D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev


V.2. Tuproqni zaharli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

V.2. Tuproqni zaharli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi 
Yer bizning boyligimiz va u yillar davomida e‘zozu hurmatga loyiq bo‘lib 
kelgan. Kishilar dehqonchilikni o‘rgangan dastlabki kunlardanoq, yerga munosabat 
ijobiy bolib kelgan. Fan, ishlab chiqarishning rivojlanishi, yangi mahsulot 
turlarining ko‘payishi va kishilar ehtiyoj turlarining o‘zgarishi yer usti 
boyliklaridan foydalanish bilan qanoatlantirilmadi.
Endi ular yerning ostidagi boyliklarni ham olishga, ulardan xalq iste‘moli 
uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarishga bilim va imkoniyatlarini sarfladilar, 
natijada yer ostida ham qator boyliklar mavjudligi aniqlandi.Inson ularni 
hammasini olishni, hammasini o‘ziniki qilishga tabiatdan ―ruxsat‖ so‘ramay 
harakat qildi. Oxir-oqibat tabiat o‘z bag‘ridagi boyliklarni xo‘jasizlik bilan 
olayotgan insonga qarshi bo‘lib qoldi. Endi inson ham tabiatni yer osti boyliklarini 
ham tugashi mumkin, ularni asrash kerak degan fikrga keldi va yer osti 
boyliklaridan foydalanishni qonunlar bilan tartibga solishni ma‘qul deb topdi. 
Insoniyat har yili yer ostidan 600 milliard tonnadan ortiq tog‘ jinslarini qazib 
oladi. Mutaxassislarning taxminiy hisob-kitoblariga ko‘ra olingan xom ashyo qayta 
ishlanganda uning umumiy massasining 98% i chiqindiga chiqar ekan va atigi 2% i 
ijtimoiy talablarni qondirish uchun ishlatilar ekan. Qadim zamonlarda kishilar yer 
yuzasiga va yer osti boyliklariga yaxshiroq ta‘sir ko‘rsata olmaganlar. Sanoat 


105 
ishlab chiqarishi o‘sishi bilan ahvol keskin o‘zgardi. Oxirgi yillarda fan-
texnikaning jadal rivojlanishi bilan kishilarning xo‘jalik-texnik ehtiyojlari va 
texnika qudrati tabiiy jarayonlarga katta ta‘sir etib, yer qiyofasini jiddiy o‘zgartirib 
yubormoqda. Shuning uchun ham biosfera bilan birga kishi aqli va qudrati ila 
yaratilgan texnika kirib borayotgan sfera texnosfera vujudga keldi. Bu sferaning 
paydo bo‘lishida mineral resurslar katta rol o‘ynaydi. Mineral resurslardan 
foydalanishning asosiy xususiyatlariga to‘xtalib o‘tamiz. Yer osti boyliklari 
deganda, yerning ichki qismida bo‘lgan asosiy mineral resurslar tushuniladi.
Yer yuzasida joylashgan mineral resurslar qum, shag‘al, ba‘zi bir tuzlar va 
boshqalar ham bor. 
Fan-texnika taraqqiyoti davrida yer osti boyliklaridan foydalanishda uch 
xususiyat mavjud:

ishlab chiqarishning tez sur‘atlar bilan rivojlanishi nihoyatda ko‘p 
miqdorda mineral resurslarni talab etadi: hozirgi paytda mineral 
resurslardan foydalanishning hajmi dunyo bo‘yicha har o‘n besh yilda 
ikki marta oshmoqda; 

sanoat va qishloq xo‘jaligida foydali qazilmalarining yangi-yangi 
turlaridan foydalanilmoqda va ayni vaqtda ular oldiga butunlay yangi 
talablar qo‘yilmoqda; 

geologiya va tog‘ ishlarida yer osti boyliklarining joylashishidagi 
qonuniyatlarni topish va ilmiy tahlil qilish gurkirab avj olmoqda; 
Yer osti boyliklarini muhofaza qilishda asosiy vazifalar quyidagilardan 
iborat:

zaruriy xom ashyo zahirasini yaratish uchun qazib olish sur‘atidan 
ko‘ra geologik kuzatuv oldinda borishi; 

konlardan barcha foydali komponentlarni to‘liq va kompleks ajratib 
olish; 

ishlab chiqarishda ulardan tejamli va chiqitsiz foydalanish

buyumlar iste‘moldan chiqqandan so‘ng materiallardan ikkinchi marta 
foydalanish; 


106 

yer osti boyliklaridan foydalanish ishlarining zararli ta‘siriga barham 
berish; 

foydalanish davomida tarqalgan mineral moddalarning sun‘iy 
to‘planish masalalarini hal etish; 

tabiiy va sun‘iy buyumlar, noyob mineral birikmalar qidirib topish;
Yer osti boyliklarini tugab qolishi bilan bog‘liq muammolarni, ularni isrof 
qilmay tashish, qazib olishda ham isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, 
xom ashyodan kompleks foydalanish va uni boyitish orqali yechish mumkin. 
Tiklanmaydigan tabiiy resurslarni muhofaza qilish ham asosan ana shularni 
taqozo etadi. Mamlakatimizda mineral xom ashyoning ba‘zi bir turlaridan takror 
foydalanish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, bu jarayonni yer osti boyliklari qazib 
chiqarilgan hamma yerda qoladigan chiqindilar bilan ham yo‘lga qo‘yilsa iqtisodiy 
jihatdan ham, ekologik jihatdan ham samaradorlikka erishilar edi. 
Mineral xom ashyoning ko‘p ishlatilish, asosan, Yer shari aholisi sonining 
o‘sishi va ularning xilma-xil ehtiyojlarining ortib borishi bilan bog‘liq. Mineral 
resurslar har qanday mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotining asosi hisoblanadi. 
Foydali qazilma konlari bor mamlakatda rivojlanish ham bo‘ladi. 
Shu nuqtai nazardan yer osti boyliklarini muhofaza qilish ham davlat 
ahamiyatiga va bu qonun bilan mustahkamlanadi. 
Mazkur bobda O‘zbekiston respublikasida yer osti boyliklari va uning 
hozirgi kundagi ahvoliga alohida e‘tibor berilgan. 1994-yil 23- sentabrda qabul 
qilingan ―Yer osti boyliklari to‘g‘risida‖gi Qonun asosida yer osti boyliklariga 
egalik qilish mamlakatimizda konchilik munosabatlari ushbu sohadagi davlat 
boshqaruvi Vazirlar mahkamasining konchilik munosabatlari sohasidagi 
vakolatlari 
masalasi 
yoritilgan. 
Ayniqsa 
yer 
osti 
boyliklaridan 
foydalanuvchilarning asosiy huquqlari va majburiyatlari yer osti boyliklaridan 
foydalanish huquqqining bekor qilinish holatlari hamda himoya qilinishi kabi 
muammolar qonun asosida izohlab berildi. Shuningdek yer qaridan foydalanish va 
uni muhofaza qilishga doir asosiy talablar yer qarini geologik o‘rganish tartibi uni 
muhofaza etish davlat tekshiruvi va nazoratini olib boorish tartibi yer ositi 


107 
boyliklaridan foydalanganlik uchun haq to‘lash masalasi undiriladigan to‘lov va 
soliq stavkalari hamda imtiyozlariga alohida e‘tibror berilgan. Yer osti boyliklarini 
muhofaza qilish haqida olib borilayotgan tadbirlarga nazar tashlasak, tuproqni ham 
muhofaza qilish kerakligi yaqqol namoyyon bo‘ladi. Yer tabiatdagi barcha 
tiriklikning hayot manbaidir. Barcha boyliklar, oziq-ovqatlar, ma‘danlar, qazilma 
boyliklar, javohirlar yerdan olinadi. Shu ma‘noda tuproqning iqtisodiy, ma‘naviy 
va ekologik ahamiyati beqiyosdir. Tuproq quruqlikning yuqori qismi bo‘lib, 
o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar va iqlim ta‘sirida ―ona‖ tog‘ jinslaridan 
hosil bo‘lgan. U biosferaning boshqa qismlari bilan uzviy bog‘langan muhim va 
murakkab tarkibiy qismi. Tuproqda quyidagi asosiy komponentlar o‘zaro 
ta‘sirlashadi: 

Mineral zarralar (qum, gil tuproq), suv, havo; 

Detrit qotib qolgan organik moddalar, o‘simlik va hayvonlar hayotiy 
faoliyati qoldiqlari; 

Detritofaglardan tortib, to detritlarni gumusga aylantiruvchi 
redutsentlargacha bo‘lgan tirik organizmlar to‘plami; 
Tuproq go‘yo tirik organizm. Uning ichida turli murakkab jarayonlar 
kechadi. Tuproqni yaxshi holatda tutib turish uchun uning barcha tashkil 
etuvchilarining almashinish jarayonlari tabiatini bilish zarur. Tuproqning sirtqi 
qatlamlarida turli xil organizmlarning ko‘plab qoldiqlari mavjud. Ularning chirishi 
oqibatida gumus hosil bo‘ladi. Gumus miqdori esa tuproqning hosildorligini 
belgilab beradi.O‘simliklar tuproqdan zaruriy mineral moddalarni oladi. 
O‘simliklar so‘lib, chirigandan so‘ng olingan elementlar yana tuproqqa qaytadi. 
Tuproqdagi organizmlar barcha organik qoldiqlarni qayta ishlaydi. Shunday qilib, 
tabiiy sharoitlarda tuproqda modda almashinuvi doimiy sodir bo‘lib turadi. Sun‘iy 
agrosenozlarda bunday aylanish buziladi. Chunki qishloq xo‘jaligi mahsulotining 
katta qismi yig‘ishtirib olinadi va ular ehtiyojlar uchun foydalaniladi. Demak, 
mahsulotning olingan o‘sha qismi tuproqdagi aylanish jarayonida qayta ishtirok 
etmaydi va oqibatda uning hosildorligi kamayadi. Sun‘iy agrosenozlardagi 
tuproqning hosildorligini oshirish uchun inson unga organik va mineral o‘g‘itlar 


108 
soladi. Normal tabiiy sharoitlarda tuproqda kechadigan barcha jarayonlar 
muvozanatda bo‘ladi. Ammo bu muvozanatni ko‘pincha inson aralashuvi buzadi. 
Uning xo‘jalik faoliyati rivojlanishi natijasida tuproq ifloslanadi, uning tarkibi 
o‘zgaradi va hatto butunlay yaroqsiz bo‘lib qoladi. 
O‘rmon va o‘tloqzorlarning yo‘qotilishi, agrotexnika qoidalariga amal 
qilinmasdan yerni ketma-ket haydash tuproq eroziyasi yuzaga kelishiga, hosildor 
qatlamning suv oqimlari tufayli yuvilib ketishiga yoki shamoldan ishdan 
chiqishiga sabab bo‘ladi. Tuproq eroziyasining bir necha turi mavjud (chizma). 
Hosildor tuproq qayta tiklanadigan resurs hisoblanadi. Ammo uning qayta 
tiklanishi uchun juda uzoq vaqt, yuzlab va hatto minglab yillar kerak bo‘ladi. Yer 
yuzida har yili milliard tonnalab hosildor tuproqlar yo‘qotiladi.
Shuning uchun eroziya hozirgi vaqtda butun dunyo miqyosidagi balo 
hisoblanadi. Insonning ishlab chiqarish faoliyati kuchayishi oqibatida tuproq 
qatlami jadal ravishda ifloslanmoqda. Metallar va ularning birikmalari, radoiaktiv 
elementlar, shuningdek, qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan o‘g‘itlar va kimyoviy 
vositalar tuproqni asosiy ifloslantiruvchilar hisoblanadi. Tuproqning ifloslanishi 
biosferada moddalar aylanishining buzilishiga olib keladi. Bundan tashqari, zararli 
moddalar ekologik oziqlar ―zanjir‖ iga qo‘shiladi. Ular tuproq va suvdan 
o‘simliklarga, keyin hayvonlarga va oxir-oqibatda oziq-ovqat orqali inson 
organizmiga o‘tadi. Tuproqning eroziyaga uchrashini quyidagi chizmada ko‘rish 
mumkin: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin