6.2-rasm.
Kompaniya strategiyasini belgilovchi om illar
Tashkilot strategiyasi - kompaniyani turgan joyidan erishmoqchi
b o ig a n joyiga qanday qilib o ‘tkazish mumkin, degan masalani yechish
borasidagi yo‘riqnomadir. Odatda, strategiya 4 xil darajada ishlab
chiqiladi:
107
-korporativ strategiya (kompaniya va uning faoliyat yo‘naIishlari
b o ‘yicha umumiy strategiya);
-ishbop strategiya (kompaniyaning har bir yo‘nalishi uchun
strategiya);
-funksional strategiya (kompaniyaning har bir funksional tuzilmasi
uchun strategiya);
-amaliy
strategiya
(asosiy
tuzilmalar:
zavodlar,
savdo
shoxobchalari va boMimlar uchun).
Strategiyani ishlab chiqishning asosiy tashkiliy pog‘onalari
Strategiya faqat oliy rahbariyat miqyosidagina ishlab chiqilishi
mumkin emas.
2-jadval
Firma strategiyasini ishlab chiqishning asosiy pog‘onalari
Pog‘ona
Ishlab chiqishga (q a ro r
qabul qilishga)
m as’u liar
Ishlanm aning mazmuni
Korporativ
strategiya
Ijrochi direktor, asosiy
vitse-direktorlar
(qarorlar direktorlar
kengashi tomonidan
qabul qilinadi, qayta
ko‘rib chiqiiadi).
Xo‘jalikning o ‘rta bo‘g ‘ini portfelini
tashkil qilish va boshqarish.
xo'jalikning o ‘rta bo‘g ‘ini sinergizmini
raqobatli ustunlik sifatida ta’minlash.
Investitsiya imtiyozlarini aniqlash va
eng manfaatli tarmoqlarda resurslami
boshqarish. Xo‘jalikningo‘rtabo‘g‘ini
rahbarlarining asosiy strategik
yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqishni
tekshirish umumiylashtirish.
Xo‘jalikning
o ‘rtab o ‘g‘ini
strategiyasi
Bosh menejer
xo‘jalikning o ‘rta
bo‘g‘ini boshliq
tomonidan (qarorlar
firma rahbariyati
tomonidan qabul
qilinadi, qayta ko‘rib
chiqiiadi).
Muvaffaqiyatli raqobatchilikka hamda
unda ustunlikka erishishga qaratilgan
harakallar hamda yondashuviami
belgilab olish.
Tashqi shartlaming o'zgarishiga javob
reaksiyalarini shakllantirish.
Asosiy funksional xizmatlaming
strategik tashabbuslarini umumlash-
tirish. 0 ‘ziga xos muammolami hal
qilish.
108
Funksional
strategiya
Funksional menejerlar
(qarab, stratetda
xo‘jalikning o ‘rta
bo‘g ‘in rahbariyati
tomonidan qabul
qilinadi, qayta ko'rib
chiqiladi).
Biznes strategiyasini qoMlab-
quvvatlashning funksional
yondashuvlarini tashkil qilish va ITTKl,
ishlab chiqarish, marketing, moliya,
xodimlar bilan ishlash sohalarida
funksional maqsad va strategiyalarga
erishish. Quyi bosqichdagi
menejerlaming asosiy yondashuvlarini
qayta ko‘rib chiqish, tekshirishni
unifikatsiyalash.
Tezkor
strategiya
Dala bo‘linmalarining
rah-barlari quyi daraja
menejerlari, shu
jumladan, funksional
menejerlar (qarorlar
funksional boMimlaming
boshliqlari tomonidan
qabul qilinadi, qayta
ko‘rib chiqiladi).
Dala bulinmalari va funksional
boMimlaming maqsadlariga erishish
uchun funksional va xo‘jaIikning o ‘rta
bo‘g ‘ini strategiyalarini qoMlab-
quvvatlashga qaratilgan tor sohadagi va
maxsus yondashuvlar hamda chora-
tadbirlami ishlab chiqish
Uni ishlab chiqishning quyidagi to‘rtta pog‘onasini ajratib olish
maqsadga muvofiqdir:
-korporatsiya miqyosi;
-boMinmalar miqyosi;
-funksional miqyos;
-kuyi pog‘ona menejerlari (dala komandirlari).
Firmada strategiyani ishlab chiqish iyerarxiyasi quyidagi jadvalda
keltirilgan.
Strategiyani boshqarishda korxona vazifalarini shakllantirish
korxonaning
mazmun-mohiyatini,
uning
faoliyat
maydonini,
kelajakdagi istiqboli va rivojlanish yo ‘nalishIarini va uning boshqa
raqobatchilardan farqini aniqlab olishga yordam beradi.
Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotimizning turli tarmoqlaridagi
sanoqli
korxonalardagina
aniq
ifodalangan
korxona
vazifalari
mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki,
zamonaviy boshqarish uslublari rivojlangan AQShda ham kompaniya
va firmalar 60-70% gina o ‘z vazifalariga ega.
Vazifalarda barcha e ’tibor ishlab chiqarilayotgan mahsulotga
emas, balki iste’molchining talab va xohish-irodasini qondirishga
qaratilishi lozim.
109
Keyingi bosqich korxonaning uzoq muddatli maqsadlarini aniqlab
olishga qaratilishi kerak. Odatda, bunday uzoq muddatli maqsadlar
aniq ko ‘rsatkich va raqam lam i o ‘z ichiga olmaydi. Ammo korxona o ‘z
oldiga q o ‘yadigan uzoq muddatli maqsadlami aniq va lo‘nda b o iish i
hamda unga erisha olish muhim ahamiyatga ega b o ia d i. M aqsadlar
korxonani muvaffaqiyatini ta’minlovchi ikki asosiy natijada o ‘z
ifodasini topishi kerak b o ia d i. Bu korxonaning moliyaviy va strategik
faoliyatiga qaratilgan aniq natijalardir.
Korxonaning ko ‘p qirrali maqsadalari bir-biri bilan b o g iiq holda
bir maqsadga erishib, boshqa bir maqsadga etishishda uni o ‘zaro
qoilab-quvvatlashi zarur.
Biznes olam ida muvaffaqiyatga erishgan mashhur kompa-
niyalam ing tajribalaridan m aiu m k i, odatda, korxonalar juda katta
miqyosdagi uzoq m uddatga m oijallangan maqsadlami o ‘z oldilariga
q o ‘yadilar va unga erishish uchun 10-20 yil mobaynida ko‘p kuch va
m ablagiarin i sa rf etadilar.
Masalan, 0 ‘zbekistonda mebel sanoatida samarali faoliyat olib
borayotgan «Fayz-Xolding»
kompaniyasining biznesdagi
asosiy
maqsadi o ‘z xaridorlariga oddiy tovar sotish emas, balki ular qilgan
xaridlaridan qonikish hosil qilish, haqiqiy foyda olish hamda xona-
donga xursandchilik b ag ish lash ga yordam berishdir. 11 ta ishlab
chiqarish majmuasidan 5 ta qo ‘shma korxona va 14 ta savdo uylariga
ega b o ig a n «Fayz-Xolding» kompaniyasi zamonaviy nemis texno-
logiyalari va strategax boshqarish uslublarini joriy etish natijasida
mahsulot turini kengaytirib, oshxona mebeli, yum shoq mebel, ofis
mebeli, m aktab mebeli va tibbiyot mebellarini ishlab chiqarishni yulga
kuygan. Bunda kom paniya asosiy e ’tibomi m ebellam ing qulayligiga,
xavfsizligiga,
yuqori
sifatliligiga,
sotuvdan
keyingi
kafolatlar
m avjudligiga va arzon narxlarda sotilishiga qaratmoqda.
Tashqi muhitdagi strategiya omillami tahlil etish korxonalarga
b o g iiq b o im a g a n tashqi om illam ing istiqbolda rivojlanish y o ila rin i
va bu o ‘zgarishlar korxona strategiyasiga va uning faoliyatiga ta’sir eta
olish darajasini aniqlash imkonini beradi. Umuman olganda, strategiya
omillami tahlil etishdan maqsad tashqi muhitdan kelib chiqadigan
xavf-xatar va qulay imkoniyatlami odindan ko‘ra bilishdan va shu
orqali korxonaning kuchli va z a if tomonlarini aniqlashdan iboratdir.
110
Ichki muhit tahliii korxonaning ichki resurs va imkoniyatlarini
o‘rganishni, uning hozirgi holati, kuchli va zaif tomonlari hamda
mavjud strategiya muammolarini aniqlashni ko‘zda tutadi. Ichki muhit
tahliii korxonaning iqtisodiy salohiyatini, uni raqobatchi korxonalar
bilan taqqoslash va bozordagi egallab turgan mavqeyini to ‘g ‘ri talqin
etish imkonini beradi.
Masalan, «Uzbekyengilsanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi
«Kosonsoy-Tekmen» qo‘shma korxonasi, «Anteks», «Buxoroteks»,
«Kashteks»
hissadorlik
jam iyatlari
eksport
strategiyasini
shakllantirishda Yevropa hamjamiyati davlatlari, Rossiya, Turkiya va
Slovakiya
kabi
davlatlaming
bozorlarini
o ‘rganib
chiqib,
respublikamizning paxtasi tolasidan tayyorlangan yuqori sifatli
gazlama va matolar hamda tayyor kiyim-kechak mahsulotlariga talab
kattaligini aniqlashgan. Olib borilgan tahlillar natijasida bu bozorlami
o ‘ta yuqori sifatli va xalqaro standartlarga javob beradigan mahsulotlar
bilan egallash mumkinligi haqida ijobiy xulosaga kelingan.
Bugungi
kunda
yengil
sanoat
tarmogidagi
korxonalar
mahsulotlarini xalqaro sifat standarta « IS 0 9 0 0 0 » talablariga javob
beradigan darajaga yetkazish, korxonaga eng zamonaviy texnologiya-
lami jalb etish, yangi turdagi kiyim-kechak va x o‘jalik uchun zarur
b o ig a n boshqa tayyor mahsulotlami ishlab chiqarish va ishlab
chiqarish laboratoriyalarini xomashyo sifatini tekshiruvchi zamonaviy
dastgohlar bilan jihozlashga qaratilgan keng qamrovli strategiyani
amalga oshirilmoqda.
Strategiyani amalga oshirish eng murakkab va uzoq vaxt
mobaynida olib boriladigan jarayon bo ‘lib, korxonaning istiqboldagi
maqsadlarini ro‘yobga chiqarishi, asosan mana shu bosqichda hal
etiladi.
Belgilangan
strategiya
chora-tadbirlarini
amalga
oshirishga
qaratilgan vazifa menejerlar tomonidan korxonaning barcha resurslari
va m oijallangan maqsadlari o ‘rtasida o ‘zaro monandlik va uyg‘unlikni
ta’minlashni talab etadi.
Strategiyani amalga oshirish uni ishlab chiqishga nisbatan ancha
ogir vazifa. U menejerlardan sabr-toqat, kuchli iroda va jiddiy
m as’uliyatni talab etadi. Bu bosqichda har qanday biznes-reja va
m oijallangan maqsadlar amaliy jihatdan ro ‘yobga chiqishi yuzasidan
i l l
haqiqiy ko ‘rikdan o ‘tkaziladi. Misol uchun, respublikamizda 2001-
yilda chet el
investitsiyalari
ishtirokidagi
tugatilgan
174
ta
korxonalaming aksariyatida moddiy resurslar bilan belgilangan
strategiya o ‘rtasida uygunlikni ta’minlamaslik, jalb etilishi kerak
b o ig a n moliyaviy m ablagiarni to ‘g‘ri hisob-kitob qila olmaslik,
hamkorlar tomonidan majburiyatlami to ia lig ich a bajarmaslik hamda
korxona imkoniyatlarini haddan tashqari yuqori baholab yuborish
holatlari tashkilotlam i o ‘z faoliyatlarini to ‘xtatishga olib kelgan.
Belgilangan strategiyami amalga oshirishdagi muhim omil uni
bajarilishini tulakonli ta ’minlash uchun barcha zarur shart-sharoitlami
tashkil
etishni
kuzda
tutadi.
Chet
el
kapitali
ishtirokidagi
kommunikatsiya sohasida 1997-yilning sentyabridan faoliyat olib
borayotgan Daewoo Unitel kompaniyasi, hozirgi kunda 50 mingdan
ortik abonentlarga ega b o iib , 0 ‘zbekistonda eng zamonaviy uyali
aloqa
xizmatini
ko‘rsatuvchi
kompaniyaga
aylandi.
Uning
0 ‘zbekistonda eng muvaffaqiyatli biznesni olib boruvchi 1-raqamdagi
kompaniyaga aylanishi, yuqori sifatli kommunikatsiya xizmatlarini
ko‘rsatishi
va
kom paniyaning
barcha
xodimlari
tomonidan
iste’molchilar haqida doimo qayg‘urish maqsadlarini ko‘zlab amalga
oshirayotgan strategiyasi tufayli, kompaniya respublikada uyali aloqa
xizmati bozorida 30% dan ortiq ulushga erishishga muvaffaq b o id i.
Strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishda uni tanqidiy nuqtayi
nazardan baholash zam r bosqich b o iib , bunda olib borilayotgan
siyosat k o‘zlangan m aqsadga muvofiq kelmay qolsa, bu holat chuqur
tahlil etilib, strategiyaga tegishli o ‘zgarishlar kiritib boriladi.
Strategiyani maqsadli am alga oshirish to ‘xtovsiz jarayon b o iib ,
uni amalga oshirilishini doimo baholab borish strategik boshqarishning
zam r elementlariga kiradi.
Tashqi yoki ichki m uhitda vujudga keladigan yangi shart-sha-
roitlar kompaniya strategiyasi o ‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Misol
uchun, «Sovplastital» qo‘shma korxonasi o ‘z faoliyatining ilk davrida
faqat plastmassadan tayyorlanadigan 10 xil turdagi sun’iy gul
mahsulotlarini ishlab chiqargan. Yillar davom ida olib borilgan doimiy
izlanish
va
bozomi
chukur
tahlil
etish
hamda
zamonaviy
texnologiyalami o ‘rganish natijasida qo ‘shma korxona plastmassa,
rangli shisha, chinnidan tayyorlanadigan mahsulotlar va xalq iste’moli
112
mollarini ishlab chiqaruvchi Markaziy Osiyodagi eng yirik korxona-
lardan biriga aylandi. Hozirga kunda korxona 30 dan ortiq mamla-
katlarga o ‘z mahsulotlarini eksport qilmoqda. Bunga «Sovplastital»
qo‘shma korxonasi bozorda yuz berayotgan o ‘zgarishlami vaqtida va
tezlik bilan tahlil etib, bozom ing yangi talablariga mos keladigan aniq
strategik boshqarishni joriy etish orqali erishdi.
Biznes muhitida shart-sharoitlar biznes faoliyatini o ‘zgartirishni,
uzoq muddatli maqsadlarga qo ‘shimchalar kiritishni yoki kelajakda
strategik yo‘nalishga yangicha yondashuvni taqozo etishi mumkin.
K o‘zlangan maqsadlar kompaniyada mavjud imkoniyatlardan ancha
yuqori bo ‘lishi yoki kelajakdagi istiqbollarga m a’lum darajada mos
tushmay qolishi mumkin.
Strategik boshqarish doimiy amalga oshiriladigan jarayon bo‘lib,
kompaniya strategiyasiga baho berish va unga tegishli o ‘zgartirishlami
kiritish bu jarayonning ham yangidan boshlanishi, ham yakuniy
bosqichi sifatida e’tirof etiladi.
Tashkilot maqsadli m oijallarsiz faoliyat yurita olmaydi. Tashkilot
faoliyatining maqsadli yo‘nalishi birinchi navbatda uning faoliyati
odamlaming turli guruhlari manfaatlarining ta’siri ostida bo‘lishi bilan
bog‘liq. Tashkilotning maqsadi ta’sischilar, xodimlar, xaridorlar,
hamkorlar,
mahalliy jam oa va
butun jam iyat kabi
insonlar
manfaatlarini aks ettiradi.
Tashkilot faoliyatidagi maqsadli negizning ikki asosiy tarkibiy
qismlari ajratiladi: vazifa va maqsadlar. Vazifa keng ma’noda tashkilot
mavjudligining falsafasi, mazmuni sifatida, tor m a’noda esa tashkilot
nima uchun faoliyat yuritayotganligi haqida shakllangan, batafsil
m a’no, tasdiq sifatida tushuniladi.
Yaxshi shakllangan vazifa
m o‘ljallar, faoliyat sohalari, tashkilot falsafasi, faoliyatni am alga
oshirish imkoniyat va usullari, tashkilot imijining izohini o ‘z ichiga
oladi.
Tashkilot maqsadlari m a’lum muddatdan keyin u erishishga
harakat qiluvchi alohida parametrlaming aniq holatini tasvirlaydi.
Maqsadlar uzoq va qisqa muddatli boMadi. Maqsadlar ba’zi zaruriy
talablarga javob berishi lozim: ular erishish mumkin bo‘lgan,
egiluvchan, oichanadigan, aniq, moslashtiriluvchi va qabul qilinishi
mumkin b o iadigan b o iish i kerak.
113
Strategiyani tanlash va amalga oshirish strategik boshqaruvning
asosiy qismlari hisoblanadi.
Strategik boshqaruvdagi strategiya
tashkilot rivojining uzoq muddatli sifatli aniqlangan y o ‘nalishi sifatida
tushuniladi. Starategiyani tanlash tashkilotdagi vaziyatga bogiiq.
Biroq strategiyani tanlashda m a’lum yondashuvlar mavjud.
Strategiyani tanlash firma faoliyatiga bog‘liq b o ig an uchta
masalani hal qilishga bogMiq:
- m a’lum biznesni tugatish;
- m a’lum biznesni davom ettirish;
- m a’lum biznesga o ‘tish.
Tanlangan strategiyani baholash quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha
amalga oshiriladi:
Strategiya firma maqsadlariga erishilishiga olib keladimi?
Tanlangan strategiya muhim holat va talablarga mos keladimi?
Tanlangan strategiya firma potensial va imkoniyatlariga mos
keladimi?
Strategiyadagi risk o ‘zini oqlaydimi?
Xulosa shuki, strategik boshqaruv murakkab xarakterga ega va
ko ‘p om illam ing hisobga olinishini talab qiladi. Shu bilan birga, u
firmaning ba’zi muammolarini va ulami yechish usullari to ‘plamini
aniqlaydi. Strategiya bo‘lish uchun bu to‘plam tizimga aylanishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |