dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə205/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, korgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, oquvchilarning ogzaki nutqini ostirish
II. Otgan mavzuni sorash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu


1-topshiriq. Berilgan so'z juftliklari o'rtasida qanday ma'no farqlari borligini ayting.
Kitob — kitobcha, uy — uycha, baliq – baliqcha, daftar — daftarcha, ro'mol — ro'molcha, bolam — bolaginam, do'ndig'im — do'ndiqcham, kelin — kelinchak, uka — ukajon, oyi — oyijon, Salima — Salimaxon, Turg'un — Turg'unoy.


BILIB OLING. Otlarning -cha, -choq, -chak kabi qo'shimchalarni olgan shakli kichraytirish shakli; -gina (-kina, -qina) -jon, -xon, -oy kabi qo'shimchalarni olgan shakli esa erkalash shakli hisoblanadi.

321-mashq. Gaplarni ko'chiring, otlarning erkalash va kichraytirish shakllarini topib izohlang.


1. Yoyilib oqayotgan suvning u yer-bu yerida top-toza orolchalar ko'rinib turardi. (Olmos) 2. Qishloqda Aykadan chiroyli kuchukcha yo'q. Sobirjon zerikkan paytlarida quchoqlab o'tirib u bilan gaplashadi. (S. Mardiyev) 3. Obbo, azamat-ey, Qo'zivoymas, Qo'chqorvoy bo'lib ketibsan-ku!— deya tog'asi girdikapalak bo'layotgan bolakayni baland ko'tardi. (A. Ko'chimov) 4. Huriniso ketib, Saidaga qarashib turgani Kifoyatxonni yubordi... (Abdulla Qahhor)

322-mashq. -xon, -jon, -oy, -choq, -loq, -cha qo'shimchalari yordamida erkalash va kichraytirish otlari yasang va ular ishtirokida gaplar tuzing.


323-mashq. Gaplarni o'qing, nuqtalar o'rniga qavs ichidagi qo'shimchalardan mosini qo'yib, otlarning erkalash va kichraytirish shakllarini yasang.


1. Ertaga yaxshilab uy... (-choq, -cha, -voy) yasab berib ketaman. (Said Ahmad). 2. Voy, bo'y... (-xon, -gina, -jon)ngdan aylanib ketay seni. Sog'intirib qo'yding-ku aya... (-niso, -xon, -jon)ingni! (O.Yoqubov) 3. Qo'zi... (-loq, -choq, -kay)lar boshlarini xurjundan chiqarib jim yotishardi. (P. Qodirov) 4. O'rmon... (-oy, -jon, -gina) Sidiq... (-xon, -toy, -jon)ning diliga yorug'lik solib birinchi marta kuldi. (Abdulla Qahhor) 5. Bu Olim... (-toy, -loq, -xon) yaratgan robot. (Sh. Boshbekov)
1. Otlarning erkalash shakllari deb nimaga aytiladi?
2. Kichraytirish shakllari qanday qo'shimchalar yordamida yasaladi?
3. -choq, -cha, -jon qo'shimchalari yordamida erkalash va kichraytirish shaklarini yasang.


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Ogzaki savol-javob.
V. Uyga vazifa

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin