Radioaktiv chiqindilar va ularni zararsizlantirish muammolari
Ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlangan davrida tabiat va jamiyatning o‘zaro
ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar, asosiy va murakkab muammolar bo‘lib
bormoqda. Shulardan biri geografik muhitning radioaktiv moddalar va zaharli
kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va uni oldini olish muammosidir.
Geografik
muhit
insoniyatning
kelajagini
belgilaydi,
shuningdek,
kishilarning faolligi, hayoti va umrboqiyligi ham geografik muhitga bog‘liqdir.
125
Geografik muhit holatidagi eng xavfli vaziyat uning radioaktiv moddalar bilan
ifloslanishidir. Shuning uchun ham muhitning radioaktiv moddalar bilan
zaharlanishini oldini olishga juda katta e‘tibor berilmoqda. Yer sharida tabiiy
radioaktivlik radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida vujudga keladi.
Radioaktiv elementlar (
238
U;
232
Th;
40
K;
87
Rb;
14
C va boshqalar)
sayyoramizda ma‘lum miqdorda tarqalgan bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan ular Yerda
doimo turli sharoitlarda parchalanib, o‘zgarib turadi. Har qaysi element o‘ziga xos
tezlikda parchalanadi. Shuning uchun ham radioaktiv elementlarning parchalanish
davri yer tarixi uchun etalon qilib qabul qilingan.
Radioaktiv elementlardan faqat uran (92) va toriy elementi radioaktiv
izotoplarining yarim yemirilish davri Yerning yoshiga teng,
238
UT
2
1
=4,51
milliard yil, (U
235
) 713 million yil. Uran va toriylar parchalanishi natijasida
qo‘rg‘oshin va geliy, kaliy parchalanganda kalsiy va argon gazi, pubidiy
parchalanishidan stronsiy vujudga keladi.
Yerda padioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida tuproqda, suv va
havoda tabiiy radioaktivlik vujudga keladi. Tabiiy holda uchrab turadigan
radioaktivlik, tabiiy radioaktivlik bo‘lib, tabiiy radioaktivlikning miqdori
konsentratsiyasi yer yuzidan atmosferaga ajralib chiqayotgan radon izotopining
radioaktiv parchalanishi, shuningdek, kosmik nurlar zarralarining havo tarkibidagi
kimyoviy elementlar atom yadrolari bilan o‘zaro ta‘sirlanishi natijasida vaqt o‘tishi
bilan o‘zgarib turadi. Hosil bo‘lgan radioaktiv atomlar noradioaktiv atmosfer
changi zarralariga o‘tiradi.
Tarkibida kaliy, uran, toriy va boshqa radioaktiv izotoplari bo‘lgan chang
shamol bilan yer yuzidan atmosferaga ko‘tariladi va vaqt o‘tishi bilan havo bilan
katta maydonlarda tarqaladi. Keyingi vaqtlarda sun‘iy radioaktivlikning turli yadro
reaksiyalari yordamida sun‘iy yo‘l bilan sodir qilingan radioaktivlik ko‘payishi
bilan tabiiy radioaktivlik ham ortib bormoqda.
Yadro qurollari sinash uchun portlatilganda juda kuchli radioaktiv nurlanish
vujudga keladi. Radioaktivlik ma‘lum dozada ancha vaqtgacha juda katta
126
territoriyada saqlanadi. Havodagi sirkulyatsiyalar natijasida radioaktiv mahsulotlar
bir necha ming kilometr masofaga tarqaladi va hosil bo‘ladigan mahsulotlardan bu
joylar uzoq vaqtgacha zararlanib turadi, zarb to‘lqini hamda nurlanish yetib borgan
barcha moddiy va tabiiy boyliklar nobud bo‘ladi.
Kuchli yadro qurollari havoda portlatilganda radioaktiv mahsulotlar
troposferadagina emas, balki stratosferda ham tarqaladi.
Portlash natijasida atmosferada vujudga keladigan va yer yuzasiga
tushadigan radioaktiv yomg‘irlarning uch xili mavjud:
Boshlang‘ich (mahalliy) yomg‘irlar;
Ikkilamchi yomg‘irlar;
Kechki (global) yomg‘irlar.
Quruq chang yoki tomchidan iborat boshlang‘ich yomg‘irlar ancha yirik
bo‘lib, bomba portlatilgan tumanlarda bir necha soat davomida tushib turadi va
radioaktiv moddalar bulut bilan birga harakatlanib bir necha o‘n va hatto yuz
kilometrga boradi. Bu yomg‘irlar juda katta ifloslanishni vujudga keltiradi.
Ikkilamchi yomg‘irlar radioaktiv zarrachalardan iborat mayda changlar
bo‘lib, atmosferaning o‘rta qatlamlarida uchraydi hamda havo oqimlari bilan yuz
va hatto ming kilometrlarga olib ketiladi, portlashdan so‘ng 1-5 kun davomida
yerga tushadi.
Kechki yomg‘irlar (havoning global miqyosda radioaktiv ifloslanishi) juda
mayda chang zarrachalari (mikronning bir necha ulushi) dan iborat bo‘lib,
atmosferaning yuqori qatlamlarida ancha vaqtgacha ushlanib turadi.
Bu mayda zarrachalar havo sirkulyatsiyasi bilan birga harakatlanib ko‘p
yillar davomida asta-sekin yer yuzasiga tushib turadi: 1 foizi troposferada,
taxminan 80 foizi sayyoramiz yuzasida, qolgan qismi esa stratosferada bo‘ladi.
Stratosferadagi radioaktiv zarrachalar Yer shari bo‘ylab tarqaladi va vaqt o‘tishi
bilan yerga yomg‘ir tarzida tushib turadi. Radioaktiv mahsulotlar stratosferada 3-9
yil, troposferada 3 oy davomida turadi.
127
Parchalanish davri uzoq bo‘lgan radioaktiv elementlar eng xavfli
hisoblanadi. Masalan, stronsiy-90 (
90
Sr) 25 yilda, seziy-137 (
137
Cs) 33 yilda, uran-
233 (
233
U) 16·10
5
yilda bo‘linib, boshqa moddalarga aylanadi.
Termoyadro portlashlarida geografik qobiqni juda ko‘p ifloslantiradigan va
atrof-muhitni zaharlaydigan radioaktiv element C
14
dir. Uning parchalanish davri 5
ming yildir. C
14
ning falokatli oqibatlarining oldini olish uchun hech bir chora
yo‘q.
Termoyadro qurollalarini sinash natijsida radioaktivlik faqat havoga ta‘sir
etibgina qolmasdan, dengiz va okeanlarga ham ta‘sir etadi. Tinch okean janubiy
qismlaridagi suvlarda va Antarktikada C
14
ning tarkibi Bikini orollarida atom
bombasi sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng bir necha foizga yetdi. Suvning yuza
qatlamida radioaktivlik tabiiy holatdagiga nisbatan bir necha million marta
ko‘paygan. Qurollanishning kuchayishi bilan geografik qobiqning zaharlanishini
oldini olish uchun, birdan-bir chora termoyadro qurollari ishlab chiqarish va
sinashni ta‘qiqlashdir.
Atmosferada ma‘lum miqdordagi radioaktivlik tabiiy va sun‘iy radioaktivlik
natijasida hosil bo‘ladi. Atmosferaning radioaktivligida rodon izotopi asosiy rol
o‘ynaydi. U yer qatlamida uran, toriy va aktiniylarning radioaktiv parchalanishi
natijasida hosil bo‘ladi va atmosferaga tuproq orqali o‘tadi.
Geografik muhitning radioaktiv ifloslanishining manbalari: radioaktiv
rudalarni qayta ishlovchi zavod va korxonalar; yadro yoqilg‘isini qayta ishlovchi
korxonalar; atom elektr stansiyalari, reaktorlar va boshqalardir.
Atom reaktorlarini sovitish uchun juda ko‘p miqdorda suv kerak. 1000
megavattli (MVt) quvvatga ega bo‘lgan atom elektr stansiyalari har bir daqiqada
320 ming l, sutkasiga 4,5 mlrd. litrgacha sovuq suv talab qiladi. Bu suvlar
qurilmalarning nosozligi natijasida radioaktivlashib qolishi, so‘ngra daryolarga
oqizilishi mumkin. Shuningdek, atom elektr stansiyalarida avariyalar bo‘lishi
mumkin. Chunonchi, 1966-yilda butun dunyodagi atom elektr stansiyalarida 42 ta
avariya bo‘ldi, shundan 37 tasi AQSH da ro‘y berdi. AQSH da butun energiyaning
128
4
1
qismini, 2000-yilga kelib 60 foizini atom elektr stansiyalari ishlab chiqaradigan
bo‘ldi.
Atmosfera va okeanning radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi Yerdagi
hayot uchun nihoyatda xavflidir. Chunki havo va suvda radioaktiv moddalar uzoq
saqlanadi va oqimlar orqali katta maydonlarda, balandlik va chuqurliklarda
tarqaladi. Chunonchi, 1964-yilda AQSH tomonidan Tinch okeanida vodorod
bombasi sinalganda 25 ming 600 km
2
territoriyaga xavfli radioaktiv nurlanish
tarqaldi, oradan ma‘lum vaqt o‘tishi bilan radioaktiv moddalar 2,5 mln km
2
territoriyaga tarqaldi.
Radioaktiv moddalar tirik organizmlarni zaharlaydi. Tirik organizmlarda
radioaktiv moddalar konsentratsiyasi ko‘payib organizm uchun xavfli bo‘lib
qoladi. Ayrim plankton organizmlarda radioaktivlik suvdagi radioaktivlikka
nisbatan 1000 marta, ba‘zi baliqlarda esa hatto 50000 marta ko‘pdir.
Hayvonlarda zaharlanish uzoq vaqt saqlanadi. Shuningdek, radioaktivlangan
baliqlar uzoq masofalarga suzib borishi natijasida zaharlangan territoriyalar
kengayib boradi.
Shunday qilib, yadro qurollarining portlatilishi natijasida tabiiy muhitning
radioaktiv moddlar bilan ifloslanishi biosfera uchun xavfli bo‘ladi. 1945-yil 6-
avgustda Yaponiyaning Xirosima shahriga AQSH havo harbiy flotining samolyoti
atom bombasi tashladi, buning oqibatida 365000 kishi halok bo‘ldi, nom-nishonsiz
yo‘qoldi va zararlandi. 1945-yil 9-avgustda Nagasakiga Amerika aviatsiyasi yana
atom bombasi tashlagan edi, bu portlashdan 75 ming kishi o‘lgan va jarohatlangan.
Shaharning
3
1
qismi vayron bo‘lgan.
Radioaktiv mahsulotlar havo va suv oqimi, organizmlarining harakati
(ayniqsa, baliq va qushlar) orqali tarqaladi. Tirik organizmlar muhitdan
radioizotoplarni qabul qilib, so‘ng o‘z organlarida (to‘qima, hujayralarida)
to‘playdi.
129
Kishi organizmining ichki a‘zolariga radioaktiv moddalar og‘iz va nafas
yo‘llari hamda teri orqali o‘tadi. Radioaktiv moddalar, shuningdek, tuproq, suv,
o‘simliklar hamda ovqatlanish zanjiri orqli o‘tadi.
Inson organizmi radioaktiv nur bilan kasallansa, vaqt o‘tishi bilan u
organizmda neytrallashmasdan to‘plana boradi. Keyingi qabul qilingan radiatsiya
organizmning kasallanishini orttirib boradi, natijada saraton, leykomiya (qon
buzilishi) kasalliklari kelib chiqadi, genetik apparatlar buziladi, homiladorlikning
taraqqiyotiga putur yetadi va embrionning yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqning halok
bo‘lishiga olib keladi. Radioaktiv nurlanish kasalligi bir necha avlodga o‘tishi
mumkin.
Inson sog‘lig‘i va hayvonlar organizmi uchun eng xavfli radioaktiv element
stronsiy-90 (Sr
90
) dir. Bu element suyak to‘qimalarida, tishda va boshqa organda
to‘planadi. Yosh organizm bu elementni katta yoshdagilarga nisbatan 10-15 marta
ko‘p qabul qiladi. Shunday qilib bu izotopning zararli oqibati asosan yosh avlodda
kuzatiladi.
Radioaktiv ifloslanish boshqa ifloslanishlardan ancha farq qiladi. Shu bilan
birga biosferaning hamma joylarida radioaktivlikning tabiiy manbalari mavjud.
Eng xatarlisi biosferaning antropogen radioaktiv, ya‘ni inson faoliyati natijasida
ifloslanishidir. Hozirgi kunda radioaktiv elementlardan turli sohalarda keng
foydalanilmoqda, ularni saqlash va tashish vaqtidagi e‘tiborsizliklar tufayli jiddiy
radioaktiv ifloslanishlar yuzaga keladi. Radioaktiv chiqindilarni saqlash va bu
chiqindilarning geografik muhitga bo‘lgan ta‘sirini yo‘qotish muammosi hozirgi
kunda ham olimlar, konstruktorlar va davlat arboblari oldida turgan eng muhim
muammodir.
Geografik muhitni radioaktiv ifloslanishdan saqlashda Sobiq ittifoq va
boshqa tinchliksevar kuchlarning tayziqi ostida 1963-yil Moskvada tuzilgan bitim,
ya‘ni ―Yadro qurollarini atmosferada, kosmosda va suv ostida sinashni ta‘qiqlash
haqida‖gi bitim katta xalqaro ahamiyatga ega bo‘ldi. Sobiq Ittifoq radioaktiv
chiqindilardan dengiz va quruqliklarni ifloslantirishdan saqlash bo‘yicha ko‘pgina
130
ishonchli tadbir-choralar ko‘rdi va ko‘rib kelmoqda. Bu jihatdan yer yuzidagi
biron-bir davlat bizning mustaqil respublikamizga teng kela olmaydi.
Dostları ilə paylaş: |