D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

Savol va topshiriqlar 
1. Biosferani kimyoviy ifloslantiruvchi moddalarga nimalar kiradi? 
2. Biosferaning tuzilishini tushuntiring. 
3. Qo‘rg‘oshin va uning organik moddalarga ta‘siri haqida nimalarni bilasiz? 
4. Litosferani tuzilishi, ifloslanish manbalari haqida nimalarni o‘rgandingiz? 
5. Zararkunandalarga qarashi foydalaniladigan kimyoviy moddalarni bilasizmi? 
6. Zaharli kimyoviy moddalardan qanday foydalanish kerak? 
7. Tuproqning nitratlar bilan ifloslanishiga sabab nima? 
8. Nitratlarning tuproqda ruxsat etilgan miqdori qanchani tashkil etadi? 
VI-BOB. ATMOSFERANING EKOKIMYOSI 
VI.1.Atmosferaning kimyoviy tarkibi 
Atmosfera havosining ifloslanishi bugungi kunda o‘zining eng yuksak 
cho‘qqisiga yetdiki, haqiqatdan ham buni inkor etib bo‘lmaydi. Inson tabiat ustidan 
hokimlik qilmoqchi bo‘ldi va bunga qisman erishdi. Tabiat dastlab o‘zida 
yashayotgan boshqa jonzotlariga qilganidek, insonga mehribonlik qilib keldi, uni 
boqdi, kiyintirdi, boshpana berdi va natijada... 
Inson uchun bular kamlik qildi u tabiatni o‘ziga bo‘ysundirishga harakat 
qildi, tabiat asta-sekin chekinib bordi, lekin ―pichoq borib suyakka taqalgach‖ o‘z 
bag‘ridagi insondan o‘ch ola boshladi. Inson esa yana o‘z faoliyatini davom ettira 
boshladi, nihoyat qarasa-ki na toza suv van a toza havo qolibdi, natijada 
kasalliklarning yangi turlari paydo bo‘libdi. Endi tabiatdan uzr so‘rash va uning 
musaffoligini qaytarish uchun nima qilish kerakligi haqida o‘ylab qoldi. 
Bu bobda tabiatning tirik mavjudotlar yashaydigan biosfera qismi, atmosfera 
haqida to‘xtalamiz, uning ifloslanish sabablarini, oldini olish chora-tadbirlarini 
o‘rganamiz. Atmosfera Yerning gazsimon sferasi bo‘lib, Yerning landshaft qobig‘i 
hayotida katta rol o‘ynaydi. Atmosfera yer po‘stiga fizikaviy, kimyoviy, biologik 
ta‘sir etadi. Yer yuzasida issiqlik va namlikni tartibga solib turadi. Atmosfera 


131 
Yerning himoya qobig‘idir. Chunki u tirik organizmlarni turli ultrabinafsha nurlar 
va kosmosdan tushadigan meteroitlarning zarralari ta‘siridan himoya qiladi. 
Atmosfera bo‘lmaganida edi. Yer yuzasi kunduzi +100ºC qizigan, kechasi -100ºC 
sovugan bo‘lar edi. 
Hozirgi vaqtda yer yuzasining o‘rtacha harorati +14ºC ga tengdir. Atmosfera 
Quyosh issiqligining Yerga o‘tkazib, issiqlikni saqlaydi va nur tashish uchun 
o‘tkazuvchanlik vazifasini o‘taydi. Atmosfera biosferada moddalar va issiqlik 
almashnuvida asosiy rol o‘ynaydi. Yer yuzasi rang-barang landshaftlarning 
vujudga kelishida va ularning taraqqiyotida atmosferaning roli katta. Atmosfera 
bo‘lmaganida edi Yer yuzasida ham xuddi uning tabiiy yo‘ldoshi bo‘lgan, Oydagi 
kabi hayot nisnonalari bo‘lmas edi. 
Quyosh va shamol energiyasi, atmosfera havosi va yog‘in-sochin (biz 
yog‘in-sochinni suv resurslariga qo‘shib o‘rganamiz) iqlim resurslari bo‘lib, 
insoniyat jamiyatida katta ahamiyatga ega. Quyoshdan fazoga juda katta miqdorda 
issiqlik energiyasi tarqalib turadi. Yer yuzasining har bir kvadrat kilometr 
maydoniga 2500000 ot kuchiga teng energiya (Quyoshning umumiy nurlanish 
quvvati 4

10
26
Vt) tushadi. Quyosh energiyasi atmosferaning yuqori qatlamlarida 
yutilib, yer yuzasiga juda oz miqdorda yetib keladi.
Insoniyat Quyosh energiyasini o‘z ehtiyoji uchun qadimdan foydalanib 
kelgan, keyingi vaqtlarda quyosh energiyasidan AQSH Yaponiya va Fransiya kabi 
xorijiy davlatlar yaxshigina foydalanmoqdalar. Masalan, Yaponiyada hozirgi 
kunda 800 mingdan ortiq Quyosh suv isitkichlari ishlaydi. AQSH chetga ko‘plab 
Quyosh suv isitkichlarini eksport qiladi. Shimoliy Afrika va O‘rta dengiz bo‘yidagi 
davlatlar Quyosh energiyasidan ayniqsa keng foydalanmoqdalar.


132 
Atmosferaning gaz tarkibi. Yerni qurshab olgan havo qatlami asosan azot 
(78,09 %), kislorod (20,95%) dan iborat bo‘lib, ular atmosfera gaz tarkibining 99% 
ini tashkil etadi, (azotning atmosferadagi massa ulushi 75,5%, kislorodniki 23,1%), 
qolgan 1% i esa boshqa (argon, karbonat angidrid, neon, vodorod, geliy, kripton, 
ksenon, ammiak, ozon) moddalardan tashkil topgan. 
Hozirgi vaqtda atmosfera tarkibida tirik organizmlar uchun zararli 
gazlarning uchrash hollari ko‘paymoqda. Sanoat, transport, energetika va boshqa 
iishlab chiqarish korxonalaridan chiqayotgan chiqindilar katta- katta tumanlar, bir 
necha minglab kilometrli territoriyalar havosining ifloslanishiga olib kelmoqda. 
Ba‘zi bir ma‘lumotlarga ko‘ra yer yuzida bir yilda havoga chiqarilgan 
oltingugurt gazi, is gazi (CO), kul va karbonat angidridning miqdori taxminan 500 
million tonnaga yetmoqda. BMT bergan ma‘lumotlariga ko‘ra insoniyat paydo 
bo‘lganidan to shu vaqtgacha 80-85 milliard tonna turli yoqilg‘i yoqilgan. Shuning 
yarmi keyingi 25 yilga to‘g‘ri keladi. Faqatgina ko‘mirning o‘zi yiliga 2 milliard 
tonna yoqiladi. Hozirgi kunda atmosfera tarkibiga turli xil yoqilg‘ilarning yonishi 
tabiiy gaz, yonuvchan slanes, torf, yog‘och, o‘rmonlarning yonishi va vulqonlar 
otilishi natijasida 15 milliard tonna turli gaz va changlar qo‘shilmoqda. Akademik 
A.P.Vinogradovning ta‘kidlashicha, 2200-yillarda atmosferadagi karbonat angidrid 
miqdori hozirgiga nisbatan 20% ga oshadi. Fan va texnika inqilobining 
boshlanishidan oldin atmosferadagi karbonat angidrid miqdori uzoq vaqtgacha bir 
me‘yorda edi. Chunki o‘simlik fotosintez yo‘li bilan atmosferadan 110 milliard 
tonna yoki 5% karbonat angidridni yutar edi. Buning o‘rnini esa moddalarning 
chirishi yoqilg‘ining yonishi va yong‘inlardan chiqqan gazlar egallar edi. 
Hozirgi vaqtda turli tashqi kuchlar ta‘sirida biosfera sekin-asta o‘zgarib 
bormoqda. Chunki inson hayotiy faoliyati natijasida kundan- kunga ko‘payib 
borayotgan CO
2
gazni o‘simlik va okeandagi fitoplanktonlardan yutib ulgura 
olmayotir. 
Ayni kunda atmosfera tarkibidagi kislorod muammosi ham dolzarb bo‘lib, 
undagi kislorod miqdori yildan-yilga kamayib bormoqda. Masalan, AQSH ning 
sanoat, transport, aholi va hayvonot dunyosi iste‘mol etayotgan kislorod o‘rnini 


133 
shu mamlakat territoriyasidagi o‘simliklar ishlab chiqarayotgan kislorod 
qoplamayotir. Shuning uchun, AQSH toza havo olishda boshqa davlatlar hisobiga 
yashamoqda. Atmosfera turli yo‘llar bilan ifloslanadi. 
Ifloslanish sabablarini aniqlash va uning oldini olish katta amaliy 
ahamiyatga ega va zarurdir. J.Detri atmosfera ifloslanishi sabablarini to‘rt guruhga 
bo‘lishni taklif etgan. 

Tabiiy yo‘l bilan ifloslanish (mineral, o‘simlik, hayvon va 
mikroorganizmlar ta‘sirida); 

Sanoat tarmoqlari transport va turar joylarni isitishda foydalaniladigan 
yoqilg‘ilar orqali ifloslanish; 

Sanoat chiqindilari orqali ifloslanish; 

Sanoat chiqindilari va maishiy-xo‘jalik chiqindilarini yoqish orqali 
ifloslanish; 
Rus olimi N.A.Gladkov atmosfera ifloslanishini asosan ikki guruhga bo‘lib 
o‘rganilishini taklif etadi. Yer yuzasining turli mintaqalarida vulqonlar otilishidan 
chiqqan kul va gazlar, o‘rmon va dashtlardagi yong‘inlar, turli tuz zarralari bilan 
to‘yingan tumanlar, tuproq changlari va mayda qumlar, mikroorganizmlar, hayvon 
chiqindilari va kosmos changlari atmosferaning tabiiy yo‘l bilan ifloslanishida 
asosiy rol o‘ynaydi. 
Bu komponentlar atmosfera tarkibida me‘yordan ortiq bo‘lsa, katta 
halokatlar ro‘y berishi mumkin. Ammo transport, sanoat va boshqalarning 
chiqindilari tabiiy yo‘l bilan ifloslanishiga qaraganda anchagina xavflidir. 
Haqiqatdan ham atmosferadagi 140 milliard tonna karbonat angidrid gazining 10% 
i yoqilg‘i resurslarining Yer va okeanning sayoz yerlaridan olinmoqda va 
ishlatilmoqda. 
Oqibatda turli yoqilg‘i mahsulotlarining qoldiqlari atmosferada qolib 
ketmoqda va uni buzmoqda. Sanoat va uning tarmoqlari biosferaning ifloslanishida 
asosiy manba bo‘lib keldi. Sanoat ob‘yektlari va issiqlik elektr stansiyalarida 
yoqilg‘ilarning to‘liq yonmasligi oqibatida yuz minglab trubalardan turli miqdorda 
zaharli gazlar havoga chiqib, ba‘zilari esa yer yuzasiga tushganda, boshqalari 


134 
atmosfera qatlamlarida uzoq vaqtgacha saqlanishi mumkin. Masalan, ―Elektrisite 
de frans‖ issiqlik elektrostansiyasi har oyda 51000 tonna ko‘mir yoqadi. Oqibatda 
har kuni stansiya trubalaridan 33 tonna sulfat angidrid gazi va 250 tonna kul 
havoga chiqadi. Neft va gaz bilan ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalari havoga 
kul chiqarmaydi. 
Ammo, ko‘mir ishlatadigan issiqlik elektr stansiyaga qaraganda 3 baravar 
ko‘p sulfat angidrid gazi ajratib chiqaradi. Sanoat tarmoqlari havoga turli zaharli 
modda va gazlar chiqarish bilan bir qatorda atmosferadan juda katta miqdorda 
kislorod yutadi, masalan, bir tonna cho‘yanni rudadan ajratib olish uchun 150 m
3

bir tonna po‘lat olish uchun 35-70 m
3
, bir tonna ammiak olish uchun 500 m
3
va bir 
tonna atsetilen olish uchun 3600 m
3
kislorod ketadi. Po‘lat eritib olish uchun 
kislorodga bo‘lgan talab keyingi yillarda 2,6 marta, domna pechlarida 4,2 marta 
oshdi. Umuman sanoat tarmoqlarida kisloroddan foydalanish keyingi besh yil 
ichida besh baravarga oshdi. Mutaxassislarning ma‘lumotlariga qaraganda, har yili 
bizning respublikamizning atmosfera havosiga to‘rt million-tonnaga yaqin zararli 
moddalar qo‘shilmoqda. 
Havo, atmosferani ifloslanishdan va har xil chiqindilar bilan 
zararlanishdan muhofaza qilish muammosini hal qilish, uning ifloslanish 
manbalarini o‘rganishni, oldini olishni talab qiladi. Biz bilamizki, atmosfera havosi 
tabiiy va sun‘iy ravishda ifloslanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin