158
Sanitariya xodimlari MChM yordamida
ogohlantirish beradilar, kundalik
sanitariya nazoratini amalga oshiradilar. Hozirgi kunda atmosfera havosidagi 600
ga yaqin kimyoviy zaharli modda MChM ishlab chiqilgan,
shuningdek, 33 ta
moddaning birgalikda ta‘sir qilishi
o‘rganilib, ular uchun me‘yoriy miqdorlar
belgilangan.Gigiyena fani uchun murakkab masalalardan
biri-ishlab chiqilgan
mumkin bo‘lgan chegaraviy miqdorlarni hayotga tadbiq etishdir.
Har bir zaharli modda atmosfera havosi orqali organizmga tushadigan
bo‘lsa, unga organizm o‘ziga xos biologik reaksiyalar bilan javob beradi. Masalan,
kishi betoblanishi, o‘lishi ham mumkin. Atmosfera havosi ifloslangan bo‘lishiga
qaramay, turli organizmlarga turlicha ta‘sir qiladi.
Xorijiy mamlakatlarda mumkin bo‘lgan
chegaraviy miqdor bizning
mamlakatimizdagi mumkin bo‘lgan me‘yoriy miqdordan farq qiladi. Masalan,
sulfid angidrid uchun bizda MChM 1 m
3
atmosfera havosida 0,05 mg ga teng
bo‘lsa, AQSh da 0,26 mg, Fransiyada 0,75 mg, Shetsiyada 0,25 mg, Polshada 0,35
mg, Yaponiyada esa 0,1 mg. deb qabul qilingan. Kimyo sanoati keyingi 30-40 yil
ichida jadal rivojlandi, natijada zaharli moddalarnin organizmlarga ta‘siri ham
ko‘paydi. Har bir kimyoviy zaharli moddalar uchun mumkin bo‘lgan
chegaraviy
miqdorni ishlab chiqish ancha murakkab bo‘lishiga qaramay, faqatgina MChM
ishlab chiqilgandan keyingina ulardan foydalanishga ruxsat beriladi.
Dostları ilə paylaş: