini sanitariya 
me‘yorlari bo‘yicha yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan konsentratsiyagacha 
kamaytirishdir. 
Bu ishni gaz tozalagichlar yordamida bajarishning iloji yo‘q, u holda 
chiqindi gazlar tarkibidagi zararli birkmalar konsentratsiyasini ko‘p marta 
suyultirish yo‘li bilan bir necha barobar kamaytiriladi yoki juda baland gaz 
trubalari orqali atmosferaning yuqori qavatlariga chiqarib yuboriladi. 
Chiqindi gaz tarkibidagi zararli birikmalarning tavsifiga qarab, ularni 
tozalash usullari uch turga bo‘linadi: 

suyuqliklar yordamida absorbsiyalash

qattiq yutuvchlar yordamida adsorbsiyalash; 

katalitik tozalash; 
Suyuqliklar 
yordamida 
absorsiyalash 
zararli 
birikmalarning 
turli 
erituvchilarda tanlab erish xossasiga asoslangan bolib, hozirda u eng keng 
tarqalgan hamda eng ishonchli usuldir. 
Bu usul sanoat miqyosida chiqindi gazlardan uglerod oksidlari, azot 
oksidlari, xlor, oltingugurt (II) oksid, vodorod sulfid va boshqa oltingugurtli 
birikmalar, kislota bug‘lari, sianli birikmalar va turli zaharli birikmalar (fenol, 
formaldegid, ftor angidrid)ni tutib qolish uchun keng qo‘llanilmoqda. 
Adsorbsion tozalash usuli uzluksiz siklik jarayondan iboratdir, chunki bu 
uslda qo‘llanilayotgan suyuyqliklar ma‘lum vaqtdan so‘ng regeneratsiya qilinib 
yana qaytadan tozalash uchun qo‘llaniladi. Sanoatda absorbsion reaktorlar sifatida 
to‘ldiruvchilar bilan to‘ldirilgan minoralar, tarelkali yoki polkali reaktorlar ko‘proq 


161 
qo‘llaniladi. Bu usulning o‘ziga xos xususiyati uning uzluksizligi nisbatan kam 
xarajat sarflanib, ko‘p zararli birikmalarni ushlab qolishi hamda tozalovchi 
suyuqliklarning 
oson 
regeneratsiya 
qilinishidir. 
Uning 
kamchiligi 
esa, 
qo‘llaniladigan jihozlarning ko‘pligi va qo‘polligi, texnologik jarayonlarning 
murakkabligi va ko‘p bosqichligidir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin