D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev


MDH davlatlarida qo’rg’oshin zahiralari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

MDH davlatlarida qo’rg’oshin zahiralari 
Davlatlar
Konlarni soni 
Zahiralar, mln. T. 
Rossiya 
88 
34,4 
Qozoqiston 
58 
38,4 
O‘zbekiston 

9,5 
Tojikiston 
14 
12,6 
Armaniston 

0,4 
Gruziya 

0,3 
Ozarboyjon 

3,8 
Qi`rg‘iziston 


Ukraina 

0,7 
Metall qo’rg’oshinni ishlab chiqarilishi (ming t.) 
Davlatlar 1992 y. 1993 y. 1994 y. 1995 y. 1996 y. 1997 y. 1998 y. 1999 y. 2000 y. 
MDH 
515,1 
492,9 381,8 410,4 399,0 
433,6 475,9 513,1 508,0 
Qozoqiston 240,0 
224,0 172,0 169,0 169,0 
189,0 241,0 249,0 260,0 
Rossiya 
200,1 
203,9 137,8 166,4 175,0 
189,6 196,9 232,1 230,0 
O‘zbekiston 55,0 
50,0 
58,0 
70,0 
50,0 
53,0 
38,0 
32,0 
18,0 
Ukraina 
20,0 
15,0 
14,0 
5,0 
5,0 
2,0 



Dunyo 
bo‘yicha 
7230 
7400 
7370 
7374 
7294 
7769 
8026 
8120 9050,0 
Rivojlangan davlatlarda qo’rg’oshinni sanoatda qo’llanilishi (davlatda 
ishlatilayotgan qo’rg’oshinni umumiy miqoridan % hisobida) 
Mahsulotlar
AQSh 
Kanada 
Yaponiya 
Fransiya 
Italiya 
Germa 
Niya 
Avstraliya 
Akkumulyator 
batareyalari 
88 
83 
71 
70 
60 
55 
67 
Kabellar 

– 







99 
Qotishmalar 







Trubalar va 
plastinalar 

– 



16 
24 
Kimyoviy 
birikmalar 


11dav
om 

15 
23 
– 
Boshqalar 


10 
10 
12 


V-BOB. LITOSFERANING EKOKIMYOSI 
V.1.Tuproqni kimyoviy ifloslantiruvchi moddalar 
Hozirgi, yuksak ilmiy-texnika taraqqiyot davrida hayotning turli jabhalarida 
kimyo sanoati mahsulotlari keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Shuningdek, qishloq 
xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda ham kimyoviy moddalardan foydalaniladi. 
Serquyosh O‘zbekistonimizning o‘ziga xos iqlim sharoiti ziroatchilikning 
barcha jabhalarini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish bilan birga, qishloq 
xo‘jaligi ekinlariga zarar yetkazuvchi har xil hasharotlar va zamburug‘ 
kasalliklarining ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Og‘ir mehnatlar evaziga 
yetishtiriladigan qishloq xo‘jalik ekinlariga har xil kanalar, bakteriyalar, 
zamburug‘lar, viruslar va boshqa bir qator zararkunandalar juda katta zarar 
yetkazishi aniq. O‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish uchun 
ishlatilayotgan kimyoviy vositalarning aksariyati universal ta‘sir kuchiga egaligi 
bilan ajralib turadi.
O‘simliklarni kasalliklar, zararkunandalar va begona o‘tlardan asrash uchun 
ishlatiladigan kimyoviy moddalarning umumiy atamasi pestidsid (lotincha pestis-
zahar, sid-o‘ldirmoq, yo‘q qilmoq degan so‘zlardan olingan) bo‘lib, ular kimyoviy 
tarkibi, qaysi maqsadlar uchun qo‘llanilishiga qarab, shuningdek, zararkunandalar 
organizmiga o‘tish usuli hamda ta‘sir qilishiga qarab guruhlarga bo‘linadi. 
Qishloq xo‘jaligida o‘simlik zararkunandalariga, kasalliklariga, begona 
o‘tlarga qarshi shuningdek, boshqa maqsadlarda foydalaniladigan zaharli kimyoviy 
moddalar bilan ishlanar ekan, bu ta‘sirchan moddalar ma‘lum miqdorda tashqi 
muhitga tarqalib, uni ifloslantiradi. 


100 
Buning oqibatida suv, havo, tuproq, oziq-ovqat ekinlari, yem-xashak va 
boshqalarning pestidsidlar bilan ifloslanib qolish xavfi tug‘iladi. Buning uchun 
birinchi galda zaharli kimyoviy moddalar qanday yo‘l bilan tashqi muhitni 
ifloslantirishi mumkinligini aniqlab olish kerak. Shu nuqtai nazardan qaraganda 
tashqi muhit ta‘siriga ancha chidamli bo‘lgan pestidsidlar DDT(C
14
H
9
C
5
), 
GXSG(C
6
H
6
Cl
6
), pentaxlorbenzol, polixlorpinen, polixlorkamfen va boshqalarning 
qanday o‘zgarishlarga uchrashi mumkinligini bilish katta ahamiyat kasb etadi. 
Sug‘oriladigan, dehqonchilik rivojlangan tumanlarda bu ta‘sirchan moddalarning 
tashqi muhitdagi bir ob‘yektdan boshqasiga o‘tib turishi ancha oson bo‘ladi, 
chunki bunday joylarda pestidsidlar ekinlarga beriladigansuv orqali tashqi 
muhitning boshqa ob‘yektlariga, ya‘ni suvdan tuptoqqa, tuproqdan o‘simlikka o‘tib 
turadi.
Tashqi muhitga chidamli pestisidlar ayniqsa xavflidir, chunki ularning asta-
sekin to‘planib borishiga va shu tariqa odam hamda hayvonlar organizmiga ham 
tushish xavfi tug‘iladi. Pestidsidlar suv, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari bilan 
organizmga tushib, uning surunkali zaharlanib borishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Zaharli kilmyoviy moddalarning tashqi muhitda to‘planib borishi odam 
organizmiga ham ta‘sir qilishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sevin 
singari ayrim pestidsidlarning o‘rtacha haroratda ham bir sferadan boshqa sferaga 
o‘tib, odam salomatligi uchun xavf soladigan miqdorda to‘plana borishi 
aniqlangan.
Tuproqda bir-ikki yilgacha saqlanib qolish xususiyatiga ega bo‘lib, bu 
tuproq yana boshqa ob‘yektlarning ifloslanishiga sabab bo‘ladigan ikkilamchi 
rezurvuar (manba) bo‘lib qolishi mumkin (sevin tuproqning shudgorlanadigan 
qatlamlariga o‘tadi va bundan ham chuqurroqqa singishi mumkin).
Biosferaning asosiy qismlaridan biri hisoblangan tuproq insoniyat hayotida 
eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Tuproq quyosh energiyasini ko‘ptoq 
o‘ziga singdirish qobiliyatiga ega bo‘lib, o‘simliklar uchun hayotbaxsh manba 
hisoblanadi. 
Tuproq 
tarkibida 
turli 
mikroelementlar, 
mikroorganizmlar, 


101 
gel‘mintlar, chirindilar va boshqa moddalar mavjud. Tuproq o‘z navbatida qator 
gidrogeologik vazifalarni ham bajaradi.
Bulardan biri va asosiysi uning g‘ovaklik xususiyatidir. Ma‘lumotlarga 
qaraganda, insonning hayotiy faoliyati natijasida tuproq o‘zining normal tabiiy 
holatini yo‘qotib bormoqda. Chunki, tuproq nihoyatda ko‘p, turli kimyoviy 
moddalar bilan ifloslanayapti. Tuproq sanoat chiqindilari, ko‘p miqdorda zaharli 
kimyoviy moddalar, mineral o‘g‘itlar, kislota va ishqorlar, polimer moddalar bilan 
ifloslanib bormoqda. Hozir tuproqni ifloslantirayotgan zaharli moddalar insonlar 
uchungina emas, balki boshqa foydali jonivorlar uchun ham zaharliligi bilan ajralib 
turadi.
Qishloq xo‘jaligida keng qo‘llanilayotgan pestisid turlari tuproqlardagi 
bakteriyalarga ham salbiy ta‘sir qilmoqda.Bu zaharli moddalar yuqori biologik faol 
moddalar bo‘lganligi tufayli, tuproqning ostki qatlamlariga chuqur singib, sizot 
suvlarini ham zararlantirmoqda. Buning oqibatidao‘simlik tanasida ularning ildiz 
sistemalari orqali to‘planib, inson va hayvonlar uchun katta xavf tug‘diradi.Ya‘ni 
pestidsidlar biosidlar tabiatdagi jonivorlarning hammasiga zarar beruvchi omillarga 
aylanishi mumkin. 
Vaqt o‘tishi bilan tuproqda yig‘ilib boradigan biosidlarning qatoriga 
xlororganik birikmalar, ya‘ni DDT, GXSG, geptaxlor, aldrin va boshqalar kirib
ular 4-10 yillar davomida saqlanib o‘zining ta‘sirchanligini yo‘qotmasligi mumkin. 
Demak, biosidlar tuproqda harakatchan gravitasion molekulyar diffuziya ta‘sirida 
kapillyar suv bilan ko‘chib yuradi. Bu moddalarning tabiatda ko‘chib yurishi 
zaharli moddalarning miqdori, adsorbsiya va desorbsiya kuchlarining ta‘siri, 
ta‘sirchan moddaning bug‘lanish tezligi, mazkur joylarning suv va issiqlik rejimiga 
bog‘liq bo‘ladi.
Muttasil 
yog‘ingarchilik 
yoki 
ekinlarni 
sug‘orish 
jarayonida 
kuchsizsingdiriladigan biosidlarning gidrofil xususiyatga ega bo‘lgan tuproqqa suv 
bilan chuqur qatlamlarigacha singib borishi mumkin. Mabodo ob-havo quruq 
kelib, tuproq nami bug‘lansa, u vaqtda biosidlar yer yuzasiga tarqalishi mumkin. 
Umuman biosidlarning tuproqda to‘planishi, ko‘chib yurishi, mazkur joylarning 


102 
fizik-geografik sharoitiga bog‘liq. Bulardan tashqari bir xil ekologik sharoitda 
tuproq mag‘izida biosidlarning to‘planib qolishi, ularning o‘ziga xos tabiatiga ham 
bog‘liq bo‘ladi. 
Biosidlarning tuproqda uzoq vaqt saqlanib qolishi tuproqning turiga ham 
bog‘liq ekan. Tuproq gumus moddasiga va chirindiga boy bo‘lsa, unda biosidlar 
xiyla uzoq saqlanishi mumkin. Quruq g‘ovakli, yengil, qumli tuproqlardagi zaharli, 
kimyoviy moddalar anchagina oson parchalanishiga moyil bo‘ladi. 
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ishlatilgan pestisidlarning faqat 1% 
yo‘qotilishi lozim bo‘lgan zararkunandalarga halokatli ta‘sir ko‘rsatadi, 
pestisidlarning qolgan qismi o‘simlik va tuproq tarkibida ushlanib qoladi, 
sug‘orishda ishlatilgan suvlar, yog‘ingarchilik suvlari oqimi bilan yuilib, atrof-
muhitga tarqalib, uni ifloslantiradi. Tuproqning zaharli moddalar bilan ifloslanish 
darajasi dastlabki ishlatilgan biosidlarning turg‘unlik xossasiga ham bog‘liq.
Biosidlarning turg‘unligi uning tashqi muhitning fizik, kimyoviy, biologik 
ta‘siriga chidamliligi, parchalanishga nisbatan turg‘unligiga bog‘liqdir. 
Odatda biosidlarning tuproqda zaharsiz holatga o‘tishi, ya‘ni 
detoksikatsiyaga uchrashi bir qancha yo‘llar bilan sodir bo‘lishi mumkin. Bu hol 
biosidlarning tuproq sharoitida qanday holatda bo‘lishiga bog‘liq. Masalan, 
laboratoriya sharoitida olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, chidamli pestisid 
DDT tuproq ustiga ma‘lum miqdorda sepilgan bo‘lsa, har kuni uni 6-8 soat 
davomida tashqarida quyosh nuri tushib turgan joyda saqlansa, 6 oy mobaynida 
pestisidning miqdori 60-70% ga kamayib ketadi. Mabodo preparat tuproq bilan 
aralashgan holda bo‘lsa, shuingdek unga go‘ng qo‘shilgan bo‘lsa, unda yilning 
oxiriga borib pestisidning miqdori 30-25% ga kamayishi mumkin.
Shundan ko‘rinib turibdiki, pestisidlarning ta‘sirchanligini kamaytirishda 
tuproqning o‘ziga singdirish qobiliyati, uning tarkibidagi mikroorganizmlarning 
miqdori va boshqa omillar katta rol o‘ynaydi. 
Tuproqdagi organik moddalar undagi boshqa komponentlarga qaraganda 
biosidlarnin aktivroq singdiradi. Biosidlarning tuproqqa singishi tuproqning 
kimyoviy tarkibiga va strukturasiga ham bog‘liq. Bularning barchasi biosidlarning 


103 
parchalanishiga katta yordam beradi. Issiq iqlim sharoitidagi tuproqlarda biosidlar 
tez parchalanadi. Agar bunda yer haydalib (shudgorlab), zaharli ta‘sirchan 
preparatlarning parchalanish jarayoni kuchayadi. 
Odatda biosidlarning parchalanishi to‘liq yoki oraliq moddalar hosil qilish 
bilan borishi mumkin. Biosidlarning zararsiz holatga kelishi fitokimyoviy reaksiya 
orqali yoki oksidlanish, gidroliz, biologik omillar ta‘sirida detoksikatsiyalanishi 
natijasida hal bo‘lishi mumkin. 
Hozirgi 
kunning 
asosiy 
muammolaridan 
biri 
bu 
biosidlarning 
detoksikatsiyasi masalasi hisoblanib, u olimlarning diqqat markazida turibdi. 
Tuproqni bulg‘atishi mumkin bo‘lgan biosidlarni, ularni zararlanish 
darajasiga qarab professor Sokolov uch guruhga ajratadi. Birinchi guruhga 
zaharlilik darajasi kuchli bo‘lgan biosidlar kiradi. Bular zaharlilik darajasi bo‘yicha 
gronozan, GXSG, geptaxlor tiodan, siram, metafos, sevin, lindan, mis fosfidi
karbation, DNOK, TMTD, PXP PXKlardir. 
Ikkinchi guruhga zaharlilik darajsi o‘rtacha bo‘lgan biosidlar kiradi. Bular 
artain, simazin, PXF, 2,4-D, metilmerkaptofos karbin, treflan, nitrafen, tiozin, 
margimush, IFK, DDVF, karbofos, sayfos, xlorofos, kuprozan, monouron, 
prometrin, fosfamid, fazalon piramin, TXA, trixlormetafos va ftalofoslardir. 
Uchinchi guruhga zaharliligi kuchsiz bo‘lgan biosidlardan xlor IFK, 
efirsulfonat, orezin, metilnitrofos, semeron, antio, keltan, karatan, polikarbosin, 
dalapon, diuron, kuprosin, solan daktal, dixloretan, tedion, figon, ftalan, PXB va 
boshqalarni kiritish mumkin. 
Pestisidlar o‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan saqlanish bilan 
birga, hosildorlikning oshishiga yordam beradi. Biroq keyingi vaqtlard ular 
tuproqda va landshaftlarda to‘planib fitosenozlarga, biosenozlarga va ular orqali 
ko‘pchilik hayvonot dunyosi hamda odamzotga ko‘rsatadigan salbiy ta‘siri ortib 
bormoqda. Biosidlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari orqali odam organizmiga 
tushib, unda to‘planadi va organizmning normal hayot kechirishiga, shu jumladan 
nasliga ham salbiy ta‘sir ko‘rsatishi qayd etilmoda. Biosidlarning uchdan bir qismi 
naslga radiatsiyadan kuchliroq kimyoviy-genetik ta‘sir qilib, mutatsiyaga olib 


104 
kelishi qayd qilingan. Shuni ta‘kidlab o‘tish kerakki, biosidlar tufayli olinadigan 
foyda pul hisobida o‘lchanmasligi kerak. Chunki biosidlar o‘z o‘rnida, tadbirkorlik 
bilan ishlatilmasa foydali hasharotlar, hayvonlar organizmiga, tabiatga bo‘lgan 
noxush ta‘siri barchasidan ham inson sog‘lig‘iga va uning nasliga ko‘rsatadigan 
asoratlarini pul bilan baholashning iloji yo‘q. Biosidlar qaysi guruhga kirishi va 
qanday bo‘lishidan qat‘iy nazar, ulardan foydalanishda nihoyatda ehtiyotkorlik 
bilan ish tutmoq zarur. Bunda, albatta mazkur biosidning xossalari, o‘ziga xos 
tabiati, ta‘sirchanligi, qolaversa tabiatga hamda tirik organizmlarga berishi 
mumkin bo‘lgan asoratlarini yaxshi bilmoq darkor. Qishloq xo‘jaligida 
ishlatiladigan biosid namunalarining o‘z o‘rnida, me‘yorida qo‘llash katta 
ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin