BILIB OLING. Shaxs, narsa ma'nolarini, shuningdek, joy nomlarini bildirib, kim? nima? qayer? so'roqlariga javob bo'ladigan so'zlar ot deyiladi. Kim? so'rog'i shaxsni bildiruvchi so'zlarga, nima? so'rog'i narsa-buyumni bildiruvchi so'zlarga, qayer? so'rog'i joy nomini bildiruvchi so'zlarga beriladi. Shunga ko'ra otlar shaxs otlari, narsa-buyum otlari, o'rin-joy otlariga bo'linadi.
251-mashq. Ot so'z turkumiga oid so'zlarni aniqlang, ularga so'roq berib ko'ring, ma'nolarini izohlang.
O'lmasning onasi uyda o'tiradi, do'ppi tikadi. Qizlari ham onasiga qarashadigan bo'lib qolgan. Biri igna tortadi, biri piltakach uradi, bitgan do'ppini taxtakachga bostiradi, yana biri ipak qaynatadi, quritadi, xullas, namozgarda boshlangan do'ppi ertasiga tayyor bo'ladi. (U. Nazarov)
252-mashq. Matnni ko'chiring, otlarni topib, so'roqlarini aniqlang.
Bahor keladi. Gul mavsumi boshlanib ketadi. Daraxtlarda gul, bolalarning do'ppilariga lolalar qistirilgan. Savatlarda uyum-uyum gunafshalar. Hamma yoq gul! Gul!.. Bahor faslining zavqi boshqacha.
Qo'qqisdan osmonni bulut qoplaydi-da, chelak-chelak suv quyadi. Ko'p yog'adi... Lahza o'tmasdan, erka quyosh jilmayib chiqib keladi. Hamma yoq yarqirab ketadi. Olmalar, giloslar, olchalar, shaftolilar -hammasi avji gulda. (Oybek) 1. Ot deb nimaga aytiladi?
2. Ot qanday so'roqlarga javob bo'ladi?
3. Ot qanday ma'no guruhlariga ajratiladi?
253-mashq. Uyga vazifa. Gaplarni ko'chiring, ulardagi otlarni aniqlang, ma'nolarini izohlang.
1. Boychechak Qo'zivoyning qo'liga tegishi bilan Ilontepa tomonga yugurdi. (A. Ko'chimov) 2. Shirinoymi bu, eson-omonmisan?— xursand bo'lib ancha naridan qichqirdi Anorxon. (Oybek) 3. To'kib ko'z yoshlarin armonda ketmish, Necha Furqatlar-u Bobur Vatan deb. (Qodir Dehqon) IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V.Uyga vazifa