5–variant. Sonli elementlardan tashkil topgan bir hadli massivda quyidagi amallar hisoblansin: 1) massivning maksimal elementi topilsin; 2) massivning oxirgi musbat elementigacha bo‘lgan elementlarning yig‘indisi. Massivdan moddullari [a, b] intervalida joylashgan elementlarni o‘chirib, uni qisqartiring. Bo‘shagan massiv elementlarini oxirini 0 bilan to‘ldiring. 6–variant. Sonli elementlardan tashkil topgan bir hadli massivda quyidagi amallar hisoblansin: 1) massivning minimal elementi topilsin; 2) massivning birinchi va oxirgi musbat elementlari orasidagi summasi. Massiv shunday joylashtirilsinki, avval uning 0 ga teng elementlari, so‘ngra qolgan barcha elementlari joylashsin.