Darslarni "kvest" texnologiyasi asosida loyihalashni takomillashtirish


“Kvest” texnologiyasi asosida darslarini loyihalash



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/21
tarix29.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#71173
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
DARSLARNI “KVEST” TEXNOLOGIYASI ASOSIDA LOYIHALASHNI TAKOMILLASHTIRISH

 “Kvest” texnologiyasi asosida darslarini loyihalash 
kompetentligini takomillashtirish texnologiyalari 
2.2.KVEST DARSLARINING 
TEXNOLOGIK XATIRASINI 
TUZISH 


21 
ko‘nikmalarini egallab, maqsadga erishish uchun mustaqil qaror qabul 
qilish kompetentligini rivojlantirish imkoniyatini yaratadi [25].
“Kvest” texnologiyasi asosida o‘tiladiga mashg‘ulot mavzularini 
loyihalash, ularni amalga oshirish uchun ijodiy va motivatsiyali 
jarayon hisoblanadi. Shu bois, ushbu texnologiyani malaka oshirish 
jarayonida qo‘llash samarali hisoblanadi.
Mazkur texnologiyadan foydalanib berilayotgan topshiriq 
syujetlari har xil bo‘lishi mumkin – detektiv, ilmiy-fantastik filmlar va 
kitoblar, mashhur kompyuter o‘yinlaridan tortib, noyob mualliflik 
ssenariylariga qadar. 
Shubhasiz, material yangi ma’lumotni mustaqil olish va 
tizimlashtirish jarayonida yaxshiroq o‘zlashtiriladi. Shuning uchun, 
ta’lim jarayonida “Kvest” texnologiyalaridan foydalanish orqali 
zamonaviy axborot jamiyatining talablariga mos mutaxassislarni 
malakasini oshirish, kasbiy kompetentligini rivojlantirishga, shaxsiy 
fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi [26]. Shu bois, “Kvest” 
texnologiyasidan foydalanish orqali malaka oshirish kursi 
tinglovchilarning kompetentligini rivojlantirish masalasi dolzar 
hisoblanadi. 
Ta’lim topshiriqlari loyiha faoliyatini o‘z ichiga oladi. Sinfda 
loyiha usuli va o‘yin texnologiyalari sinteziga asoslangan “Kvest” – 
loyiha faoliyatidan foydalanish muvaffaqiyatli hisoblanadi. Bu usul 
sarguzasht yoki o‘yin bilan bog‘liq uzluksiz va yo‘naltirilgan 
qidirishdan iborat. Uni amalga oshirishning turli shakllari bo‘lishi 
mumkin: ta’lim veb-topshiriqlari; sarguzasht, o‘yin vazifalari; jonli 
topshiriqlar. 
O‘quv va tarbiyaviy maqsadlarini amalga oshiradigan, 
muammoli va rolli o‘yin elementlari bo‘lgan muayyan muammoli 
vazifani bajarishga qaratilgan jonli topshiriqlar alohida qiziqish 
uyg‘otadi. SHu bilan birga, maqsadga erishish uchun, harakat sodir 
bo‘ladigan hududning resurslari, axborot resurslaridan foydalanish 
mumkin [27]. 
Ta’lim oluvchi “Kvest” texnologiyasi asosida loyihasi ustida 
ishlash jarayonida real jarayonlarni o‘rganadilar, muayyan vaziyatlarni 


22 
boshdan kechiradilar, hodisalarga chuqur kirib boradilar, yangi 
jarayonlar va ob’ektlarni quradilar. Axborot faoliyati nuqtai nazaridan, 
“Kvest” loyihasi ishtirokchilari, ular ustida ishlayotganda, kelajakda 
ma’lumotlarni qidirish, saqlash, uzatish va tahlil qilish uchun zarur 
bo‘lgan ko‘nikmalarni, turli manbalardan olingan ma’lumotlarni 
solishtirish qobiliyatini shakllantiradilar hamda taqqoslashning asosi, 
yangi ma’lumotlarini sintez qiladi [27]. 
Bu usul malaka oshirish kursi tinglovchilarning umumiy va 
kasbiy kompetentligini rivojlantirsh uchun samarali hisoblanadi: har 
xil kontekstlarga nisbatan kasbiy faoliyat muammolarini hal qilish 
yo‘llarini tanlash; kasbiy faoliyat vazifalarini bajarish uchun zarur 
bo‘lgan ma’lumotlarni qidirish va tahlil etish; jamoada ishlash, 
hamkasblar, rahbariyat bilan samarali muloqot qilish; kasbiy 
faoliyatda axborot texnologiyalaridan foydalanish; vazifalarni bajarish 
natijasi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olish bilan, ularning ishini 
tashkil 
etish 
va 
nazorat 
qilish; 
muammolarni 
hal 
qilish, 
tavakkalchiliklarni baholash va nostandart vaziyatlarda qaror qabul 
qilish; tarkibiy bo‘linmaning ishini rejalashtirish va tashkil etishi
faoliyat jarayonini va natijalarini tahlil qilish. 
“Kvest” texnologiyasining yuqorida qayd etilgan imkoniyatlarini 
hisobga olgan holda malaka oshirish jarayoniga tadbiq etish orqali 
samarali natijaga erishish mumkin degan xulsaga keldik. SHu bois, 
ushbu texnologiya asosida darslarni loyihalashning texnologik 
xaritasini ishlab chiqildi (2.1-jadvalga qarang). Texnologik xaritani 
ishlab chiqishda E.A. Igumnova [27], I.M.Logvinova [28], 
N.YA.Moroz [29] larning ilmiy va uslubiy ishlaridan foydalanilindi. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin