110
ettiriladigan aniq maqsadlarni ko‘zlab, foydalanishning qonun hujjatlarida
belgilangan tartibi va shartlaridir.
Yerlarni Yer fondining bir toifasidan boshqasiga o‘tkazsih yerlardan asosiy
foydalanish maqsadi o‘zgargan taqdirda amalga oshiriladi.Yerlarni Yer fondi
toifalariga bo‘lish va bir toifadan boshqasiga o‘tkzish yerni egalik qilishga va
foydalanishga berish huquqiga ega bo‘lgan organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Yer fondining toifasi yerni egalik qilishga va foydalanishga berish huquqiga ega
bo‘lgan organlar tomonidan qabul qilinadigan yer uchastkalarini berish
to‘g‘risidagi qarorlarda, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqini
tasdiqlovchi guvohnomalarda, shartnomalarda, boshqa hujjatlarda, davlat yer
kadastri hujjatlarida, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish
hujjatlarida ko‘rsatiladi. Yerlarni bir toifadan boshqasiga o‘tkazishning belgilangan
tartibini buzish bunday o‘tkazish faktlarini g‘ayriqonuniy deb va ular asosida
tuzilgan yer uchastkalariga doir bitimlarni haqiqiy emas deb topishga, shuningdek
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olishni rad etishga asos
bo‘ladi. Yer uchastkasi yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga,
joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda yer uchastkasiga bo‘lgan
huquqlarning davlat yer kadastrida va davlat ro‘yxatiga olish hujjatlarida aks
ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega bo‘lgan qismidir. Yer uchastkasining
chegarasi rejalarda (chizmalarda) qayd etiladi va naturada (joyning o‘zida)
belgilanadi. yer uchastkasining maydoni naturada chegara belgilanganidan keyin
aniqlanadi. Yer uchastkasi bo‘linadigan va bo‘linmaydigan bo‘lishi mumkin.
O‘zining asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan va yong‘inga qarshi,
sanitariya, ekologiyaga oid, shaharsozlik hamda boshqa majburiy me‘yorlar va
qoidalarni buzmagan holda qismlarga bo‘lish mumkin va bu amalga oshirilganidan
keyin hosil bo‘lgan qismlarning har biri mustaqil yer uchastkalarini tashkil etishi
mumkin bo‘lgan yer uchastkasi bo‘linadigan yer uchastkasi hisoblanadi.
Foydalanish maqsadidaga ko‘ra mustaqil yer uchastkalariga bo‘linishi mumkin
bo‘lmagan yer uchastkasi bo‘linmaydigan yer uchastkasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: