Amaliy dasturlar paketi — muayyan muammoli soxada umumiy foydalanish uchun yaratilgan dasturiy majmua bo’lib, undan foydalanish bo’yicha texnik hujjatlar (yo’riqnomalar) bilan to’ldiriladi
Yechiladigan masala turiga yarab amaliy dasturlar paketini quyidagi turlarga ajratish
mumkin:
tipik muhandislik, iytisodiy, umum ilmiy masalalarni yechishga mo’ljallangan paketlar;
tizimli dasturlar paketi;
avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari va ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtiruvchi tizimlar uchun yaratilgan paketlar;
pedagogik dasturlar paketi va boshqalar.
Foydalanuvchi muayyan masalani amaliy dasturlar paketidan foydalangan holda yechishi uchun paket o’sha masalaga xos parametrlarni sozlash imkoniga ega bo’lishi kerak (qo’shimcha ma’lumotlar kiritish).
Har bir paket ma’lumotlarni yayta ishlash metodlari va ularni tasvirlash shakllariga, to’liq diagnostika qilish imkoniga ega bo’lishi kerak
Amaliy dasturlar paketi foydalanuvchining dasturlash bo’yicha kasbiy mahorati saviyasiga bo’lgan talablarni kamaytirishni ta’minlaydi, ya’ni dasturchisiz o’z masalasini yechish imkonini yaratadi.
Ko’pincha amaliy dasturlar paketida ma’lumotlar bazasi ham qo’llab-quvvatlanadi. Bunday baza hisoblashlar uchun kerakli bo’lgan koeffitsiyentlar, boshlang’ich parametrlarni saylab, ularni amaliy dasturga uzatadi.
Dasturiy qobiqlar Ko’pgina operatsion tizimlar uchun buyruqlarni aniq va xatosiz kiritish, ba’zi qo’shimcha ma’lumotlarni ham buyruq bilan birga kiritilishi talab etiladi. Biroq foydalanuvchilar uchun har bir buyruq sintaksisi va semantikasini tushunib, eslab qolish mushkul. Shuning uchun operatsion tizim asosida ishlaydigan, foydalanuvchilarga qulay bo’lgan muloqot qilish dasturlari yaratilgan. Bunday dasturlar dasturiy qobiq deyiladi. Bugungi kunda NORTON COMMANDER, VOLKOV COMMANDER, WINDOWS COMMANDER dasturiy qobiqlarini ko’plab foydalanuvchilar ishlatib kelmoqdalar. 1990 yilda Piter Norton tomonidan ishlab chiqilgan NORTON COMMANDER dasturiy qobig'idan so’ng operatsion tizimlar bilan ishlash osonlashtirildi. Foydalanuvchilar dasturiy qobiq bo’yicha har bir buyruq uchun biriktirilgan funksional klavishalar vazifalarini bilsalar, operatsion tizim buyruqlari bo’yicha bajariladigan vazifalarini oson boshqarishlari mumkin.