2.7-rasm.Dasturiy ta’minot konfiguratsiya pog’onalari Kiritish-chiqarishning bazaviy tizimi Quyi pog'onada kiritish-chiqarish amallarini bajarilishini ta’minlovchi bazaviy tizim (BIOS). Ularning kodlari kompyuter mikrosxemasida qat’iy ravishda yozib quyilgan bo’lib, ular domiy ravishda saqlanadilar. Kompyuterga kuchlanish berilgach, ushbu dasturlar kompyuter qurilmalarini tekshirib oladilar va klaviatura hamda monitor qurilmalari ishini muvofiqlashtirib turadilar. Klaviaturada qaysi klavisha bosilsa, unga mos belgi monitor ekranida tasvirlanishi ta’minlanadi. Foydalanuvchi ushbu dasturlar bilan o’zaro munosabatda bo’lishi deyarli cheklangan. Faqat kompyuter ishining dastlabki soniyalarida foydalanuvchi ularni kuzatishi mumkin.
Tizimli dasturlar Tizimli dasturlar kompyuterning barcha qurilmalari bilan ishlashni ta’minlaydilar. Odatda tizimli dasturlar kompyuterga biror yangi qurilma ulanib, o’rnatilganida, drayver dasturi ko’rinishida, operatsion tizim ishini sozlashda va u bilan ishlashlarida faol bo’ladilar.
Tizimli dasturlar amaliy dasturlar bilan birgalikda kompyuter resurslarini - protsessorni, xotirani, kiritish-chiqarish qurilmalarini boshqarishda ishlatiladilar.
Ushbu dasturlar barcha foydalanuvchilarga mo’ljallanib, umumiy foydalanish uchun ishlatiladilar. Tizimli dasturlar shunday yaratiladiki, kompyuterga kiritilgan amaliy dasturlar tez va oson bajarilishi ta’minlanishi kerak.
O’n minglab tizimli dasturlar ichida alohida o’rinni operatsion tizimlar egallaydilar. Ular bevosita kompyuter resurslaridan unumli va sifatli foydalanishni ta’minlaydilar.
Kompyuter ishlab chiqaruvchilari foydalanuvchi tomonidan qaysi dasturlar ishlatilishini oldindan bilmaganliklari uchun yangi kompyuterlar odatda amaliy dasturlar bilan jihozlanmagan bo’ladilar. Biroq har bir foydalanuvchi o’z maksadi yo’lida kerakli dasturlarni o’rnatib ishlash imkoniyatlari mavjud. Asosan kompyuter doimiy xotira qurilmasida kiritish- chiqarish operatsiyalarini bajarish imkonini beruvchi bazaviy tizim mikrosxemaga «tikilgan» holda quyi pogona dasturlari o’rnatiladi. Kerak bo’lgan tizimli va xizmatchi dasturlar soni juda ham ko’p (yuzlab va undan ortiq) miqdorda bo’lgani uchunular umumiy paket holdida kompyuterga o’rnatiladilar. Tizimli va qisman xizmatchi dasturlarni o’z ichiga olgan bunday standart paket operatsion tizim deyiladi.