Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
Topshiriq. Quyida berilgan so'zlarni tarkibiy qismlarga ajrating. Ot yasovchi qo'shimchalarni aniqlang va qanday ot yasayotganini ayting.
Shodlik, quvonch, sevinch.
BILIB OLING. Mavhum otlar -lik, -ch, -inch qo'shimchalari yordamida yasaladi.
315-mashq. Mavhum otlarning yasalishiga diqqat qiling, ular ishtirokida gaplar tuzing.
Ovunch, tinchlik, xurramlik, ahillik, ahmoqlik, yupanch, yaxshilik, yomonlik, o'kinch.
316-mashq. Gaplarni ko'chiring. Mavhum otlarni aniqlang, yasalishi va imlosiga diqqat qiling.
l.Vujudimga hokimlik qilayotgan o'sha tuyg'ular o'rnini shafqat, odamiylik, hamdardlik egallab oldi. (Said Ahmad) 2. Ajoyib milliy urf-odatlarimiz odamlarni hamjihatlikka, birodarlikka va samimiyatga chorlaydi. (T. Mahmudov) 3. Mardlik — insonning husni. (Maqol)
1. Mavhum ot yasovchi qo'shimchalar qaysilar?
2. -ch, -lik, qo'shimchalari yordamida mavhum otlar hosil qiling.
317-mashq. Uyga vazifa. To'kin-sochinlik, ovunch, ahillik so'zlari ishtirokida gaplar tuzing. Mavhum otlarning yasalishiga diqqat qiling.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa
Dostları ilə paylaş: |