7–variant. Sonli elementlardan tashkil topgan bir hadli massivda quyidagi amallar hisoblansin: 1) massivning maksimal elementining tartib raqami topilsin; 2) massivning birinchi va ikkinchi 0 ga teng bo‘lgan elementlari orasida joylashgan elementlarning ko‘paytmasi topilsin. Massiv shunday joylashtirilsinki, uning birinchi yarmida massivning toq elementlari, qolgan yarmida juft elementlari joylashsin. 8–variant. Sonli elementlardan tashkil topgan bir hadli massivda quyidagi amallar hisoblansin: 1) massivning minimal elementining tartib raqami topilsin; 2) massivning birinchi va ikkinchi manfiy qiymatlari orasidagi elementlarning summasi topilsin. Massiv shunday joylashtirilsinki, avval massiv elementlarining moduli 1 dan oshmaganlari, so‘ngra qolgan barcha elementlar joylashsin.