VI.5. Atmosferaga chiqadigan chiqindilarni tozalash muammolari
Butun tirik organizmlarni o‘z bag‘riga olgan tabiatda turli zararli moddalar
haddan tashqari ko‘payib ketmasa, tabiiy jarayonlar ta‘sirida zaharli omllar o‘z-
o‘zidan zararsizlanishi mumkin. Atmosfera havosiga chiqarib tashlangan
gazsimon, bug‘simon moddalar yoki changlar oz miqdorda bo‘lsa, ular vaqr o‘tishi
bilan o‘z-o‘zidan havo muhitida kuyib, zararsiz holatga o‘tib qoladi. Atmosfera
havosining o‘z holicha tozalanish xususiyati juda sekinlik bilan boradi. Atmosfera
havosining tozalanishida yog‘ingarchilik asosiy o‘rin tutadi. Havo tarkibida
mavjud bo‘lgan zararli omillarni qor va yomg‘ir suvlari yuvadi. Yog‘ingarchilik
qanchalik ko‘p bo‘lsa, havo tarkibi shunchalik tozalanadi. Atmosfera havosini
tozalashda daraxtlar, qolaversa, o‘simliklar olamining ahamiyati katta. Jumladan,
daraxt barglari chang zarralarini, zararli gazlarni o‘ziga singdirib oladi.
Havoning iflosliklardan tozalashda suv havzalarining roli ham katta. Sanoat
korxonalaridan ajralib chiqayotgan zaharli chiqindilar o‘simliklar olamiga asoratli
153
ta‘sir ko‘rsatadi. Sanoat korxonalaridan atmosfera havosiga chiqadigan
chiqindilarni kamaytirish ustida ko‘plab tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda atmosfera havosini muhofaza qilish uchun uchta tadbirni
amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Bular texnologik, loyihalash, sanitariya-texnika
tadbirlaridir. Mazkur tadbirlar amalga oshirilsa, atmosfera havosining ifloslanishini
ruxsat etiladigan darajada ta‘minlash mumkin bo‘ladi.
Texnologik tadbirlar.
Atmosfera havosini muhofaza qilishda texnologik
tadbirlarning ahamiyati katta. Tekshirish natijalariga qarab, ob‘yektlarga va
atmosfera havosiga tashlanadigan chiqindilar miqdorini kamaytirish yoki mutlaqo
to‘xtatish mumkin bo‘ladi.
Buning
uchun
sanoat
korxonalaridagi
texnologik
jarayonlar
takomillashtirilishi zarur. Shunda hatto chiqindisiz yoki kam chiqindili mahsulot
ishlab chiqarish mumkin bo‘ladi. Bunday jarayon berk jarayon bo‘lib, bunda
chiqindilardan umuman bo‘lmaydi yoki chiqindilardan boshqa mahsulot ishlab
chiqariladi. Fan va texnika yutuqlaridan chiqindisiz ishlab chiqarishda foydalanish
aholi turar joylari havosini toza bo‘lishida katta ahamiyatga ega.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan kam chiqindili hamda chiqindisiz
sanoat korxonalarini tashkil qilish to‘g‘risida maxsus qaror qabul qilingan. Yana
bir muhim masala, zaharli moddalarni zahari kam bo‘lgan moddalarga
almashtirishdir.
Masalan, ko‘mir yoki mazut yoqib isitiladigan qozonlar gaz bialn isitilsa,
atmosferaga chiqadigan zararli moddalar 70-90% ga kamayib ketadi. Xom
ashyolar tarkibidagi zararli moddalarni yo‘qotish ham texnologik jihatdan muhim
hisoblanadi. Texnologik jarayonlar biror daqiqa bo‘lsa ham to‘xtab qolmasligi
kerak. Agar jarayon to‘xtab qolsa, chiqindilar to‘planib atmosfera havosining
ifloslanishiga imkon tug‘dirishi mumkin.
Atmosfera havosini mutloq ifloslanishdan xoli qilishning iloji bo‘lmasa
ham, uni kamaytirish, oldini olish mumkin, bu muhandis va texnik xodimlardan
hushyorlikni talab qiladi.
154
Loyihalashga asoslangan tadbirlar o‘z ichiga bir qancha kompleks holdagi
masalalarni oladi:
Shahar hududini zonalarga bo‘lish;
Tabiiy changlarga qarshi kurashish;
Sanitariya himoya chegaralarini tashkil qilish;
Turar joylar loyihalarini takomillashtiish;
Turar joylarni ko‘kalamzorlashtirish;
Loyihalashga asoslangan chora-tadbirlar asosan, chiqindilarni atmosfera
havosiga tushishining oldini olishga qaratilgan. Sanoat korxonalari shahar
hududida to‘g‘ri joylashtirilishi, shahar bosh loyihasiga hamda sanitariya
me‘yorlariga asoslangan holda qurilishi kerak. Sanoat korxonalarini qurish uchun
yer maydoni ajratilayotganda joining relyefi, uning iqlim sharoiti, tumanlarning
paydo bo‘lib turish holatlariga ahamiyat beriladi.
Sanitariya-gigiyena
tadbirlari
sanoat
korxonalari
va
avtotransport
vositalaridan ajralib chiqadigan zararli chiqindilarni tozalash va bu usullarni
takomillashtirishni o‘z ichiga oladi. Mazkur usulda qurilgan tozalash inshootlari,
mazkur sanoat korxonalaridan ajralib chiqayotgan zararli omillarni kamaytirish
yoki butunlay yo‘qotish bilan shug‘ullanadi. Tozalash inshootlari changlarni
mexanik usulda filtrli apparatlar yordamida, elektrostatik filtrlar va namlaydigan
apparatlar vositasida ushlab qoladi.
Sanoat korxonalari chiqindilaridan havoni tozalash uchun absorbsiya va
adsorbsiya jarayonlarini bajaruvchi asboblar ishlatiladi. Bular skrubberlar, ko‘pik
hosil qiluvchi apparatlar, barboterlar va boshqa moslamalardir.
Atmosfera havosini tozalash yo‘lida olib borilayotgan ishlar atmosferaga
tushayotgan iflosliklarni bir necha million tonnaga kamaytirmoqda.
Bu o‘z navbatida, aholining salomatligini saqlashda ma‘lum darajada ijobiy
rol o‘ynamoqda. Atmosfera havosining tozaligini ta‘minlash uchun kundalik
sanitariya nazorati joriy qilingan. Sanoat korxonalarida kundalik sanitariya
nazoratini amalga oshirish va atmosfera havosining ifloslanishining oldini olish
maqsadida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
155
Gigiyena jihatdan talabga javob beradigan uskunalar ishlatilishi:
Texnologik jarayonlar vaqtida quvurlarni mahkam berkitish, ular
orqali zaharli gazlar chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Xom ashy ova reaktiv sifatida foydalaniladigan kimyoviy
moddalardan me‘yorida foydalanish;
Korxonalarda ishlab chiqarilayotganmahsulotlarni qadoqlash va
boshqa jarayonlarni avtomatlashtirilishi zarur;
Texnologik jarayonlarni berk sistemaga o‘tkazish, iloji boricha
isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik zarur.
Eng zaruri tozalash inshootlarining samarali ishlashini ta‘minlash
hisoblanadi;
Keyingi yillarda kimyoviy moddalarning ko‘p qo‘llanilishi natijasida artof-
muhit, insonlar salomatligi yomonlashdi va bu jarayon davom etmoqda,
deyishimiz mumkin. Zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llash jarayonida ularning
tashqi muhit ob‘yektlaridagi qoldiq miqdorlarining inson organizmiga bo‘ladigan
ta‘sirining oldini olish dolzarb masala hisoblanadi.
Bu borada sanitariya muassasalarining olib boradigan sanitariya nazorat
ishlari kishilar salomatligini kimyoviy zaharli moddalarning qoldiqlari ta‘siridan
asrashga qaratilgan. Zaharli kimyoviy moddalar qo‘llanganida, ularning qoldiqlari
atrof muhit ob‘yektlari bo‘lmish, mehnat qilish xonalaridagi havoda, suv
havzalarida, turar joylarning atmosfera havosida, tuproqda va boshqa ob‘yektlarda
pestidsidlarning qoldiq miqdorini aniqlash, shu miqdorning kam yoki ko‘pligini
gigiyenik asosda ishlab chiqilgan me‘yorlari bilan taqqoslash maqsadida gigiyena
ilmi hayotda qo‘llaniladigan barcha zaharli moddalar uchun ruxsat etiladigan
miqdorni belgilaydi.
Gigiyena xodimlari havodagi zaharli moddalarning ruxsat etiladigan
(mumkin bo‘lgan me‘yoriy miqdor) miqdorini aniqlash borasida bir qator nazariy
va amaliy tadbirlar ishlab chiqdilar. Bu sanoat korxonalari oldiga iflos chiqindilar
miqdorini me‘yoridan oshirmaslik vazifasini qo‘yadi. Shu sababli, ko‘pgina
korxonalarda texnologik jarayonlar o‘zgartirildi, tutun, chang, qurum va zaharli
156
gazlarni ushlab qoluvchi vositalar o‘rnatildi. Har bir kimyoviy jarayon uchun
mumkin bo‘lgan me‘yoriy miqdor ishlab chiqildi va uni amalga oshirish, ishlab
chiqarishda tadbiq etishga ahamiyat berildi.
Agar, atmosfera havosining ifloslanish darajasi aniqlansa, unda faqat
moddaning nomini, miqdorini bilishning o‘zi kifoya qilmaydi, bunda aniqlangan
miqdor ruxsat etiladigan miqdordan necha foiz ortdi, deb so‘raladi. Atmosfera
havosida zaharli kimyoviy moddalarning mumkin bo‘lgan me‘yoriy miqdorini
aniqlash uchun dastlab, eng kichik miqdor aniqlanadi.
Bu kichik miqdor mumkin bo‘lgan me‘yoriy miqdorni aniqlash uchun kerak
bo‘lgan limitli sezgir ko‘rsatgich bilan izohlanadi. Inson organizmidagi sezgi
a‘zolari havodagi zaharli moddalar hidini sezmasa, shu zaharli modda tashqi
muhitga zarar yetkazmasa, u holda zaharli moddalarning limit ko‘rsatkichi
insonning sezgi a‘zolari hisoblanadi. Chunki,bugungi kunda eng kichik miqdorni
insonning sezgi a‘zolari aniqlaydi.
Aniqlangan miqdor tashqi muhitga ta‘sir qilsa, u holda gigiyenik me‘yor
ishlab chiqilayotganda tashqi muhitni o‘zgartiruvchi eng kichik miqdor nazarda
tutiladi. O‘rtacha mumkin bo‘lgan me‘yoriy miqdorni aniqlash uchun zaharli
moddaning umumiy ta‘siri o‘rganiladi. Buning uchun sutkalik maxsus tajriba
o‘tkaziladi.
Tajribalar asosan, oq kalamush, dengiz cho‘chqasi kabi laboratoriya
hayvonlarida olib boriladi. Buning uchun maxsus kameralarda 3-4 oy tajriba
o‘tkaziladi. Bunda tajribadagi hayvonlarga havo bilan o‘rganilayotgan modda
yuboriladi, eng kichik ta‘sir qilmaydigan miqdor ana shunday topiladi.
Bu miqdor mumkin bo‘lgan me‘yoriy miqdorni topish uchun asos bo‘ladi.
Hayvon organizmida ro‘y beradigan o‘zgarishlar bilinar-bilinmas bo‘lishi mumkin.
Shu sababli, bunda eng nozik asboblardan fiziologik, biokimyoviy, gistokimyoviy
hamda morfologik usullardan foydalanilib, eng nozik ko‘rsatkichlar aniqlanadi.
Tajriba vaqtida oliy asab sistemasidagi o‘zgarishlarga katta ahamiyat
beriladi. Ayrim tajribalarda qonning fermentativ holati, oqsil fraksiyalari, B
1
, B
2
va
boshqa vitaminlar yetishmasligi, embrionga, spermatozoidga ta‘siri o‘rganiladi.
157
Keyingi yillarda olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ba‘zi zaharli
moddalarning oz miqdori ham turli o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin ekan. Aholi
yashash joylari atmosfera havosi tarkibida bir vaqtning o‘zida bir necha xil
ta‘sirchan kimyoviy moddalar bo‘lishi mumkin. Organizmga bir qancha zaharli
moddalarning ta‘siri qanday o‘rganiladi? degan savol tug‘iladi.
Gigiyena xodimlari bu borada ham bir qancha nazariy va amaliy ishlarni
amalga oshirmoqdalar. Agar atmosfera havosi tarkibida bir qancha zaharli
moddalar mavjud bo‘lsa va baravar ta‘sir ko‘rsatsa, ularning atmosfera havosidagi
mumkin bo‘lgan me‘yoriy miqdori quyidagi formula bilan topiladi:
1
...
3
3
2
2
1
1
Dostları ilə paylaş: |