194
texnologiyasi” deb maxsus termin bilan ataluvchi bu yangi yo’nalish to’laligicha
shakllandi: ya’ni, uning asosiy fizik xususiyatlari o’rganildi,
asbob-uskunalar
turkumi ishlab chiqildi, sanoat va ishlab chiqarish masshtabida yuzaga keluvchi
qator texnologik muammolar hal etildi. Lazerlarni qo’llash
natijasida mehnat
unumdorligi keskin ortib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati yaxshilanib,
tannarxi pasaydi. Hozirgi kunda ishlab chiqarishnrng ba’zi
turlarini lazerlarsiz
tasavvur qilish qiyin. Lazer texnologiyasi turli soha mutaxassislarini: texnologlar,
apparaturachilar, turli uskunalar yaratuvchilarini hamda boshqa sohada ishlovchi
barcha tadqiqotchilarni borgan sari o’ziga ko’proq jalb etmoqda. Xo’sh, lazer
texnologiyasi qanday xususiyati bilan bunday e’tiborga sazovor bo’lmoqda? Bu
savolga javob berishdan oldin qudratli lazer nurlarining boshqa modda - narsalarga
qanday ta’sir etishini ko’rib o’tamiz.
Lazer nurlarining moddalarga ta’siri shundan iboratki, uning kvantlari atom
va molekulalar orqali qayta ishlanayotgan materialning ustki qatlamlariga energiya
berib turadi. Lazer bilan nurlantirilgan sirtdagi zichlik quvvati qisqa vaqt ichida bir
kvadrat santimetrda yuzlab milliard vattga teng bo'ladi.
Metallning sirtiga kuchli
lazer nurini yo’naltirib, uning intensivligini tobora oshirib boramiz. Nurning
intensivligl l0
5
Wt/sm
2
ga yetganda metallning erishi boshlanadi. Sirtning yaqinida
nurli dog’ ostida suyuq metall paydo bo’ladi. Lazer nurining intensivligini 10
6
-10
7
Wt/sm
2
gacha yetkazamiz. Endi erish bilan birga materialning intensiv ravishda
bug’lanishi
ham boshlanadi, natijada metall sirtida chuqurcha hosil bo’ladi.
Nurning intensivligi o’rtacha 10
9
Wt/sm
2
ga yetganda nur moddaning bug’larini
tezlik bilan ionlashtirib plazmaga aylantiradi. Bunda nur intensiv ravishda
plazmaga yutila boshlaydi. U lazer nurlarini materialning sirtiga o’tishini to’sib
qo’yadi. Materialni lazer nuri bilan qayta ishlashda plazmaning hosil bo’lishiga
yo’l qo’ymaslik lozim. Demak, nurning intensivligi uncha katta bo’lmasligi kerak.
Shundan ko’rinib turibdiki, materialning xususiyati va
qaysi turda ishlanishidan
qat’iy nazar, nurlanishning ma’lum energetik va vaqtinchalik xarakteristikali
turlaridan to’la foydalanish mumkin. Masalan materialni bir-biriga payvandlab
ulash uchun unga intensiv bo’lmagan va shu bilan birga uzoq vaqt davom etadigan
195
impulsli (davomiyligi 10
-2
-10
-3
sm) kerak bo'ladi,
teshik ochish uchun esa
materialning bug’lanish tezligini oshirish maqsadida juda qisqa impulslar
qo’llanadi.
Lazerli texnologiyaning afzalligini materialni qayta ishlashdagi yuqori sifatli
aniqlikka erishish, turlicha fizikaviy va mexanik xususiyatga ega bo’lgan
har xil
turdagi materiallarni payvandlash texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish
imkonini yaratadi, ishlab
chiqarish madaniyatini oshirib, mehnat sharoitini
yaxshilaydi. Yuqorida sanab o’tilgan afzalliklar asosida qator diqqatga sazovor
yangi va samarador lazerli texnologik jarayonlar yaratildi. Shulardan ba’zilarni
ko’rib o’tamiz
Dostları ilə paylaş: