Dasturiy ta’minot


Operatsion tizimlar. Platformalar



Yüklə 67,63 Kb.
səhifə3/11
tarix07.01.2024
ölçüsü67,63 Kb.
#210745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Lor.Maxatova Asel

Operatsion tizimlar. Platformalar
Operatsion tizim — kompyuter dasturiy ta’minotining eng muhim qismidir. U dasturlarni ishga tushirilishini, kiritish-chiqarish operatsiyalarini, boshqa yordamchi operatsiyalarni, ma’lumotlarni va resurslarni boshqarish, rejalashtirish, tashkil etish masalalarini avtomatlashtirish vazifasini bajaradi
Operatsion tizim vazifalariga quyidagilar kiradi:
  • Foydalanuvchi muloqotini ta’minlash;


  • Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish va ularni boshqarish;


  • Qayta ishlash j arayonini rejalashtirish va tashkil etish;


  • Resurslarni taqsimlash (operativ xotira, kesh xotira, protsessor, tashqi qurilmalarni);


  • Dasturlarni bajarish uchun ularni ishga tushirish;


  • Xizmat ko’rsatish bo’yicha turli operatsiyalarni bajarish;


  • Turli xil ichki qurilmalararo ma’lumotlarni uzatish;


  • Periferiya qurilmalari ishini dasturiy qo’llab-quvvatilash.


Bir vaqtning o’zida qayta ishlanadigan masalalar va foydalanuvchilar soniga qarab operatsion tizimlarning to’rt asosiy sinfga ajratish mumkin::




  • Bir foydalanuvchili, bitta masalali operatsion tizimlar. Ular yordamida bitta foydalanuvchi klaviaturadan foydalanib muayyan vaqt oralig'ida faqat bitta masalani yechish imkoniga ega bo’ladi;


  • Bir foydalanuvchili fon rejimida chop etishga mo’ljallangan operatsion tizim. Ushbu tizim yordamida foydalanuvchi bir masala yechishi davomida fon rejimida boshqa ma’lumotini chop etishi mumkin;


  • Bir foydalanuvchili ko’p masalali operatsion tizim. Bunday tizimda bitta foydalanuvchi parallel ravishda kompyuterda bir necha masalani kayta ishlashi mumkin;


  • Ko’p foydalanuvchili, ko’p masalali operatsion tizim. Bir vaqtning o’zida bir necha foydalanuvchi o’z masalalarini parallel ravishda qayta ishlashlari mumkin. Bunday operatsion tizim uchun ko’plab kompyuter resurslari talab etiladi.



Yüklə 67,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin