29. Pedagogning izchil ravishda o‘zining kasbiy BKM va shaxsiy sifatlarini rivojlantirib borish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etishi nima deyiladi? A. O‘z ustida ishlash;
B. Shaxsiy sifatlarini rivojlantirish;
C. O‘zini o‘zi baholash
D. O‘zini o‘zi tahlil qilish
30. Shaxsning o‘z-o‘zini tahlil qilishi orqali o‘ziga baho berishi. O‘zini o‘zi baholash sub’ekt uchun shaxsiy imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, o‘ziga ob’ektiv baho berish, o‘zidan qoniqishni ta’minlaydi O‘z-o‘zini baholash shaxsning qobiliyatini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashishi zarur. Ushbu qoidaning umumiy xulosasi qaysi javobda berilgan? A. O‘z ustida ishlash;
B. O‘zini o‘zi tahlil qilish;
C. O‘zini o‘zi baholash (O‘O‘B);
D. Pedagogning o‘z ustida ishlash;
31. Pedagogning individual rivojlanish dasturi deb nimaga aytiladi? A. Mutaxassis sifatida pedagogning individual ravishda o‘zida u yoki bu kasbiy-
pedagogik sifat, bilim, ko‘nikma, malakalar, kasbiy kompetentlik sifatlarini
shakllantirish va rivojlantirish ehtiyojlariga tayangan holda ishlab chiqqan shaxsiy-
amaliy xarakterdagi dasturi Pedagog tomonidan ishlab chiqiladigan.
B. Pedagog tomonidan kasbiy faoliyatda tashkil etayotgan o‘z amaliy harakatlari
mohiyatining o‘rganilishidir O‘zini o‘zi tahlil qilish orqali pedagog o‘zini o‘zi ob’ektiv
baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
C. Shaxsning o‘z-o‘zini tahlil qilishi orqali o‘ziga baho berishi. O‘zini o‘zi
baholash sub’ekt uchun shaxsiy imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, o‘ziga ob’ektiv
baho berish, o‘zidan qoniqishni ta’minlaydi O‘z-o‘zini baholash shaxsning qobiliyatini
o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashishi zarur.
32. “Individual rivojlanish dasturi” ning tarkibiy elementlarini toping? A. Pedagogik bilimlar;
B. Psixologik bilimlar, mutaxassislik bilimlari;
C. Didaktik malakalar;
D. Barcha javoblar to‘g‘ri;