D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

katalitik 
reforming
deb ataladi. Benzinga oz miqdorda detonatsiyaga qarshi moddalar 
(antidetonatorlar), masalan, tetraetil qo‘rg‘oshin Pb(CH
2
H
5
)
4
ni etilbromiddagi 
C
2
H
5
Br eritmasi qo‘shilsa, uning oktan soni keskin oshadi. Bunday benzinlar 

etillangan
‖ benzin deyiladi. Pb(CH
2
H
5
)
4
juda zaharli modda bo‘lgan uchun, 
―etillangan‖ benzindan foydalanilganda ehtiyot bo‘lish kerak. 
Qo‘rg‘oshin metallurgiyasi. Qo‘rg‘oshin – juda qadimdan ishlatilayotgan 
metallardan biri hisoblanadi. Qo‘rg‘oshin ko‘pchilik metallar bilan xalq xo‘jaligi 
uchun muhim bo‘lgan qotishmalar hosil qiladi. Qo‘rg‘oshin texnikaning turli 
tarmoqlarida keng qo‘llanilmoqda. Ko‘p miqdorda qo‘rg‘oshin akkumulyator va 
kabellarning korroziyaga qarshi qoplamalari ishlab chiqarishda ishlatiladi. Chet 
elda qo‘rg‘oshin ishlab chiqaruvchi davlatlar AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, 
Yaponiya, Avstraliya, Frantsiya, Kanada hisoblanadi. 
Qo‘rg‘oshin ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo sulfidli polimetall rudalar 
hisoblanadi. Qo‘rg‘oshin-ruxli va mis- qo‘rg‘oshin-ruxli rudalar keng tarqalgan. 
Asosiy qo‘rg‘oshin minerali galenit RbS dir. Aralash va oksidli rudalarda serussit 
PbCO
3
va anglezit PbSO
4
uchraydi. Tarkibida 8-9 % Pb bo‘lgan qo‘rg‘oshinli 
rudalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri metallurgik qayta ishlashga yaroqli emas. Shu sababli 
deyarli hamma rudalar flotatsiya usulida boyitish uchun yuboriladi.
Qo‘rg‘oshin tarkibli rudalarni boyitishda ikkita maqsad ko‘zlanadi: keraksiz 
jinsning katta qismini ajratish va bir vaqtning o‘zida asosiy qimmat 
komponentlarni alohida boyitmalarga ajratish. 
Sulfidli qo‘rg‘oshin boyitmalarini qayta ishlashda pirometallurgik va 
gidrometallurgik texnologiyalar ishlatilishi mumkin. Biroq qo‘rg‘oshinni ajratib 
olish uchun texnologiyasi oxirigacha mukammallashtirilmagan gidrometallurgik 
usullar pirometallurgiya usullari bilan raqobatlasha olmaydi va hozirgi vaqtgacha 
sanoatda foydalanilmayapti. 
Sulfidli boyitmalardan qo‘rg‘oshinni eritishning uch varianti mavjud: 
reaktsiyali, cho‘ktirish, qaytarib eritish. 


97 
Qo‘rg‘oshinni reaksiyali eritish asosida qisman quyidagi reaksiyalar bo‘yicha 
oksidlab kuydirish yotadi: 
2PbS + 3O
2
= 2PbO + 2SO
2
PbS + 2O
2
= PbSO
4
Keyinchalik kuydirish mahsulotlarining oksidlanmay qolgan qo‘rg‘oshin 
sulfidi qoldig‘i bilan o‘zaro ta'sirlashadi: 
PbS + 2 PbO = 3Pb + SO
2
PbS + PbSO
4
= 2Pb + 2SO
2
Reaksiyali eritish asosidagi elektr eritish usuli va kivtset jarayoni bilan hozirgi 
vaqtda qo‘rg‘oshin olinmoqda. 
Cho‘ktirib eritish qo‘rg‘oshinni uning sulfidlaridan temir bilan siqib chiqarish 
reaktsiyasiga asoslangan. 
PbS + Fe = Pb + FeS 
Cho‘ktirib eritish hozirda sanoatda qo‘llanilmayotgan bo‘lsada, uning asosida 
yotgan reaksiya, qisman shaxtali qaytarib eritish amaliyotida ishlatiladi. 
Sulfidlarni oddiy uglerodli qaytaruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tiklash – 
murakkab masala va sanoat miqyosida texnologik jihatdan amalga oshirib 
bo‘lmaydi. Sulfidli boyitmalardan qaytarib eritish usuli bilan qo‘rg‘oshin olish 
uchun, ular dastlab bir vaqtning o‘zida pishirib oksidlab kuydiriladi, chunki 
qoramtir qo‘rg‘oshinga eritish shaxtali pechlarda amalga oshiriladi. Kuydirilgan 
aglomerat koks bilan eritiladi; bu paytda qo‘rg‘oshin quyidagi reaksiya bo‘yicha 
qaytariladi: 
PbO + CO = Pb + CO
2
Eritish paytida kislorod bilan birikishga moyil qo‘shimchalar shlak, kislorod 
bilan birikishga moyilligi kam qo‘shimchalar metall holatigacha tiklanadi va 
qo‘rg‘oshinda eriydi. Qoramtir qo‘rg‘oshin pechdan chiqqandan so‘ng, suyuq 
holda tozalashga yuboriladi. Qoramtir qo‘rg‘oshinni tozalash pirometallurigik 
usullar bilan amalga oshiriladi, ayrim zavodlarda bu maqsadda elektroliz 
ishlatiladi. 


98 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin