Qo’shni yarim urinmalar orasidagi burchakni ular orasidagi s yoy uzunligiga nisbatining limiti egri chiziqning egriligi deyiladi (7.8-rasm). Egrilikni K bilan belgilasak, u quyidagicha ifodalanadi:
.
7.8-rasm 7.9-rasm
Bunda burchak qancha katta bo’lsa, egri chiziq shuncha ko’p egilgan va, aksincha, qanchalik kichik bo’lsa, egri chiziq shuncha kam egilgan bo’ladi. Egrilikqiymatiegrichiziqningharbirnuqtasidaharxilbo’ladi. Aylananing hamma nuqtasidagiegrilik bir xildir, to’g’ri chiziqda esa egrilik nolga teng. Har qanday egri chiziqning egriligi aylana yordamida aniqlanadi. Bu aylana egri chiziqdagi cheksiz yaqin uchta 1, 2, 3 nuqtalardan o’tadi. Uning radiusi, egrilik radiusi,markazi esa egrilik markazi deyiladi. Egrilik radiusi R va egrilik miqdori k o’zaro teskari proporsionaldir: k=1/R, ya’ni egrilik radiusi R qancha katta bo’lsa, k egrilik shuncha kichik va, aksincha, egrilik radiusi qancha kichik bo’lsa k egrilik shuncha katta bo’ladi. Masalan, to’g’ri chiziqda egrilik radiusi cheksiz katta bo’lganligi tufayli egrilik nolga teng.