50. 2020 yil 23-sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning asosiy vazifalari nimalardan ibora? A. Ta'lim tizimining ishlashi va rivojlanishi uchun huquqiy kafolatlar va
mexanizmlarni yaratish;
B. Ta'lim olish jarayonida ta'lim oluvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratish va
shaffoflikni ta'minlash;
C. O‘zbekiston Respublikasi ta'lim tizimini xalqaro ta'lim standartlari
darajasigacha takomillashtirish;
D. barcha javoblar to‘g‘ri;
51. Individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorligini tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiradigan ijodiy qobiliyati qanday nomlanadi? A. Eruditsiya;
B. Intuitsiya;
C. Kreativlik;
D. Evrika.
52. O‘zini o‘zi samarali baholash omillari qanday holatlarda aks etadi? A. O‘zini tushunish (o‘zi haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish).
B. Shaxs sifatida o‘z qadr-qimmatini anglash (o‘zi to‘g‘risidagi ijobiy
ma’lumotlarni to‘plash).
C. O‘zini-o‘zi nazorat qilish (o‘zi to‘g‘risidagi shaxsiy fikrning atrofdagilar
tomonidan unga berilayotgan bahoga mos kelishi.
D. Barcha javoblar to‘g‘ri;
53. Kasbiy kompetentlik nima? A. Mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
bilim, ko‘nikma va malakalarni egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay
olinishi;
B. Ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish ko‘nikma, malakalariga egalik,
kasbiy faoliyatda sub’ektlar bilan muloqotga kirisha olish.
C. Kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik
vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni izchil
rivojlantirib borish bo‘lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik,
informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko‘zga tashlanadi.
D. Pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, ta’lim yoki
tarbiyaviy faoliyat shakllarini to‘g‘ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga
97
muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo‘llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli