D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev


Ekologik qiyinchiliklarning sabablarini ong va moddiyat, ruh va tana



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

Ekologik qiyinchiliklarning sabablarini ong va moddiyat, ruh va tana 
hamda ruhning o’zidagi ziddiyatlarini tadqiq etish 
Hech e‘tibor qilganmisiz, jon-jahdi bilan yig‘layotgan go‘dakni ko‘tarib 
hovliga olib chiqsangiz, darrov yupanib qoladi. U kengliklarni ko‘rib yoki 
qushlarni ovozini eshitib taskin topdimikin! Balki gullarning, daraxtlarning, 
quyoshning jamoliga mahliyo bo‘lib ovungandir… Ehtimol, murg‘ak qalbi bilan 
Yerning isini tuyib, tuproqning taftini his qilib tinchlanib qolgandir. 
Nima bo‘lganda ham go‘dakni besaranjom qilgan narsa kengliklarga, 
erkinlikka bo‘lgan ayovsiz ehtiyoj, zotan odamzot ruhidagi hurlikka bo‘lgan tabiiy 
tashnalik tuyg‘usini, hech bir narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi. 
Shunday ekan ana shu kengliklarni asrash kerak emasmi? Tabiatni muhofaza 
qilish yerni, suvni, tuproqni, havoni, o‘simligu, hayvonot dunyosini ko‘z 
qorachig‘idek asrab avaylash iifloslanishi, kasallanishiga yo‘l qo‘ymaslik tabiiy 
zahiralardan unumli foydalanish inson va insoniyat baxtini, olis kelajakni o‘ylab 
faoliyat ko‘rsatishdir. Bu insoniy burch va ma‘suliyatni chuqur his etish va 
anglashning yorqin ifodasidir. 
Tabiatni e‘zozlash, atrof-muhitni muhofaza qilish haqidagi qarashlar va 
g‘oyalar Turonu Turkistonda qadimiy maskanimizda kuni kecha paydo bo‘lgan 
emas. Uning bir necha ming yillik tarixi bor. Necha necha ming yillardan beri 
muayyan bir hududda yashab, o‘troq hayot kechirib, dehqonchilik qilib kun 
o‘tkazib kelgan ajdodlarimiz uchun past tekislikda joylashgan hosildor tuproqli 
Yer, tabiiy ma‘danlarga to‘yingan Suv, yetarli Quyosh nuri va mo‘tadil iqlim 
nihoyatda e‘zozlangan. Yerning, suvning, Quyosh nuri va havoning, umuman 
tabiat olamining ulug‘lanishini muqaddas sanalganligini tasodifiy hodisa deb 
bo‘lmaydi.
Dunyoga kelgan inson ko‘z ochiboq tabiatni, yorug‘ jahonni ko‘radi, tiriklik 
manbalari suvdan, havodan bahramand bo‘ladi, tabiatning issiq, so‘lim bag‘rida 


191 
os‘ib ulg‘ayadi, parvarish topadi, hayot kechiradi. Inson tabiat bilan tirik. U 
hamisha tabiat va uning noz ne‘matlari bilan bog‘liq holda yashaydi, faoliyat 
ko‘rsatadi. Inson tabiatan Yer ona zamindan ajralib yashay olmaydi. Birinchi 
qadamini uning siynasiga qo‘yadi. Undan moddiy ma‘naviy ruhiy quvvat oladi. 
Ona zamin insonlarni yediradi ichiradi kiydiradi ardoqlaydi. Farzand ona bag‘rida 
yashasa zamin taftida ham parvarish topadi. Ona siynasidan farzandiga oq sut 
mehr-muhabbat bersa zamin hayot ato etadi. Ana shu ma‘noda Yer inson uchun 
go‘yo bir beshik bamisoli ona quchog‘idir. Shuning uchun ham tabiatni insonning 
onasi, Yerni esa ona Zamin deymiz. 
Shuning uchun ham qadimgi sharqda Turon zamini Turkistonda tabiatni 
mislsiz boylik hisoblangan yerni muqaddas deb bilib e‘zozlashga oid qanchadan-
qancha maqollar, ertaklar, rivoyatlar, dostonlar dunyoga kelgan. Xalq og‘zaki 
ijodida ona zamin ulug‘langan. 
Sharqona, o‘zbekona qadimiy an‘anaga ko‘ra ona zaminni chin yurakdan 
sevmaslik unga azob berish nopisand munosabatda bo‘lish odobdan emas. 
Qadimiy o‘zbek odati bo‘yicha kindik qoni tomgan yurt vatan tuprog‘i inson zoti 
uchun nihoyatda muqadas sanalgan. ―Men quyoshni, suvni, havoni, samoni, yerni 
va shu zamin bag‘rida nafas olayotgan har bir giyohni Vatan‖, deb tushunaman 
deydi shoira Zamira Egamberdiyeva.
Qadim zamonlarda ota-bobolarimiz oils safarga otlansalar bir siqim Vatan 
tuprog‘ini bellariga tutib o‘zlari bilan olib ketishgan. Pahlavonlar jangga otlansalar 
Vatan tuprog‘ini tumor qilib yonlarida olib ketganlar, chunki bir hovuch tuproq 
Hamid Olimjon ta‘biri bilan aytganda ularga o‘z tug‘ilgan yerlarini eslatib turgan 
xalq oldida ichgan qasamini eslatib turgan. Vatanga bo‘lgan mihabbatini bir nafas 
ham unuttishga yo‘l qo‘ymagan. Bu bir hovuch tuproq unga o‘z ota-oansini, 
qarindoshlarini, xalqini eslatib turgan. U Vatanni qancha sevsa, ota-onadan, 
sevimli yoridan, qadrdon Vatandan nishona bo‘lgan shu bir hovuch tuproqni ham 
shuncha sevgan. Xalqimiz tarix sahifalariga qora dog‘ bo‘lib muhrlangan ko‘p 
musibatlarga shohiddir. Lekin, biz bugun uning boshiga tushgan kulfatlar 
to‘g‘risida emas, balki ajdodlarimizning tabiatga ona Yerga bo‘lgan munosabatlari 


192 
haqida to‘xtalmoqchimiz. Eng avvalo tabiatning bizga shunchalik mehnatkash qo‘l 
va sabotli yurak, shu qadar baquvvat oyoq va keng fe‘l berganiga shukronalar 
bo‘lsin.
Bobokalonlarimiz tabiatni, uning tarkibiy qismi bo‘lmish Yerni sevish, 
chiroyiga chiroy qo‘shish, ko‘kalamzorlashtirish, bog‘-rog‘larga aylantirishni eng 
savob ish, ezgulik deb tushunganlar. Ona zaminni mo‘tabar bilib e‘zozlagan, ariq 
qazib suv keltirgan kishilar Turonzaminda jannati hisoblangan.
Ekologik muammolarni hal etishning ilmiy tahlili uchun uning ijtimoiy 
turmushining turli tomonlari bilan bog‘liqligini ochib berish va katta ijtimoiy 
hamda insonparvarlik masalalariga murojaat etish muhimdir. Sof ilmiy va 
texnologiki shuningdek ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy yo‘nalishlardan tashqari biz 
ijtimoiy-madaniy, axloqiy-insoniy nihoyat, nafosat yo‘nalishlarning ahamiyatini 
ko‘ramiz. Bularning hammasi ekologik muammoning to‘la mazmunini hosil qiladi. 
Keyingi vaqtlarda, bir narsadan xalqimizning kitob o‘qishga hafsalasi, fursati 
yetishmayotgani, konsert, kino-teatrlarga tushish ko‘ngillariga sig‘may qolayotgani 
juda-juda achinarli hol. Lekin, chet el yangiliklarini darhol o‘zimizda targ‘ib qilish 
uchun vaqtni ayamaymiz. Boshqalardan o‘rganish yaxshi, albatta, biroq biz ba‘zan 
mutlaqo o‘rganishimiz shart bo‘lmagan jihatlarni o‘zlashtirib olamiz-da, keyin 
afsuslanib qolamiz, xuddi bugungi kunda o‘zimizning qadriyatlarimizni unutish 
oqibatida ekologik tarbiyani ham unutib qo‘yib, g‘arbning tarbiyasini 
o‘zlashtirganimizdek. Shunday ma‘suliyatli davr kelmoqdaki insoniyat jamiyat 
taraqqiyot yo‘nalishini o‘zgartirish borasida bosh qotirishi lozim. Buning uchun 
ilmiy-texnika taraqqiyotining muammolari ekologik nuqtai nazardan asoslanishi 
lozim. Ekologik bilimsiz, ya‘ni ta‘lim-tarbiyasiz hech qanday ekologik muammoni 
hal etib bo‘lmaydi. 
Buning uchun eng avvalo quyidagi vazifalarni amalga oshirmoq zarur 
bo‘ladi: 

o‘quvchilar ongida olamning yagona ilmiy manzarasi haqidagi 
tasavvurlarini rivojlantirish, ya‘ni ularning tabiat haqidagi ilmiy 


193 
qarashlarini shakllantirish, insonning olamda o‘z o‘rnini anglab 
yetishiga erishish; 

o‘quvchilarga ijtimoiy hayotida zarur bo‘ladigan ilmiy bilimlar berish 
va ularning bu bilimlardan foydalana bilish malakalalarini hosil qilish; 

shaxsning 
tabiat 
hodisalarini 
tushuntira 
bilish 
malakalarini 
shakllantirish, uning ijtimoiy qobilyatini rivojlantirish, uni o‘z 
faoliyatlarining natijalarini oldindan ko‘ra bilishni o‘rgatish; 

tabiat va jamiyat, inson va u yashaydigan muhitning o‘zaro ziddiyatli 
birligini tushuntirish; 

tabiatga bo‘lgan madaniy munosabatni shakllantirish, tabiat 
boyliklaridan oqilona foydalanishga, uni muhofaza etishga o‘rgatish; 

tabiiy ilmiy bilimlarning ahamiyatini ko‘rsatish ulardan hayotda, xalq 
xo‘jaligining turli tarmoqlarida, shuningdek tabiatni muhofaza etishda 
va uning boyliklarini ishlata bilishda foydalanish yo‘llarini ochib 
berish.; 

o‘quvchilarni Yer va tabiatning birligiga hozirgi zamon insonlarining 
kelajak avlodlar uchun hayotning ekologik shartlarini saqlashishi 
zarurligiga ishontirish va bu ishonchni ularning e‘tiqodiga aylantirish; 

o‘quvchilarning ekologik umumo‘quv malakalarini, aqliy o‘quvlarini 
(tahlil qila bilish va taqqoslash, xulosa chiqarish, umumlashtirish, 
sabab oqibat boshlanishlarini aniqlash jarayoni va hodisalarni 
tushuntira bilish, ularni baholash) hamda ekologik amaliy o‘quvlarini 
(narsa va asboblardan foydalanish, kuzatish, tajriba o‘tkazish) 
rivojlantirish. 
Cheksizlik va abadiylik hayot jamiyat va tabiat tushunchalari inson 
tafakkurining uzoq tadrijiy mahsulidir. Cheksizlik abadiylik hayot haqidagi 
tasavvurlar tabiatni bilish jarayonida shakllanadi. Biz yagona dunyoviy 
jarayonning ma‘lum chekli qismini bilib oddiy olamning cheksizligi dunyoviy 
jarayonning cheksizligi haqida ishonchli ma‘lumot olamiz. 


194 
Faqat cheksiz olamdagina chekli rivojlanish yuz beradi. Shunday ekan 
cheksiz olamning bir bo‘lagi hisoblangan ona zaminda hayot chekli yoki cheksiz 
degan savol barchani qiziqtirishi tabiiy. 
Hozirda yerdagi hayotni saqlab qolish insoniyat oldida turgan dolzarb 
muammoga aylanib bormoqda va u buni albatta hal etmog‘i lozim. Ana shuni 
hisobga olgani holda endi insoniyat shuurida turg‘un bo‘lib qolgan ko‘plab 
qarashlar va fikrlarni qayta baholab o‘zining tabiat bilan bugungi kundagi 
munosabatini qayta qyrmog‘i hamda o‘zining faoliyat usullari va yo‘nalishlarini 
o‘zgartirmog‘i lozim.
Buning uchun eng avvalo birinchi navbatda yadro xavfidan qutulmog‘ 
lozim. Inson bioqatlamning tarkibiy qismi bo‘lgani uchun unga va unda 
kechayotgan jarayonlarga so‘zsiz ta‘sir etadi. Ammo inson yerdagi hayot oqimiga 
o‘z faoliyatining halokatli ta‘sirini to‘la anglab yetmog‘i lozim.
U tabiatda qudratli buzuvchi kuchga aylangan ekan tabiatning o‘zi uni 
yerdagi hayotni muhofaza etishga mas‘ul bo‘lishiga majbur etadi. Insoniyat uchun 
boshqa yo‘l yo‘q. Yo mas‘ullik yo hayot intihosi. Inson tabiatni tashkil etuvchilar,
butun olam, koinot uyg‘un mavjud bo‘la oladi. Aks holda kelajakda muqarrar 
halokatga uchraydi.
Taraqqiyot jarayoni murakkab vaziyatlarni yuzaga keltiradi. Ongsizlik ham 
insonga xosdir. Hamma narsani birdaniga bilish, tushunish imkoni ham yo‘q, 
imkoniyat darajalari cheklidir. Biroq insonda bilimni o‘z vaqtida amaliyotda tadbiq 
qilish imkoni mavjud. Bu imkoniyatni ko‘ra bilmaslik mohiyatni tushunmaslikdir. 
Sharoit majbur qilgan holatdagina inson muammo ustida bosh qotira boshlaydi. 
Masalan, haligacha insoniyat o‘zida atrof-muhit shaxs haqidagi nazariyaga ehtiyoj 
sezgani yo‘q. Holbuki bunga zarurat bor.
Qanday yashash xususida bosh qotirish munosabatlar o‘lchovi bo‘lolmaydi. 
Ongdagi mahdudlik imkoniyatlar izlashga yo‘l bermaydi. Inson ko‘nglining 
qorong‘u go‘shalari shuur nuri ila yoritilmas ekan u yolg‘on g‘oyalar, sarob 
ishonchlar og‘ushida yashayveradi. Ishonch ortidagi muammoni ko‘rmaslik 
aqlning g‘aflat tuzog‘ida bandi ekanidan dalolat. Shu yerda bir rivoyatni kltirishni 


195 
ma‘qul topdik, bahorda bodom gulladi, ko‘zlarni quvontirdi. Kuzda esa, bodom 
mevalari pishmay turib, ―boshqalar terib ketishmasin‖, degan xavotirda qoqa 
boshladilar. Bechora daraxt inson bolasiga meva tugib bergani uchun tayoq yeya 
boshladi. So‘ngsiz, hisobsiz urdilar.
Daraxt barglari ko‘z yoshi misol to‘kildi. Lekin inson bolalari bunga e‘tibor 
bermadilar, hali tirik barglarni toptadilar. ―Daraxtning tayoq yegan shoxlari, 
navdalari ham azoblanar, ozor chekar-ku‖, degan fikr hech kimning xayoliga 
kelmadi. Faqatgina kelgisi yili bodom meva bermaganida buni esladilar. Afsuski, 
inson qilgan gunohlarini doim kechikib anglaydi. 
Aql faoliyati natijasida paydo bo‘lgan murakkab jarayon muammosini faqat 
aql va u yuzaga keltirgan sivilizatsiya yoxud taraqqiyot imkoniyatlari yordamida 
hal etish mumkin. Hozirgi zamonning taraqqiyoti va holatidagi asosiy ziddiyyatlar 
ana shulardan iborat. Garchand, insonning faoliyati oqibatida yuzaga kelgan 
ijtimoiy va tabiiy muammolar bir oz fojeaviy tuyulsa-da, biroq uni ishonch va 
umidlar tuyg‘usi ham sira tark etmaydi. 
Illo aql aqlli inson tur sifatida turning tabiat va sharoitiga shunchaki 
moslashuvi tayanchigina emas, u yaratish vositasi hamdir. Uning boshqa sifati ham 
bor, bu bilish qurolidir. Endilikda esa inson aql tufayligina har qanday xavf-xatarni 
oldindan ko‘ra oladi. Va o‘z oldiga aniq masalalar qo‘yadi. 
Eng muhimi masalani hal etishning yangi-yangi yo‘llarini o‘ylab topish 
zaruratini anglab yetadi. Osmon va zamin abadiydir. 
Buning sababi, zamin ham osmon ham o‘z manfaati uchun yashamaydi. 
Inson esa o‘z nurli orzularini amalga oshirish yo‘lida tabiat qonunlarini 
o‘zgartirmoqchi bo‘ladi, yillar davomida tan olib kelingan haqiqatlarni tan 
olmaydi, tushunishni xohlamaydi. Tushunish muammosi abadiy muammolardan 
biridir. Sababini bilmasdan turib muammoni hal etib bo‘lmaydi. Sabab asosida esa 
mohiyat yotadi. Demak, taraqqiyot muammosi va u bilan bog‘liq ekologik hamda 
ma‘naviy-axloqiy masalalarni o‘rganishda ham turlicha talqin (interpretatsiya) va 
umumiy xulosa hamisha muhimdir. 


196 
Zero, bu maslak masalaga shaxsiy nuqtai nazardan yoki faqat davlat 
manfaatlaridangina kelib chiqib emas, balki mohiyatni anglamoq uchun teranroq 
yanada kengroq yondashishga olib keladi va talab qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin